Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “pedagogika” fakulteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


II.5 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan



Download 42,86 Kb.
bet8/9
Sana25.01.2022
Hajmi42,86 Kb.
#409490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
pedagogia

II.5 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan

foydalanish yo’llari

Pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o’rganayotgan

o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik

texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish

jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan komp`yuter, masofali o’qish, yoki turli

texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik

texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan

maqsadidan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari tanlangan

texnologiyalarga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonda, maqsad

bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir texnologiyasi

o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi

ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar,

ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar,

o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa,

bizning fikrimizcha, ana shu o’qitish jarayonining asosi xisoblanadi.

Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni

o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u

o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan,

oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik

jarayondir.

Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsni rivojlanishiga

qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.

An’anaviy ta’lim texnologiyasida quyidagicha afzallik tomonlarini ko’rsatish

mumkin: Ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni

o’rganishga foydaliligi, o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish

muhitini yuqori darajada nazorat qilish, vaqtdan unumli foydalanish va aniq ilmiy

bilimlarga tayanish.

Kamchiliklariga to’xtaladigan bo’lsak: o’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib

qoladilar, o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani

vujudga keltirmaydi, o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha

olmaydi, eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir hil bo’lmaganligi sababli,

guruh bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin, mustaqil

o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

Noan’anaviy ta’lim texnologiyasining afzallik tomonlariga to’xtalib o’tadigan

bo’lsak: o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi, o’z vaqtida

aloqalarning ta’minlanishi, tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar

yaratilishi, o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi,

motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, o’tilgan materialning yaxshi eslab

qolinishi, muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi, o’z – o’zini

baholashning o’sishi, o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga

bo’lgan ijobiy munosabati, mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga

yordam berish, nafaqat mazmunini o’zlashtirishga, balki tanqidiy va mantiqiy

fikrlashni rivojlantirishga yordam berishi, muammolarni echish ko’nikmalarining

shakllanishi.

Kamchilik tomonlari esa: Ko’p vaqt talab etilishi, o’quvchilarni har doim ham

to’liq nazorat qilish imkoniyatining pastligi, juda murakkab mazmundagi material

o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi, kuchsiz o’quvchilar

bo’lganligi sababli kuchli uquvchilarning past baho olishi, o’qituvchilarning o’zi

ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga

ega bo’lishining talab etilishi va h.k.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, noan’anaviy ta’lim texnologiyasi

quyidagilarga imkon yaratadi: o’z nuqtai nazari va fikr – mulohazalarini aniq,

ishonchli tarzda bayon qilishga o’rgatadi, mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantiradi, axborot va uning manbalarini tadqiq qilish va baholashga o’rgatadi,

yuzaga kelgan vaziyatlarning sabab – oqibatli munosabatlarini topish, tahlil qilish,

aloqalarini aniqlashga o’rgatadi, muammolarni qo’yish va ularning echimini

topish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shaxslararo muloqot va munozaralar yuritish

malakalarini rivojlantiradi, o’qituvchi va o’quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni pedagogik texnologiyalardan farqi bir

butunlikda yondoshish, loyihalashtira olish, oddiydan murakkabgacha ishlab

chiqarish jarayoniga muvofiq yuqori natijalarga erishish yangi loyihalar tajribalar

ustida ishlashligi bilan farq qiladi.

Innovatsion so’zi inglizcha innaveshin so’zidan olingan bo’lib yangiliklar

kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning

maqsadi ta’lim jarayonida interfaol usullari qo’llay bilishlikdir. Innovatsion so’zi

inter – orasida, o’rtasida degan ma’nolarni anglatadi. Demak, ikki kishi orasida,

jamoa o’rsatidagi faollik degan manoni kasb etadi.

Ilg’or pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida bir butunlikdagi yondashish,

yuqori natijalarga erishish borasidagi ilmiy – amaliy asoslangan loyihlarni

tahlildan o’tkazib, ularni qo’llash maqsadida tashviqot ishlarini muntazam olib

borishini ta’minlaydi.
XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, pedagogika fanlarini o`qitish metodikasini

qo`llash har bir pedagogning oldiga maqsad qilib qo`yilishi shart. Ma`lumki o`rta

maxsus va kasb-xunar ta`limida pedagogika fani ham muhim o`rinda turadi.

Har bir pedagog bo`lajak o`qituvchi innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni

tashxis qilishda asosan metodlardan foydalaniladi, o`qituvchi bu faoliyatni

amaliyotga oshirishga mutaxassis sifatida tayyorgarligini ko`rsatuvchi belgilarni

o`rganish va baholash usullarning to`plamini tushuntirish lozim. Bu faoliyat

muvofaqiyatliligini tashhis qilish butunlay mustaqil tadbir bo`lmay balki u yanada

kengroq tashhis jarayonlar tarkibiga kiradi.

Maktabda pedagogik fanlarning hususiyatlarini tahlil qilishda ko`pchilik

o`qituvchilar faoliyati ijodiy uslubiga mo`ljallangan o`z ustilarida ish olib

borishlarini ko`rsatishi lozim. O`qituvchlarning 45% yangi didaktik va tarbiyaviy

kontseptsiyalar, ularning farqi avzalliklarini bilmas ekanlar. Pedagogik mahorat va

ko`nikmalarga va o`ziga-o`zi baho berishda asosan oddiy ko`rsatgichlar

qo`llaniladi; O`z fanini va dars berishni asosan odatiy bilimi munosabat

madaniyati, tashkilotchilik mahorati, o`qituvchi mutaxassislik mahoratini

belgilaydigan asosiy ko`rsatgichlar bo`lib qolaveradi. Garchi har bir o`qituvchining

ishida aniqlashgina usul va metodlar mavjud bo`lmasada ularni qo`llashdan

ko`zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining talimiy ishlarini faollashtiradi. Bu

tadbir juda muhim bo`lib o`quvchilarni ularning etiqodga, etiqodini esa amaliy

faoliyatga, hatti-harakatga aylantiradi. Zotan o`qish o`rganish diqqat etiborni talab

qiladigan murakkab faoliyatdir. O`quvchilarni mustaqil erkin ijodkorlik bilan

fikrlashga jadallikka, bilimga yangilik va murakkablikka o`rgatib borish kuchlari

bilan bilim malakalarini rivojlantirish kabi bir qancha zaruriy metodlardan

foydalana bilish bu pedagog-o`qituvchlarning alohida turgan eng ulug`, buyuk

kuchdir.



Download 42,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish