Masala: 16 g oltingugurt (IV) oksid olish uchun sulfat kislota bilan reaktsiyaga kirishadigan natriy sulfit massasini hisoblang.
Masalani yechish algaritmi:
• Masala sharti qisqa yoziladi.
• Reaktsiya tenglamalarini yozing.
• Oltingugurt (IV) oksid va natriy sulfit massalarini hisoblang.
• Masala shartidagi massalarga solishtirish.
• Natriy sulfit massasini hisoblang.
• Masala javobini yozing.
Masalani algaritmi asosida yechimi:
Berilgan:
m (SO2) – 16 g
m (Na2SO3)-?
Reaktsiya tenglamasini yozamiz
Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + SO2 + H2O
Tegishli xisoblashlar olib boramiz:
M (SO2) = 64g/ mol; m (SO2) = 1 mol 64g/ mol = 64 g
M(Na2SO3) =126 g/mol; m(Na2SO3)=1mol 126g/mol=126 g
16g 642 4 marta kam, demak m(Na2SO4) massasi ham 4 marta kam.
m(Na2SO3) = 126g : 4 = 31,5 g.
Javob: 16 g SO2 olish uchun 31,5 Na2SO3 kerak ekan.
Kimyodan masala yechish jarayonida algaritmdan foydalanish dastlabki bosqichlarda o’quvchilarning o’zlashtirishini yengilatadi. O’quvchilar masala yechish uchun algaritmni shunday tushunmasdan yoki tushunib tuzishi mumkin, shu bilan birga bunday algaritmlarni barcha masalalarga qo’llab bo’lmaydi. Ko’pchilik masalalar o’ylab, ijodiy izlanib yechiladi. Shuning uchun har bir masalaning o’z algaritmi bo’lishi va ularning soni ko’payib ketishi natijasida o’quvchida chalkashliklar kelib chiqishiga sababchi bo’ladi,biroq har xil fikr yuritishni ko’rib o’quvchi ham masala yechish har tamonlama yondashishni o’rganadi. Shunday qilib o’quvchilarda masala yechishni shakllantirish uchun o’quv yili davomida uzluksiz ravishda masala yechishni davom etish, uni ma’lum mavzuga doir va ma’lum ketma ketlikda amalga oshirish eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Kimyo darslarida masala yechishdan foydalanish.
Kimyo darslarining har xil qismlarida masala yechishn foydalanib kimyo o’qitish jarayonini sifatini oshirish mumkin. Masalan, yangi mavzuni o’zlashtirishda, o’tilgan mavzuni mustahkamlashda, uyda va darsda mustaqil 1ishlashda, o’quvchilarni joriy baholashda va nazorat ishi olishda, mavzuni umumlashtirishda.Yangi mavzuni masala yechishn foydalangan xolatda boshlash ham mumkin, bu muammoli metodga o’xshab o’quvchilar fikrini jamlashga va yangi mavzuga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi. Buning uchun ma’lum shartlarga amal qilish lozim. Masala sharti aniq, hajmi kichik, barcha o’quvchilarga tushunarli va hisoblash qiyin bo’lmasligi kerak. Masalan, aldegidlar mavzusini o’rganishga kirishishdan oldin o’qituvchi kirish qismida oldingi darsda spirtlar mavzusini o’rganishganini, bugun esa yangi sinf birikmalarini o’rganishlarini aytadi va quyidagi masalani proektor orqali doskaga tushiradi (yoki oldindan doskaning yopiladigan qismiga yozib qo’yiladi) .
Do'stlaringiz bilan baham: |