Darsning maqsadi: O`quvchilarni 6 va 7 sonlarni hosil qilish bilan
tanishtirish sonlarni taqqoslashni 1-7 sonlarini ichida miqdoriy va tartib sonlardan
foydalanishni mashq qilish 6 va 7 raqamlari bilan tanishtirish 6 raqamining
yozilishini mashq qilish.
2-10 ichida sonlar tarkibiga doir bilimlarni mustahkamlash. Yangi material
ustida ishlash.
1. O`qituvchi yangi material ustida ishlashni kuydagi savollar bilan boshlashi
mumkin; «Biz sizlar b`ilan qanday sonlarni o`rgangan edik? Shu sonlarning qaysisi
eng katta son? Hisoblashda 5 dan keyin qanday son keladi? 6 soni qanday xosil
bo`ladi? 5 ta doiracha bor bo`lsa, ular 6 ta bo`lishi uchun nima qilish kerakligini
ko`rsat». Chaqirilgan o`quvchi buning uchun 5 ta doirachaga yana bita doiracha
qo`yish kerakligini ko`rsatadi.
O`qituvchi yana bolalardan so`raydi. «Bola sanoq bo`yicha doirachani
qo`shdi? (oltinchi). Doirachaning hammasi nechta bo`ldiW (6 ta) Olti soni qanday
yozilishini biladiganlar bormi?» Chiqarilgan o`quvchi yoki (xoxlovchilar topilsa)
o`qituvchining o`zi 6 raqamini ko`rsatadi va polotnoga qo`yiladi. Shundan keyin
o`qituvchi bolalarga 6 sonini hosil qilish (5 ta bir hil doiracha yani 1 ta boshqacha
rangli doirachani qo`shish) amalni narsalar bilan bajarishga, so`ngra 6 soni qanday
hosil qilingani kesma raqamlar bilan yozilishi buyuriladi, 7 sonini hosil qilish ham
hududi shu yo`sinda bajariladi: 6 ta bir xil rangni uch burchakka yana bita
boshqacha rangli uch burchak qo`shiladi va kesma raqamlar bilan (6+1-7) yoziladi.
2. Shundan so`ng 5 va 6 (6 va 7) sonlarini taqqoslash ishlari bajariladi. Buning
uchun to`plam polotnosida 5, 6, va 7 ta narsadan iborat sonlar pog`onachasi
namoyish etiladi. Bolalar tegishli yozuvlarni raqamlar bilan bajarishlari qiyin
darslikdagi rasmlar bo`yicha ishlashga o`tish mumkin.
Parashyutchilar tasvirlangan rasmga savollar: «Oldin nechta parashyutchi
sakirdi? (5) yana nechta parashyutchi sakiraydi. (1). Oltinch parashyutchi
sakiragandan keyin hamma parashyutchilar nechta bo`ldi? (6), olti qanday hosil
qilindi? (5 ga 1 qo`shildi). Oltinchi parashyutchi sakiragandan keyin
parashyutchilar ko`paydimi yoki kamaydimi? (ko`paydi 6<5 bo`ldi)». Keyingi
rasmga savollar: «Avval nechta samaliyot ko`tarildi? (6), keyin nechtasi ko`tarildi?
(1), hamma samaliyotlar nechta bo`ldi? (7), 7 qanday hosil qilindi? (6 ga 1
qo`shildi) 6 ko`pmi? yoki 7 ko`pmi» (7<6). Uchburchakli yoki to`rt burchakli
rasmlar bilan ana shu yo`sinda ishlanadi (birliklarni ayirish bilan 5 va 6 sonlari
hosil qilindi).
Sinflarning yo`qorisiga yozilgan qator sonlardan tartib munosabatlarni
aniqlashda foydalanish mumkin.
O`qituvchi: «Sizlar masalan kinoteatr zalining bir qatordagi o`rindiqlar: ko`z
oldingizga keltiring?-deydi va bir o`quvchidan: «Sening o`zing oltinchi, ikki
yoningdagi qo`shnilaring nechanchi o`rinlarda o`tirgan bo`ladi?»-deb so`yraydi.
Boshqa o`quvchiga murojat qilib: «Sening o`zing ettinchi va sen unga 1 nomerli
kreslo tomonidan borasan, bundan nechinchi nomerli kreslolar oldidan o`tishing
kerak?»-deyildi.
Keyin o`quvchilarga shunday savol tashlandi: «Bola qatorning qoq o`rtasida
(to`rtinchi o`rinda) turibdi, uning chap tomonidagi (5,6,7) kreslolar va o`ng
tomondagi (3,2,1) kreslolarning nomerlarini ayting». O`qituvchi namunali
ko`rsatgach bolalar 6 raqamini yozdilar, 6 soni hosil bo`lishi ko`rsatilgan
nuqtalarni qo`yadilar (bu ishni darslikda berilgan namunaga qarab bajaradilar) 2-3
ta tengsizlikni yozadilar.
5>
Do'stlaringiz bilan baham: |