Rentgen nurlarini qayd qilish.
Rentgen nurlarini o‘lchashda ularning atom va molekulalarni ionlashtirish xossasasidan, ya’ni energiya uzatish orqali ulardan elektronni chiqarib yuborishdan foydalaniladi. Rentgen nurlanishni qayd qilish uchun mo‘ljallangan bir qator materiallarda, rentgen nurlarining ta’siri ostida impulslar hosil bo‘ladi. Bu impulslarning amplitudasi ta’sir qiluvchi rentgen kvantlarining energiyasiga proporsional bo‘ladi. Impulslarning amplitudasini qayd etish orqali rentgen kvantlarining energiyasi haqida ma’lumot olish mumkin. Birlik vaqt orasida masalan, bir sekundda hosil bo‘lgan impulslar soni (imp/s =impuls sekund yoki kimp/s=kiloimpuls sekund) intensivlik deb ataladi va u birinchi yaqinlashishda namunadagi nur chiqarayotgan elementning konsentratsiyasiga proporsional bo‘ladi. Zamonaviy rentgen fluoressent spektrometrlarda asosan ikki turdagi detektorlar –gazproporsional va ssintillyasion hisoblagichlar ishlatiladi.
Rentgen fluoressent analizda qo‘llaniladigan ssintillyasion hisoblagich (inglizcha- scintillation counter), talliy aralashmasi bilan legirlangan (metalga boshqa metall qo‘shib uning fizik – kimyoviy xossalarini yaxshilash) yodid natriyning kristallaridan iborat bo‘ladi. RFA da ishlatiladigan hamma yuqori energiyali rentgen kvantlarini yutish uchun, kristalning qalinligi etarli darajada katta qilib tayyorlanadi. Kristalga kirayotgan rentgen kvantlarining energiyasi asta – sekin kristalning atomlariga beriladi, ular esa o‘z navbatida yorug‘lik chiqaradi. Bunday yorug‘lik kvantlari birgalikda yorug‘lik chaqnashini hosil qiladi. YOrug‘lik chaqnashlarining energiyasi esa kristalga berilgan yorug‘lik
kvantlarining energiyasiga proporsional bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yorug‘lik nurlari fotokatodga tushib uning sirtidan elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar fotoko‘paytirgich yordamida tezlashtiriladi va dinodlar to‘plami yordamida ikkilamchi elektronlarni hosil qiladi. Elektronlar “ko‘chki”si natijasida ko‘paytirgichning chiqishida o‘lchanadigan signal hosil qilinadi (- rasm). Hosil bo‘lgan kuchlanish impulslarining amplitudasi, xuddi gazproporsional hisoblagichdagi kabi, qayd qilinayotgan rentgen kvantlarining energiyasiga proporsional bo‘ladi.
Ssillyatsion hisoblagich va foto ko’paytirgich
Hozirgi vaqtda to‘liq avtomatlashgan va kompyuterga ulangan rentgen fluoressent analiz o‘tkazuvchi asboblar ham tez, ham etarli darajada aniq ishlaydi. Rentgen fluoressent analiz usuli namunaning tarkibidagi alohida elementlarning miqdori 0,001 dan to bir necha o‘n foizgacha bo‘lganda aniqlash imkonini beradi. Boshqa fizikaviy usullar kabi bu usul ham nisbiy hisoblanadi ya’ni, analiz kimyoviy tarkibi ma’lum bo‘lgan etalonlar yordamida bajariladi. Bu usul bilan qattiq, suyuq va gaz holatidagi moddalarni analiz qilish mumkin.
Xarakteristik rentgen spektrlari nisbatan oddiy bo‘lib, ular K, L, M va N qobiqlari orasidagi o‘tishlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Xarakteristik rentgen nurlarini chiqarish kvantmexanik tanlash qoidalariga bo‘ysinadi. Elektronning bir qobiqdan ikkinchi qobiqqa o‘tishi
quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak: n 0, l 1 va j 0 .
Bunday o‘tishlar natijasida hosil bo‘lgan chiziqlarga ruxsat etilgan yoki diagramm chiziqlar deyiladi. Taqiqlangan o‘tishlarga mos keluvchi chiziqlarning intensivligi juda kichik bo‘ladi. “Satellit” deb ataluvchi chiziqlar esa ikki yoki undan ko‘p bo‘sh joyga ega bo‘lgan atomlardagi o‘tishlarga tegishli bo‘ladi.
j (l 1 )
1 2
j (l 1 )
2 2
Do'stlaringiz bilan baham: |