O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Chet tillari fakulteti 751-19-guruh talabasi Muminova Mohichexraning pedagogik amaliyoti uchun yakuniy
HISOBOTI
Malakaviy pedagogik amaliyot 04.04.2022 kuni boshlandi. Dastavval institutda o’quv amaliyoti oldidan 3-kurs talabalari uchun yig’ilish o’tkazildi. Unda 3-kurs 740/741/742/743/744/745/746/747/748/749/750/751/752/753 va 754- guruh talabalari ishtirok etdilar. Majlisda 3-bosqich talabalarini Jizzax shahar hududida institutdan uzoq bo’lmagan joylarda joylashgan maktab va litseylarga amaliyot o’tash uchun ruxsat berildi. Biz guruhimiz bilan Jizzax shahridagi chet tillariga ixtisoslashtirilgan Umid nomli maktab-internatiga amaliyot o’tash uchun biriktirildik. 4-aprel kuni erta tongda amaliyot joyimga erta tongda guruh bilan yetib bordik. Amaliyotning birinchi kunida men maktab-internatning tarixi bilan tanishdim, maktab-internatni qachon tashkil etilganini, o’qituvchilar va o’quvchilarning soni, rus guruhlar mavjudligini bilib oldim. So’ngra ikki hafta davomida men maktab-internatning o’qituvchilari, bino tuzilishi, ichki tartib qoidalari bilan tanishib chiqdim. So’ngra men 7 va 10 sinflarga darsga kiruvchi ingliz tili fani o’qituvchisi Abdurasulova Muniraga biriktirildim. Men o’zimga biriktirilgan ustoz bilan birgalikda o’qituvchi yuritishi kerak bo’lgan hujjatlar haqida o’rgandim va ma’lumotga ega bo’ldim. Unga ko’ra hozirda o’qituvchilarga ortiqcha hujjatlarni yuritishni oldini olish maqsadida o’qituvchi hujjatlari anchagina kamaytirilgan va hozirda majburiy yuritilishi kerak bo’lgan hujjatlar guruh jurnali, yillik taqvim reja, kundalik, dars ishlanmalarni tashkil qilishni bilib oldim. Darslarni amalitot davomida tahlil qilib bordi. Men amaliyot davomida ko’rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar va ochiq darslarni qanday o’tkazishni o’rganib oldim. Amaliyot davomida Pedagogik metodlar yangi usullari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib qanday qilib dars o’tishni o’quvchilarni qanday qilib qiziqtirishni o’rganib oldim va bularni kelajakda foydalanishga harakat qlaman. Dars o’tish davomida o’zim bilgan turli metodlardan foydalandim bu bilan o;quvchilarni darsga jalb qila oldim deb oylayman. Bundan tashqari o’quvchi va o’qituvchilar bilan qanday muomila qilish kerakligini ham o’rganim oldim. Dars o’tish mobaynida o’quvchilarni psixologiyasini o’rganishga harakat qildim. Darslar davomida turli xil qiziqarli va mavzu doirasidagi o’yinlarni organdim. Amaliyot davrida o’qituvchilik kasbi naqadar mashaqatli bo’lishi bilan bir qatorda sharafli kasb ekanini dars qanchalik muqaddas ekanligini bilib oldim. O’qituvchi doimo darsga o’z vaqtida va formada kasbiga masuliyat bilan yondashish kerakligini angladim. Ta’lim dargohini nafaqat ta’lim maskani balki tarbiya maskani ekanligini yana bir bor guvohi bo’ldim. Maktabda ta’lim sifati yahshi ekanligiga qaramasdan sharoitlar etarli emas. Bunga misol qilib: xonalarni torligini olsak bo’ladi. Xonaning torligi ayniqsa havoning issiq kunida havoning yetmasligi o’quvchilarga turli xil noqulayliklar keltiradi. Xonalarda innovatsion texnologiyalarni yoqligi xozir kun ta’lim sifatiga javob bermaydi. Ijobiy tarafli sifatida esa: ta’lim sifatini yahshiligi o’quvchilarni darsga to’liq qatnashishi va formada bo’lishi to’liq taminlab berilgan Amaliyot hujjatlarimni to’lig’icha tayyorladim. Pedagogik amaliyotimni yaxshi o’tadim va muvaffaqqiyatli yakunladim.