Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: Respublikada 50-yillar Qatag'onligini boshlab berishda hukmron partiya markazkumi qarorlarini O'zbekiston hayotida tadbiq etishda O'zKompartiya markazkumining 1952 yil 21-22 fevralida bo'lib o'tgan X plenumi va uning qabul qilgan qarorlari katta rolь o'ynadi. Plenumda tinglangan va muxokama etilgan birinchi kotib A.Niyozovning "Respublikada ideologiya ishlarining axvoli va uni yaxshilash choralari haqida" gi dokladida shunday deb ta'kidlangan edi: "Keyingi ikki yilda respublikada adabiyot xodimlari orasidan sovet tuzimiga qarshi, millatchilik kayfiyatida bo'lgan guruh ochib tashlandi. Bu guruh Sovet davlatiga qarshi dushmanlik ishini olib bordi. Bu guruh a'zolari oldin ayblangan millatchilar bilan yaqin aloqada bo'lganlar, ular mafkuraviy buzuq mazmundagi she'rlar yozib, millatchilarning Sovet tuzumiga qarshi asarlarini ideallashtirib, ommaga tarqatganlar"
Do'stlaringiz bilan baham: |