Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet107/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Nazorat uchun savollar
1.Temperament haqida tushuncha,
2.Temperament tiplari. Temperamentning klassik nazariyalar
3.Xarakter to‘zilishi va xususiyatlari
4.Xarakter tipologiyasi, xarakterning shakllanishi, xarakterning ifodali belgilari


REJA:
18.1.Qobiliyatlar haqida tushuncha
18.2.Qobiliyatlarning sifat va miqdor tahlili
18.3.Qobiliyatlar va faoliyat
18.4.Umumiy va maxsus qobiliyatlar

Tayanch so‘z va iboralar:
Qobiliyat, malaka, ko‘nikma, bilim, sifat, miqdor, aqliy, iste’dod, testlar, Kettel, Terman, Spirmen, talant, geniallik.
18.1.Qobiliyatlar haqida tushuncha
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malaka oshirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilishlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. SHunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchida ham zaruriy ko‘nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo‘qligiga asoslanib jiddiy tekshirib ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi.
Masalan, Albert Eynshteyn o‘rta maktabda uncha yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo‘lishidan hech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo‘ladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart sharoit bo‘lib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. Hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Qobiliyatli, ammo noshut inson ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikmada ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. SHuning bilan birga ko‘nikma va malalakalar etishmagan qobiliyatni bir muncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo bo‘lishi jarayonida shakllanadi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish