Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti muminova munojat yuldashevna



Download 14,54 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi14,54 Kb.
#300747
Bog'liq
Tezis


TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRANTI MUMINOVA MUNOJAT YULDASHEVNA

Tezis

TASHKILOT ICHKI MUHITINI YAXSHILASH USULLARI

Inson jamiyatda yashar ekan u avvalambor o’z fuqarolik pozitsiyasini anglagan holda jamoa a’zolari, jamoat tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo’ladi. Har bir inson borki u jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishga, yaxshi bir kasbning egasi bo’lib jamiyat rivoji, yurt taraqqiyoti uchun hissa qo’shishga intiladi. Undagi bu Vatanparvarlik hissi avvalambor oilada, so’ngra maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla va ta’lim tashkilotlari hamkorligida shakllantirilib boriladi. Kichik bir nihol bog’bon parvarishi bilan ulkan daraxtga aylanib, totli mevalari bilan insonlarni mamnun etgani kabi, beg’ubor qalbli bolakaylar ham o’sib, ta’lim va tarbiya olib, kasb-hunar egallab, ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha ma’lumotga ega bo’lib tashkilotlarda faoliyat yurita boshlaydi. Yuqorida ta’kidlagan daraxtimiz bog’bonning parvarishi orqali serhosil daraxtga aylangan bo’lsa, insonlar malakali mutaxassislarning samarali mehnatlari orqali yetuk kadrlar bo’lib yetishadilar. Endi bu kadrlarning tashkilotlardagi faoliyati ulardagi kasbga bo’lgan muhabbat, zamon bilan hamnafasligiga, lavozim vazifasini his etish, vatanparvarlik hissining darajasi nechog’lik ekanligiga qarab yuksalib boraveradi. Men yosh kadrlarga xos xislatlarni yuqorida keltirib o’tganim bejiz emas, chunki tashkilot ichki muhiti unda faoliyat yurituvchi xodimlarning saviyasi, ish tajribasi, ijro intizomi va muloqot etikasiga bog’liq.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ichki muhit qanday? Bu savolga har kim tashqaridan baho berishi mumkin. Men maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimi sifatida bugungi kun maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ichki muhit darajasini “o’rtacha” deb baholagan bo’lar edim. Chunki, tizimda hali juda ko’p islohotlarni amlaga oshirish zarur, bu islohotlarni esa avval ichki muhitni yaxshilash orqali amalga oshirish mumkin. To’g’ri tashkilot ichki muhiti men faoliyatimni boshlagan davrdagiga nisbatan ancha ijobiy tarafga o’zgargan, biroq bu yuksalish hozirgi zamon talabi uchun kamlik qiladi. Men endigina ish faoliyatimni boshlagan davrimda tashkilotda bola qamrovi kam bo’lganligi sababli faoliyat yurituvchi xodimlar ham ozchilikni tashkil etar edi. Pedagog xodimlar o’rtasida “Ustoz-shogird” maktabi shunchaki yuzaki yuritilib, hamma o’z uchun lider bo’lishga intilar, o’zaro ahillik yo’q edi. Lavozim malaka tavsiflarida ko’rsatilgan talablarga javob bera oladigan kadrlar sanoqli edi. Ish taqsimoti to’g’ri belgilanganiga qaramay, ish samaradorligi past ko’rsatkichlarda edi. Shunga qaramay ta’lim sohasida islohotlarning izchil amalga oshirilishi, tashkilot rahbarining yosh kadrlarga bo’lgan ishonchi, jamoada ijobiy, shaffof muhitni shakllantirishga bo’lgan harakatlari o’z samarasini berdi. Bugungi kunda tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar bir maqsad sari intilmoqdalar, birdamlik, ahillik ularni quyi pog’onadan yuqorilashlariga ko’mak bermoqda.

Tashkilot ichki muhitini yaxshilash usullarini quyidagilarda ko’rib chiqishimiz mumkin:

-Ijro intizomiga, mehnat intizomiga rioya etish;

-tashkilotni yuksaltirish yo’lida yagona maqsad yo’lida birlashish;

- raqamli iqtisodiyotdan tashkilot ichki muhitini yaxshilashda foydalanish;

-xodimlarni ish koefitsientlarini oshirish maqsadida rag’batlantirib borish;

-kadrlar salohiyatini o’stirish, kam vaqt va kam xarajat sarf etib, yuqori samaradorlikka erisha oladigan malakali menejerlarni shakllantirish;

-ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va zamon talabi bilan optimallashtirish.



O’ylaymizki, tashkilot ichki muhitini yaxshilashda yuqoridagi me’zonlar ijrosini ta’minlash orqali rahbar xodimlar o’z ish faoliyatida yuqori samaradorlikka erishib, tashkilotda shaffof ichki muhitni yarata oladilar. Shuni unutmangki, tashkilotda ichki muhit qanchalik yaxshi bo’lsa, ushbu tashkilotning tashqi faoliyati ham shunchalik barqaror bo’ladi. Chunki ulkan daraxtni ham oddiygina kichik bir qurt ichidan yemiradi, Siz shunday kuchli daraxt bo’lingki, tashkilot ichki muhitidagi majoziy ma’nodagi qurtlar yemirish uchun bo’shliq topa olmay o’zlari bo’shliq sari yuzlansinlar. Daraxtlarning yonida o’sib kelayotgan navnihol maysalar esa shaffof muhitda unib o’ssinlar.

Muminova M.Y
Download 14,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish