Trening maqsadi: O‘zida ijobiy ustanovkalarni tarkib toptirish, o‘z-o‘ziga adekvat baho berishni va muloqot madaniyatini shakllantirish.
5-mashg‘ulot.
«Attraksiya» mashqi
Mashqning borishi: Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tiradilar. Har bir ishtirokchiga ko‘zgu beriladi. Gurux a’zolarining har biri oynaga qarab, o‘zlariga o‘zlari xushomad qilishlari, o‘zlarini o‘zlari maqtashlari, eng yaxshi istaklarni bildirishlari lozim bo‘ladi. Ishtirokchilarga ko‘rsatma berilgach, berilgan vazifani bajarishlari uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. SHundan so‘ng bu vaziyatni guruh a’zolaridan birini tanlab, tanlangan sherigiga nisbatan amalga oshirishi lozim
Mashq tugagach barcha ishtirokchilar o‘z-o‘ziga va sherigiga nisbatan attraksiyasida nimalarni his etganligi va o‘z kechinmalarini so‘zlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |