Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi


Faoliyatning asosiy jabhalari to‘zilishi



Download 6,52 Mb.
bet99/285
Sana31.01.2022
Hajmi6,52 Mb.
#419732
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   285
Bog'liq
УП УМК мажмуаси 2020

Faoliyatning asosiy jabhalari to‘zilishi:

faoliyatning




sub’ekti
morfolo­giyasi
Motivatsiyasi
funkstiyasi
dinamikasi
har xilligi

faoliyat sub’ekti




insoniyat (inson)
jamiyat
ijtimoiy guruh
individ, shaxs, yaqqol odam
ruhiy jarayon
fiziologik tizim






Faoliyat tuzilishining tasnifi






oddiylar





mantiqiy
fazoviy
zamoniy
stoxas­tik (yunon stochasis-farosat)




To‘zilmalar




murakkablar



ehtimollar algoritmi -
(mantiqiy stoxastik)
mantiqiy-fazoviy
mantiqiy stoxastik zamo­niy



Faoliyatni bilish



faoliyat sifatida



o‘quv ilmiy



Morfologiya*
aksiologiya
praksiologiya
ontologiya

Bilish




Modellar

tadqiqot

laboratoriya yarim tabiiy













modellarda yoki

Modellashtirish

loyihalash

ishlab chiqish
















Modellar rang-barang­ligi

Baholash

eksperi­mental, eks­pert hi­soblash

1) morfologiya- yunoncha morphe «shakl», to‘zilish to‘g‘risidagi ta’limot, soxa;
2) aksiologiya –yunoncha axios «qadr», ya’ni qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot;
3) praksiologiya-yunoncha praxitikos, faoliyatni, amaliy samaradorlik nazariyasi
4)ontologiya-yunoncha antos-«mohiyat», turmush to‘g‘risidagi ta’limot


F aoliyat tuzilishi(A.N.Leontev bo‘yicha)

Jahon psixologiyasida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi ak­sariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta’kidlab o‘ti­ladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday e’tirozlar bo‘lishi mumkin emas, chunki mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga kelishidan e’tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, inson muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul yakunlanishi ko‘p jihatdan shaxsning emotsional holatlariga (emotsional ton, kayfiyat, stress, affekt va hokazo), izohlanishi murakkab bo‘lgan ruhiy kechinmalarga, yuksak his-tuyg‘ularga bog‘liq.


O‘yin, mehnat, o‘quv, muomala va boshqa faoliyat turla­rining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emostiya va hissiyotning barqaror, maqsadga yo‘nalgan tarzda hukm surish ehtimoli e’tirof etiladi. His-tuyg‘ularning mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, fao­liyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o‘z­garishni vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va tushkunlik, faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv) ik­kinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotda bir tekis kechishini ta’minlovchi emotsional holat barqarorligining bo‘zilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai emostiya degan g‘oyani, uning qiymatini umumiy fonda bir­muncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi darajali omilga aylantirib yubormaydi. Omillarning birlamchi va ikki­lamchi, ustuvor va etakchi, umumiy va xususiy, ob’ektiv va sub’ektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o‘lchamlar yordami bilan baholanishi ushbu psixologik masala mohiya­tini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarini, harakatlantiruvchi kuchlarini mu­ayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish muammosi may­donga keladi.
Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi ham ob’ektiv, ham sub’ek­tiv shart-sharoitlarga bog‘liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya’ni mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘g‘atuvchilarning bezararligi, vaqt va fazoviy o‘lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabi­lardan tarkib topadi.
Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar tizimi yaxlit holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharo­itlardagi to‘kislikdan tashqari ayrim etishmovchiliklar va o‘zilishlarning sodir bo‘lishi nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi bo‘ziladi.
Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta’sirida ruhiy ola­mida bir qator keskin ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlarda, yangi fazilatlar, xislatlar tug‘ilishida namoyon bo‘ladi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tabiiy muhitning tarkibiy bo‘l­mish geografik muhit bu borada muhim rol o‘ynaydi, ko‘­pincha u, birinchidan, biologik shartlangan shaxs sifatla­riga ta’sir etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit, relef, stixiya kutilishi: zilzila, qor ko‘chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq etmas qorli tog‘lar va ho­kazo). Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xusu­siyatlarining tabiiy ravishda shakllanishiga ta’sir o‘tka­zadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy belgilar, alomatlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlab turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi.
Ob’ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan o‘zviy bog‘liqligi sub’ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog‘liq) shart-sharoitlar muomalaning, faoli­yatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini o‘zluksiz ravishda ta’minlab turadi. Sub’ektiv shart-sharoitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi, ehtiyoj, motiv, maslak, salo­hiyatning puxtaligi, o‘zini o‘zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o‘zaro uyg‘unlashganligi kabilar kiradi.
Odatda ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi o‘zgarishlar tufayli ijobiy (pozi­tiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos funkstiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliya­tini, markaziy nerv tizimining ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va muomala amalga oshishida odatiy sa’i-harakatlar, ope­rastiyalar, maromlar bo‘zila boshlaydi, favqulodda asabiy­lik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og‘ishlik, noxush kechinmalar hokimligi etakchilik qiladi. Xuddi shu sa­babdan, faoliyat, xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin, chunki mahsuldorlik, so­bitqadamlilik, maqsadga yo‘nalganlik sifatlarining do­minantligi yo‘qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar ar­mon tariqasida yuksak his-tuyg‘ular safida davriy hukm surishda davom etaveradi.
Insonning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar darajasidagi kutilishning yo‘qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsning idrok maydonida keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va takti­kasining ekstremal tarzda o‘zgarishi individual va ijti­moiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo‘lishiga olib ke­ladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga keltirib, tekis, odatiy, dav­riy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi, natijada insonning motivastion, emotsional, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy to‘zilishi tarkiblarining funkstiyasi bo‘ziladi. SHaxs to‘zilishiga favquloddagi va­ziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi, bi­nobarin, muvaffaqiyatsizlik realiyaga aylanadi.
Xo‘sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki ko‘pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi?
Ushbu muammo echimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin:
1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lishidan qat’i nazar - u tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta’siriga beriluvchandir;
2) shaxsning tana a’zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar - risk);
3) shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog‘lanish oqibatlarini, fobiya bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan aks ta’sir berish imkoniyati yo‘q;
4)shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubhasiz.
Jahon psixologiyasi fanining ma’lumotlariga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet juda kuchsiz aksil ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, jismoniy, axloqiy va aqliy barkamollik tub ma’nodagi komil inson to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi va tarkiblarning to‘la mutanosibligi, uyg‘unlashganligi, o‘zaro taqozo etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi. Komillik darajasi sub’ektning ma’naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar, favquloddagi vaziyatlar shaxs tomo­nidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funkstiyasini baja­ruvchi omillarning genezisi to‘g‘risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligini, asosiy manba ekan­ligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muam­molar echimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi, boshlang‘ich harakat nuqtasini belgilab berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, xulq va muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga bog‘liq:

  • Ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlar mavjudligiga;

  • Ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar hukm suri­shini o‘zgartiruvchi tasodifiy va favquloddagi va­ziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga;

  • Emostiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (ne­gativ) xususiyat kasb etishiga;

  • Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatla­rining barqarorligiga (beqarorligiga);

  • SHaxsning komillik darajasiga erishganligiga va ho­kazo.

SHaxsning hayot va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish, maqsadga muvofiq sa’i-harakatlarni unga yo‘naltirish uchun quyidagilarga e’tibor qilish zaruratning zarurati­dir:
-ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar o‘zgarsa, ularga to‘zatishlar (korrekstiya) kiritishga tayyorgar­likka;
favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun shaxsga tre­ning yordami bilan ta’sir o‘tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
organizmning har qanday stixiyalarga chidamliligini orttirishga;
komillikka intilish his-tuyg‘ularini takomillashti­rishga;
shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishga ko‘maklashishga (o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘ziga o‘zi taskin berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish va hokazo).
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular muayyan darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. SHaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. YA’ni, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu - moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko‘paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o‘xshash. SHunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ro‘zani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab to‘rgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni ko‘zatganmisizg‘ Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan ko‘zatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, o‘zum ko‘chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy xarakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:





Aqliy harakatlarning ko‘rinishlari

Download 6,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish