Mashg‘ulotning bosqichlari:
1.Rejaning birinchi savoli bo‘yicha ishtirokchilar bilan munozara o‘tkaziladi. SHaxsning hissiy o‘zligini anglashi va uning ijtimoiy psixologik ahamiyati xaqidagi fikrlar muhokama qilinadi.
2. Ishtirokchilar bilan shaxsning turli his-tuyg‘ular bo‘yicha o‘z-o‘zini baholashi va uning ta’sirida vujudga keladigan hissiy o‘zlikni anglash xususiyatlari xususida hayotiy misollar keltirilib tahlil qilinadi.
«Salomlashish» mashqi
Maqsad: Beg‘araz do‘stona munosabatlarga erishish, guruh a’zolari o‘rtasida taranglikni yumshatish, ijobiy emotsional muhitni yaratish. Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tirib oladilar.
Boshlovchi ko‘rsatmasi: «Hozir hammamiz o‘rnimizdan turib bir-birimiz bilan qo‘l berishib ko‘rishamiz. Qani kim bir daqika ichida guruhning ko‘pchilik a’zolari bilan salomlashib chiqishi mumkin». Biron bir kishi bilan 2-3 marta ko‘rishsangiz ham mayli. Bu mashq bajarilgandan keyin davrada turadi va boshlovchi guruhga savol beradi. «Qani diqqat bilan qarangchi, hamma bir-biri bilan ko‘rishib chiqdimi? Agarda kimda-kim biron kishi bilan ko‘rishishni esidan chiqargan bo‘lsa ko‘rishib olishi mumkin».
2-mashg‘ulot.
«Mendagi kuchli xususiyatlar» mashqi
Maqsad: Insonning o‘zi haqida ijobiy fikrlashiga yordam berish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish.
Har bir qatnashuvchi o‘zining eng kuchli xususiyatlari: nimani yoqtirish, qadrlashi haqida, ichki erkinlikni yaxshi his etish uchun nima qilishi xaqida hammaga so‘zlab beradi.
Ko‘rsatma: Qanday xususiyatlar sizda yo‘q sizga xos emas, lekin ularni bo‘lishini xohlaysiz?
Siz so‘zlaringizni qo‘shtirnoqqa olmasdan, ya’ni kimdir so‘zini ta’kidlamasdan «balki», «agar», «yoki» so‘zlarini qo‘llamasdan, keskin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirishingiz kerak. Buning uchun sizga 3 daqiqa beriladi.
Tinglovchilar tushunmagan so‘zlarni qaytarishni, tushuntirib berishini iltimos qilishlari mumkin, lekin o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin emas.
Ko‘pchilik vaqtni jim turib o‘tkazish mumkin. Sizning kuchli xususiyatlarni bayon qilishingiz shart emas, bunga o‘zingizni ishonchingiz etarlidir. Qatnashuvchilarga tayyorgarlik uchun 3 daqiqa vaqt beriladi, so‘ngra birinchi odamga boshlashga ruxsat beriladi. Uch daqiqa o‘tishi bilan rahbar signal chalib birinchi qatnashuvchining vaqti tugashini bildiradi. Navbat ikkinchi qatnashuvchiga beriladi, uning ixtiyoriga ham uch daqika vaqt beriladi, shu tariqa hamma qatnashuvchilarga navbat beriladi.
SHuning uchun ham bu mashq - bajarilishi davomida qatnashuvchi o‘zining kamchiligi, xatolari, sust xususiyatlari haqida gapirmasligiga e’tibor berish kerak, ya’ni o‘zini tanqid qilish, o‘zini yomonlashga barham berishi mmkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |