II bob. Pedagogik jarayonlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati
2.1 Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning tutgan o’rni.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barobar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi, multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;
• o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
6
2.2 Pedagogik fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;
• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.
Ayni paytda ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanayotgan yo’nalishlarini alohida ta’kidlash mumkin. Ular:
1. O’quv maqsadlaridagi dasturiy vositalarning imkoniyatlarini o’qitish vositasi, o’rganish ob’ekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi sifatida joriy etish.
2. O’quv-metodik majmualar yaratishda, o’quv-namoyish asboblari va kompyuter vositalari imkoniyatlarining integrasiyasi.
3. Multimedia tizimlarini yaratishda, kompyuterlar va audio-video axborotlarni uzatish vositalari imkoniyatlarining integrasiyasiga erishish.
4. Sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan intellektual o’qitish tizimlarini yaratishda foydalanish. Bunday o’qitish tizimlari mustaqil bilim olish jarayonini tashkil etish, mustaqil ravishda bilimlarni o’zlashtirish, o’quv faoliyatini intellektuallashtirishni rivojlantirishga zamin yaratadi. Bular barchasi o’quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonini jadallashtiradi.
5. Global va lokal kompyuter tarmoqlari orqali axborot almashinuvini ta’minlovchi telekommunikasiya vositalaridan foydalanish.
6. Axborot almashuvining yangi texnologiyasi – bu real vaqt rejimida stereoskopik tasavvur tizimi, ya’ni «Virtual haqiqiylik» hisoblanadi.
O`qituvchi pеdаgоgik fаоliyatidа kоmpyutеr tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnishi
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o’zlashtirilishiga;
o’quv faoliyatini tashkil etishning xilma-xilligi hisobiga o’quvchining mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
o’rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, o’quvchilarda qiziqishni va faollikni oshirish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatdi.
Jamiyatning har bir a’zosida axborot madaniyatini shakllanishiga;
sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali o’quvchida o’quv materiallarini o’zlashtirish strategiyasini egallashiga;
interfaol muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o’qish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
o’quvchiga dunyoviy bilimlarni egallashiga;
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarni mustaqil o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv faoliyatining keng jabhali turlarini taklif etadi. Bu muhitdagi didaktika fikrlashni, shaxsning salohiyati va imkoniyatlarini, estetik tarbiyani, unda axborot madaniyatini tarbiyalashni, bilimlarni mustaqil o’zlashtirishni, o’quv-axborot faoliyati bo’yicha malaka va ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari mikro va makro dunyodagi, murakkab qurilmalar va biologik tizimlardagi hodisa va jarayonlarni kompyuter grafikasi va modellashtirishidan foydalanish asosida o’rgatish, juda katta yoki juda kichik tezlikda sodir bo’ladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni qulay vaqt o’lchamida taqdim etish kabi yangi didaktik masalalarni еchishga yordam beradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish:
- o’qituvchilar o’rtasida mehnat taqsimotini;
- masofaviy o’quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi bo’lgan jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislarining birlashuvini;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o’qituvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borishni taqozo etadi.
Yangi texnologiyalar asosidagi pedagogik faoliyat:
- ta’limdagi texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo’lgan yangi kurslarni yaratishdek murakkab jarayonlarning yеngillashuvini;
- o’quv kurslarini yaratishda maxsus malakalarning shakllanishini;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablarning va o’quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyojlarning qondirilishini;
- o’quv jarayonida o’quvchi faoliyatining ustivor mavqe tutishini, o’quv jarayoni salmog‘ining o’qituvchidan o’quvchiga ko’chishini;
- yangi kommunikasion texnologiyalardan foydalanish asosida, o’qituvchining har bir o’quvchi bilan teskari aloqasini vujudga kelishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan bevosita aloqador bo’lgan bir qator hozirgacha еchimini topmagan muammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog kadrlar tayyorlash, pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalardan foydalanish malakasining еtarli emasligi bilan bog‘liq bo’lmoqda
O’quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o’qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o’zgartiradi, o’qituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi. Endi o’qituvchidan:
o’quv kurslari dizayneri – o’quv kurslarini yaratuvchi;
fasiliteytor – o’qitish metodlari bo’yicha maslahatchi;
- tyutor-o’quv kurslarini interfaol taqdim etish bo’yicha mutaxassis;
- invigilator – ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo’yicha
mutaxassis bo’lish talab etiladi.
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy o’qitish kurslarini yaratishda dastlab:
kurslarning maqsadi; maqsadga erishish yo’llari;
o’quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o’qitish metodlari;
o’quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo’llari;
o’zaro aloqa usullari va kommunikasiya singari omillarni aniqlash
lozim.
O’quv jarayoni uchun o’qituvchi texnologiyalarni tanlashda quyidagilarga muhim omillar sifatida e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlash mumkin:
o’quv jarayonida yangi texnologiyaning o’zi emas, balkim undan foydalanib ta’limning maqsadlariga erishishni ta’minlashning muhimligi;
eng zamonaviy va qimmat texnologiyalar bilan bir qatorda, arzon va an’anaviy texnologiyalar ham samara berishi mumkinligi;
o’qish natijalari telekommunikasiya yoki axborot texnologiyalarining turiga qarab emas, balki kurslarni yaratish va uzatish sifatiga bog‘liqligi;
texnologiyalarni tanlashda o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga, alohida olingan fan sohasining o’ziga xos tomonlariga, o’quv mashg‘ulotlari, topshiriqlari va mashqlarining mazmuniga e’tibor qaratish lozimligi;
texnologiyalarni tanlashda, eng samarali yo’llardan biri - bu multimedia yondashuvidir.
Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limda faol qo’llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda qator qiyinchiliklar mavjud. Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
- ta’limni axborotlashtirishga pedagogik jamoalarning еtarli tayyor emasligi;
- kompyuter o’rgatuvchi dasturlarning imkoniyatlari haqida tasavvurlarning ozligi, ularni qo’llash bo’yicha metodik ishlanmalarning kamligi;
- kompyuter texnologiyalari vositalarining qimmatligi;
- ta’limda axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislarning yеtishmasligi.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning ham tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari – ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo‘lib uni amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni:
- o‘quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
- «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;
- ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish imkoni darajasidagi yetarli miqdorda axborot bilan ta’minlash;
- o‘quvchi - talabalarda tadqiqotchilik hamda optimal qarorlar qabul qilish mahoratini shakllantirish.
Kompyuter texnologiyasi mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo‘yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining imkoniyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan faqat o‘quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim tizimini boshqarishda ham foydalanilish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo‘ldiki, u o‘qitishda ko‘pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo‘llagan holda eng muhim narsa o‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi (pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo‘ladi, o‘qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Bu kabi o‘qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o‘quvchi-talabaga ta’sir ko‘rsatish birgina axborot kanallari (ko‘rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo‘ladigan bo‘lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi o‘qituvchi (pedagog) vazifasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni pedagog ta’lim-tarbiya berishdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi esa o‘qituvchi (pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘qituvchi (pedagog) larning axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy xarakterda bo‘lib, pedagogik xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha o‘quv fanlari kompleksini o‘rganishda shakllanishi lozim.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.7
Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish Pedagogik texnologiyar larning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televideniye) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
1. O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish.
2. Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri va Pedagogik texnologiyalar bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohadir.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
- voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, texnika, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta’minlash;
- o‘quv - tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy dinamik yangilash.
Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1. Texnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, uni qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi.
2. Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi.
3. Tayyorgarlik muammolari – bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va talabalarning hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim texnologiyalari doimo axborotli bo‘lgan, chunki ular ko‘p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog‘liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi bilan o‘qitish texnologiyalari tubdan o‘zgardi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
- ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;
- ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta’minoti;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yangi o‘quv texnika vositalarini tatbiq etish bo‘yicha mos metodik ishlanmalar.8
Shunday qilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi quyidagilarga olib keladi:
- ta’lim jarayonini, o‘quvchi - talabalarning aniq tayyorgarlik darajasi, qobiliyatlari, yangi materialni o‘zlashtirish sur’ati, qiziqish va mayllarini hisobga olib ko‘proq individual ravishda yordam berish;
- o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning o‘zini o‘zi takomillashtirish, ta’lim va kasbga qiziqishlarini shakllanishiga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borliq hodisalarini kompleks o‘rganish;
- ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va usullarini takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinamik yangilash;
- barcha ta’lim muassasalarida o‘qitishning muammoli va kompyuter vositalaridan hamda virtual stendlardan foydalanish;
- ta’lim jarayonining texnologik bazasini hozirgi zamon texnik vositalarini joriy etish yo‘li bilan takomillashtirish.9
XULOSA
Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi.Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi:manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish. O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor qaratiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi.O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |