Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti fizika kimyo fakulteti


Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar



Download 53,77 Kb.
bet2/16
Sana16.03.2022
Hajmi53,77 Kb.
#497056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar

Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar.
Masala yechish kimyo o’qitishning asosiy bo’g’inlaridan biridir. Kimyo o’qitishni muvoffaqiyatli amalga oshirish uchun didaktikaning ta’lim, tarbiya va rivojlantirish printsiplaridan foydalanish juda muhim. Masalalar yechish davomida talabalarda kimyoviy moddalar, reaksiyalar haqida mustahkam tushunchalar hosil bo’ladi. O’tilgan mavzularni takrorlashga ma’nosini chuqur anglashga yordam beradi, talabada bilimlar sistemalashadi, natijada keyingi mavzuni o’rganish oson kechadi. Kimyoviy jarayonlar bilan bog’liq masalalarni talabalarning yechishi, ularning o’quv materialni mustaqil o’rganishiga omil bo’ladi. Masala yechishda o’zlashtirilgan mavzu faqat gapirib izoxlab berilmasdan, balki undan olingan bilimlardan foydalanishni o’rgatadi. Kimyodan masalalar yechish o’quv materialni chuqur egallashga sabab bo’lishining yana biri shundaki, o’tilgan qonunlar, nazariyalar, qoidalar, formulalar, kimyoviy tenglamalar amalda talaba tomonidan foydalaniladi. O’quvchilarda masala yechish davomida mehnatsevarlik, maqsadga intilish, ma’sulyat hissi, qo’yilgan maqsadga intilish kabi ijobiy xususiyatlar tarbiyalanadi. Masalalar yechish davomida tabiat birligini ko’rsatuvchi fanlararo bog’liqlikni va chuqur dunyoqarashni rivojlantirishga yordam beradi.
Masala yechish davomida o’quvchilarning murakkab, chuqur fikrlashi va amalda qo’llash imkoniyati shakllanadi. Bunda bilim va uni amalda qo’llash natijasida muhokama qilish, aqliy xulosa chiqarish, isbotlash kabi malakalar xosil bo’ladi. Masala yechish davomida shakllanadigan bilimlar ikki qismga ajratish mumkin:
Masala shartini muhokama qilish bilimi
masalani yechish bilimi
Bu bilimlarsiz masalani yechish mumkin emas. Bunga yana asosiy nazariya va qonunlarni har xil kimyoviy tushunchalarni, moddalarning fizik kimyoviy xossalarini, kimyoviy reaktsiya tenglamalarni, moddalar molyar massalarini bilish kiradi. Pedagog vapsixolog olimlarimiz masalalar yechishni aqliy bilimlar kompleks xarakati modeli deb qarashadi. Masala yechish olingan bilimlar bitta umumlashgan ko’rinishdagi xarakatga keladi.
Kimyodan masalalar yechish kimyoni muammoli o’qitishda, bilimlarni nazorat qilishda va darsda olingan bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Xozirgi kunda kimyoviy masalalarning to’liq oxiriga yetgan klassifikatsiyasi mavjud emas. Kimyo o’qitish metodikasidan adabiyotlarda va ilmiy metodik maqolalarda turli xil klassifikatsiyalar keltirilgan. Ko’pchilik tomonidan qabul qilingan klassifikatsiya ikki guruhga bo’linadi:
 hisoblashga (miqdoriy) masalalar.
 Sifat tarkibiga oid masalalar.

Har bir guruh o’z navbatida guruhchalarga bo’linadi. Biroq bu borada yagona bir qarash yo’q.


Shunday bo’lsa ham xozirgi kunda ularni uchta ko’rinishda klassifikatsiyalash mumkin:I.Kimyoviy o’lchov birliklar bilan tanishish.
 Kimyoviy formula asosida elementlar massa nisbatlarini hisoblash.
 Formula asosida modda massasini va elementlar massalarini hisoblash.
 Nisbiy molekulyar massani nisbiy zichlik bo’yicha va gazlar hajmini modda massasi bo’yicha hisoblash.
 Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash.
 Eritmalarga doir hisoblash.
 Oddiy va molekulyar formulalar tuzish.


II.Formula bo’yicha hisoblash.
 «Mol» va Avagadro qonuni asosida kimyoviy formula bo’yicha hisoblash.
 Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash.
 Modda formulasini hisoblash.
 Davriy qonun. Atom tuzilishi.
Eritmalar
 Amaliyotga doir aralash masalalar


III.Formulalar bo’yicha hisoblash.
 Berilgan kontsentratsiyadagi eritmani tayyorlash uchun

erituvchi va erigan moddani hisoblashga oid.


 Gazlar va gazsimon moddalar, reaktsiya

mahsulotlarining hajmiy nisbatlariga nisbatan


hisoblash.
 Gazlarning nisbiy zichligini hisoblashga oid.
Berilgan hajmdagi gaz massasi bo’yicha uning nisbiy

molekulyar massasini, hamda moddaning molekulyar


formulasini aniqlashga doir.
Maxsulot chiqish unumini hisoblash.
Reaktsiyaga kirishayotgan moddalardan biri ko’p miqdorda bo’lganda, reaktsiya maxsuloti massasi va ortiqcha modda massasini hisoblash.
Tarkibida qo’shimcha moddalari bo’lgan dastlabki

moddadan olingan mahsulot massasini hisoblash.


 Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan gazmoddalar

hajmini hisoblash. Kimyodan xisobli masalalar shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin:


 Moddalarning kimyoviy formulasi asosida yoki ularning formulasini chiqarishga oid masalalar.
 Kimyoviy tenglamalar ishlatiladigan masalalar.
 Eritmalarga oid masalalar.

Bu har bir guruh har xil ko’rinishdagi masalalarni o’z ichiga oladi. Masalan,birinchi guruhni 15 xil ko’rinishdagi masalalarga ajratish mumkin:


 Birikmaning nisbiy molekulyar massasini hisoblash;
 Moddadagi elementlarning massa nisbatlarini aniqlash;
 Birikmadagi elementlarning massa ulushlarini aniqlash;
 Modda massasi tarkibidagi element massasini hisoblash;
 Tarkibidagi element massasi asosida modda massasini hisoblash;
 Gazlarning nisbiy zichligini hisoblash:
 Gazlarning nisbiy molekulyar massasini nisbiy zichligi asosida hisoblash.
 Modda massasi bo’yicha modda miqdorini hisoblash;
 Modda miqdori asosida modda massasini hisoblash;
 Moddaning oddiy formulasini elementlar massa ulushlari asosida topish;
 Moddaning molekulyar formulasini elementlar massa ulushlari va gazlarning nisbiy zichligi bo’yicha hisoblash;
 Modda formulasini yonish mahsulotlariga qarab hisoblash;
 Gazlar uchun zarrachalar sonini massa, modda miqdori va hajmi bo’yicha hisoblash.
 Gazsimon modda massasini hajm bo’yicha hisoblash
 Gazsimon modda hajmini uning massasi va miqdori bo’yicha hisoblash (buketma –ketlikni davom etirish mumkin).

Har xil turdagi masalalar ichida yechimi bir xil bo’lganlari ham bor. Ular o’zaro qaytar ahamiyatli masalalar, ularni yechish birbirini to’ldirish va tekshirish imkoniyatini beradi. Yana masalalar o’zaro bir – biri bilan bog’liq bo’lgan birnechta kimyoviy reaksiya tenglamalar bilan bog’liq bo’lgan turli turlarga bo’linadi. Bunday masalalarning ham turli teskari turlari bor. Bunday masalalar turlaridan eritmalarga doir masalalar bir muncha farq qiladi, biroq bunda ham o’xshash tomonlaribor. Masalan, molyar yoki ekvivalent kontsentratsiyali eritmalarda erigan modda massasi ham modda formulasidan foydalanib xisoblanadi. Bunday masalalarni quyidagi ko’rinishga ajratish mumkin.


 Eruvchanlikka doir masalalar.
 Eritmadagi erigan modda massa ulushiga doir.
 Molyar kontsentratsiyaga doir.
Ekvivalent molyar kontsentratsiyaga doir.
Bir kontsentratsiyali eritmadan ikkinchibir kontsentratsiyali eritmalarga o’tish;



Download 53,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish