RSA va RFA usullari – rentgen nurlari kristalldan o‘tayotganda difraksiyaga uchrashi xodisasidan foydalanib kristallarni elementar katakchalarida joylashgan atomlarini koordinatlarini, ularning orasidagi masofani va ular orasidagi valent burchaklar qiymatlarini aniqlashga asoslangan.
Rentgen nurlarining difraksiyasi – rentgen nurini kristalldan o‘tayotganda difraksiyaga uchrashi xodisasi, umuman olganda oddiy nurlarini monoxromatik oqimini, bir xil masofadagi teshiklardan iborat bo‘lgan plastinkaga yuborilganda ular plastinka orasida ma’lum (tanlangan) yo‘nalishlar bo‘yicha tarqalishiga o‘xshaydi. Ma’lumki, kristall davriy atom strukturasiga egadir. Agar to‘lqin uzunligi atomlararo masofaga to‘g‘ri keladigan nurni kristalldan o‘tkazilsa, difraksiya (nurni atomlardan sochilishi) xodisasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |