1-mashg‘ulot.
«O‘ziga o‘zi xat yozish » mashqi
Mashqning borishi: Ishtirokchi o‘ziga-o‘zi xat yozadi. Unda o‘zidagi mavjud ijobiy hislatlarni, o‘zidagi noyob fazilatlarni aks ettirishi lozim. Har bir ishtirokchi guruh a’zolariga o‘zining xatini o‘kib eshittiradi. Guruh a’zolari bunda bir-birlarining fikrlarini e’tirozsiz qabul qilishlari va bir birlarining ijobiy fazilatlarini qo‘llab-quvvatlashlari lozim. So‘ng guruhiy muhokama bo‘lib o‘tadi.
Trening maqsadi: Ishtirokchilarning o‘zini-o‘zini konstruktiv baholashni shakllantirish, o‘ziga adekvat munosabatni tarkib toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |