5. Masala. Noma’lum Me(NO3)x ning 50 gr 10,44% li eritmasi bilan 200 g 1,36%li H2SO4 ning suvda yaxshi eriydigan tuzining eritmasi aralashtirilganda 4,66 g cho’kma xosil bo’lgan. Agar reaktsiyaga olingan moddalar o’zaro to’la reaktsiyaga kirishgan bo’lsa, boshlang’ich eritmalarda kaysi tuzlar bo’lganligini aniklang.
Berilgan:
m(Me(NO3)x)=50 g
𝓌 (Me(NO3)x)=10,44%
m(eritma)=200g
𝓌 (EmSO4)=1,36%
m(cho’kma)=50 g
Me(NO3)x -? EmSO4-?
Yechish:Reaktsiya tenglamalarini tuzamiz va tegishli amallarni bajaramiz:
Me(NO3)x + EmSO4 = MeSO4 ↓+ E(NO3)m
m(Me(NO3)x) = ∙mum=0,1044 ∙ 50 = 5,22 g
m(E(NO3)m) = ∙mum=0,0136 ∙ 200 = 2,72 g
mum= m(Me(NO3)x) + m(E(NO3)m) = 5,22+2,72=7,94 g
m(E(NO3)m)= mum – mcho’kma = 7,94 – 4,66=3,28 g bular asosida quyidagi tenglamani tuzamiz:
72 ,222 ,596 124 m Э Me 28 ,366 ,46296 m Э Me
Bundan:
Me = 1,92 ∙ E ∙m + 60,32 (1)
Me = 1,42 ∙ E ∙m + 80,08 (2)
(1) va (2) tenglamadan E = m 5,076 ,19
Demak, bu metall – Ca
CaSO4 javob моль Mr m n CaSO 02 ,0136 79 ,2) ( 4
моль n n n NO Me NO Me CaSO 02 ,0) ( ) ( 3 3 4
Molyar massa: 261 m.a.b.
Mr = 261 – 2 ∙ 62 = 137 m.a.b. ga teng,bu- Ba,tuz-Ba(NO3)2
Reaktsiya tenglamasinig umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Ba(NO3)2+CaSO4=BaSO4+Ca(NO3)2
Javob:Ba(NO3)2va CaSO4
Xulosalar.
Masalalar yechish kimyo o’qitish jarayonining muhim komponenti. Masalalarni har xil yozma, og’zaki va eksprimental turlarini sistemali yechish natijasida yuqori natijalarga erishish mumkin. Masalaning miqdoriy va sifat tomonlari masala yechish metodologiyasining asosi bo’lib, bunda masalaning kimyoviy tomonini asoslab, so’ngra hisoblash olib boriladi.
O’quvchilar masala yechish ketma-ketlik algaritmini tuza bilishi masala yechishni mustaqil amalga oshirishni o’rganishi kimyo o’qitishdagi yutug’imizdir.
Masala yechishni o’rganishda, uning tartibini aniq ifodalab yechish usulini to’g’ri analiz qilish ahamiyatga ega.
Fizik kattaliklarni to’g’ri ifodalash va matematik hisoblarni aniq amalga oshirish masala yechishni o’rganishdagi muhim shartlardan hisoblanadi. Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o‘tkazilgan darslar oquvchini mustaqil fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o‘zaro bir-biri bilan muloqotga va hatto o‘zi xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Qo‘llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo darslarini yanada qiziqarli o’tkazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o‘qituvchi sinflarda yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o‘qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan munozara yig‘ilishlardagi aloqalarga ko‘maklashish maqsadida foydalanishimiz kerak. Xuddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o‘quvchilarimizga real maktab laboratoriyasida o‘tkazilishi muammo bo‘ladigan murakkab tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, elektron bulut va elektronlar qo‘zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar tushunchalarini osonlashtiradi.
Shunday ekan, biz o’quvchilarning fikrlash qobiliyati va fanning rivojlanishini ta’minlashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |