Trening maqsadi: Ishtiroqchilarda ijobiy ustanovkalarni tarkib toptirish, shakllangan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash.
5-mashg‘ulot.
«So‘nggi uchrashuv» mashqi
Mashqning borishi: trener tomonidan ishtirokchilarga quyidagicha ko‘rsatma beriladi; “Tasavvur qilingki, bizning mashg‘ulotlarimiz tugadi va siz xayrlashdingiz. Lekin gaplaringizni bir-biringizga ayta oldingizmi? O‘zingizning tashvishlaringizni guruh bilan bo‘lishishingizni unutgandirsiz? YOki shunday bir aniq qatnashuvchi bormiki, o‘zingiz haqingizdagi fikrini bilishni xohlardingiz? Sizning yana bir imkoniyatingiz bor, o‘tilgan mashg‘ulotlarda qila olmagan ishlaringizni qilishingiz mumkin. Bugungi qarorlaringizni ertaga qoldirmang, hozir va shu erda qiling”.
SHarh: Bu etyudni to‘laligicha tasavvur qilish uchun qorong‘u xonada mo‘zikani asta qo‘ying, qatnashuvchilarning bo‘shashiga, ko‘zlarini yumishga va o‘tgan mashg‘ulotlarni eslashga imkon bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |