Rentgen nurini kristalldan o‘tayotganda difraksiyaga uchrashish xodisasini 1912 yilda M.Laue va uni shogirdlari aniqlagan.
Rentgen nuri 1985 yilda V.K. Rentgen tomonidan kashf qilingan. Translyasiya – kristall strukturasini elementlarini paralel surilishidir. Kristall panjara – kristall xolatidagi moddalarda material zarachchalarini uch (3) yo‘nalish bo‘yicha (qat’iy davrlik asosida) joylashishini ifodalaydigan tushuncha.
Elementar katakcha – kristall moddani xamma xodisalarini o‘z ichida mujassamlashtiradigan kristall panjarani eng kichik bo‘lakchasi.
Simmetrik shakl (figura) – simmetrik shaklda uning ayrim qismlarini simmetrik yo‘li bilan bir-birini butunlay qaytara olish yoki o‘rnini egallash mumkin.
Simmetriya elementlari – xar qanday simmetrik o‘zgarishni bajaradigan geometrik obrezlardir. Ular orqali kristallni simmetriyasini to‘liq aniqlash mumkin.
YOpiq va ochiq simmetriya operatsiyalari – simmetrik xarakat 9operatsiya) agar fazoning cheklangan bo‘lagi uchun tadbiq qilinsa, ularni yopiq simmetriya operatsiyalari deyiladi. Simmetrik xarakatlar agar cheksiz razmerga ega bo‘lgan shakllarga xos bo‘lsa, bunda ularni ochiq simmetriya operatsiyalari deyiladi.
Brave panjaralarining xillari – kristall panjarasining singoniyalarini nazarga olib elementra katakchada tugunlarni xar xil markazlashishi (joylashishi) natijasida panjaralar 14 xil bo‘lishi mumkin. Bularni Brave panjaralari deb atoaladi.
Kristall strukturasi va struktura xillari – kristall strukturasi – fazoda material zarachalarni (atom, ion, molekula) konkret joylashishini tushuniladi. Agar atomlararo masofalarni bilish emas, balki kristall strukturasidagi atomlarni guruxini qanday joylashishi o‘zini bilish kerak bo‘lsa, bularni struktura xillari (tip) deb ataladi.
Koordinatsion son – kristall panjarasidagi xar qanday atomning koordinatsion soni – uni yaqinida joylashgan zarrachalar (atomlar, ionlar) soniga teng bo‘ladi.
Kristalldagi kimyoviy bog‘lar xillari – zarrachalarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha ion, kovalent, metall va molekulalar aro bog‘lar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Rentgen nurining parametrlari – xar qanday elektromagnit to‘lqin (shu jumladan rentgen nuri ham) 4 ta parametr orqali ifodalanadi: (yo‘nalish (S), to‘lqin uzunligi (), amplitudasi (Eo) va boshlang‘ich fazasi ().
Difraksion effektni olish usullari – polixromatik usul, poroshok (kukun) usuli, monokristallarni aylantrish usuli.
Strukturaviy analizni birinchi bosqichi – tekshirilayotgan moddani kristall panjarasining parametrlarini va simmetriyasini aniqlash.
Strukturaviy analizni ikkinchi bosqichi – elementar katakchadagi joylashgan xamma atomlarni koordinatalarini aniqlash yo‘li bilan modda strukturasini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |