Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish, ularga ishlov berish yoki qayta ishlash yo`llari va usullarining yig`indisi (texnologiyaning jarayonli – bayonli aspekti);
yuqorida ko`rsatilgan yo`llar va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan. Texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi, moddiy resurslar va vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo`llash maqsadida qonuniyatlarni topish hisoblanadi (ilmiy aspekti);
jarayonning o`zi – qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash, tashish, omborga joylash, saqlash hamda ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish (texnologiyaning jarayonli – harakat aspekti).
Ishlab chiqarishda «texnologiya» so`zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |