Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika institut maxsus sirtqi bo


-a) grafik topshiriqni bajarish uchun variantlar quyidan olinadi



Download 28,63 Mb.
bet27/28
Sana29.12.2021
Hajmi28,63 Mb.
#84667
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2-вариант. Чизмачилик

6-a) grafik topshiriqni bajarish uchun variantlar quyidan olinadi.

2-variant





d

m

n

2

M20

20

22


b) payvand chokli detalning chizmalarini bajarish.

Payvand choklar (O`zDSt 2.312:2003). Payvand choklari metalni eritib quyish natijasida yoki biriktiriladigan detallar metalini eritib hosil qilinadi.

Detallarni payvandlab ulashning har xil usullari bor. Elektr yoyi bilan payvandlash eng ko`p tarqalgan usuldir.

Birikmalarning payvand choklari uchma-uch, ustma-ust, burchakli tavr shaklida bo`ladi (5– chizma, a, b, c, d). Bulardan tashqari payvandlanadigan ulamalarning uchini yo`nib yoki qiyirib choklash mumkin (5– chizma, e, f).



5– chizma

Chizmada payvand choklarining shartli belgilanishlari va ularni yasash qoidalari standart tomonidan berilgilangan. Ko`rinadigan payvand choklari chizmada asosiy tutash chiziq bilan, ko`rinmaydigan choklar shtrix chiziqlar bilan shartli belgilanadi (6 –chizma, a, b). Ko`rinadigan yakka payvand nuqtasi “+” bilan tasvirlanadi (6–chizma, c). Bu belgi asosiy tutash chiziqda chiziladi. Ko`rinmas yakka payvand nuqtalari chizmada ko`rsatilmaydi.

6– chizma

Payvand birikma chokining joylashgan o`rnini ko`rsatish uchun bir tomonlama yo`nalishi bo`lgan ingichka chiziq bilan chiziladigan chetga chiqarish chizig`i qo`llaniladi. Chetga chiqarish chizig`ining ikkinchi uchiga ingichka tutash chiziqda gorizontal tochka chiziladi. Chizmada chetga chiqarish chizig`i yo`nalishining vaziyatiga qarab shartli belgilar quyidagicha quyiladi: tochkaning ustiga qo`yilsa, chetga chiqarish chizig`i chokning old (o`ng) tomonidan chiqarilgan bo`ladi. Chetga chiqarish chizig`i chokning orqa tomonidan chiqarilgan bo`lsa, tochkaning tagiga quyiladi.

Payvand birikma choklarining shartli belgilarining tarkibi 7– chizmada ko`rsatilgan.



7– chizma

Elektr yoyi vositasida qo`lda bajarilgan payvand chokarioning shartli belgisi standartda ko`rsatiladi, bunda choklarning shartli harifiy-raqamiy belgilar beriladi. R-qo`lda bajariladigan, P-yarim aftomat usulida bajariladigan, A- avtomatik bajariladigan, K-kontaktlab, Sh-elektr-shlak usulida, Ep- elektr parchinlash, IN- inert gaz ishtirokida volfram elektrod bilan, G-gaz alangasi yorgamida, E-elektr yoyi bilan, Z-himoya gazi muhitida, Uz-ultra tovush bilan, Tr- ishqalanish bilan, X-harakat bilan, Pz-plazmali yoyi bilan, Df-diffuziyali, Lz-lazer bilan, En-elektron nurli, Bz- portlatish bilan, I-induksiyali, Gp-gazli presslash, Tm-termit bilan bajariladi. Payvand choklarni belgilash uchun qo`llaniladigan yordamchi belgilar 1–jadvalda ko`rsatilgan.

1-jadval



Yordamchi belgi

Yordamchi belgining mazmuni

Yordamchi belginig chetga chiqarish chizig’i tokchasiga nisbatan joylashishi

Old tomonida

Orqa tomonida




Chokning kuchaytirgichi olib tashlansin








Chokning bo’rtma va notekis joylari asosiy metalga ravon qilib ishlansin








Montaj qilish davrida choklansin






Zanjirsimon joylashgan uzuq-uzuq nuqtaviy chok








Shaxmat tartibida joylashgan uzuq-uzuq nuqtaviy chok








Yopiq chiziq bo’yicha joylashgan chok






Yopiq bo’lmaganchiziq bo’yicha joylashgan chok





Chok yuzasining g`adir-budirlik belgisi chokning shartli belgisidan keyin chetga chiqarish chizig`ining ustiga yoki ostiga qo`yiladi. Kerak bo`lganda choklar jadvalda yoki chizmaning texnik talabalarida ko`rsatiladi. Masalan, payvand chokning g`adir-budirligi Ra1,25 bo`lib, chizmada bir necha xil choklar tasvirlanishi mumkin bo`lsa, u holda shartli belgi faqat bitta chok tasviriga qo`yiladi, qolgan bir xildagi choklar tasviridan esa tokchali chetga chiqish chiziqlari o`tkaziladi. Bunda bir xil hamma choklar uchun bitta tartib nomeri belgilanadi va u 8– chizmadagidek ko`rsatiladi.






8– chizma

9– chizma

Chizmada hamma choklar bir xil va bir tomoni bilan tasvirlangan bo`lsa, bunday choklarga tartib nomerlari belgilanmaydi va bir chokning belgisi qo`yilib, qolganlaridan tokchasiz chetga chiqarish chiziqlari chiziladi (9- chizma).

Payvandlab ishlanadigan yig`ma birikma buyumning ish chizmasini bajarishda, shu buyumga kiruvchi hamma detallarning chizmalari alohida-alohida chiziladi va buyum chizmasida payvandlash uchun hamda ularga ishlov berish uchun zarur bo`ladigan o`lchamlargina ko`rsatiladi (9- chizma).




9–chizma

Buyumning barcha choklari bir xil payvandlash turi va usuli bilan bajarilsa, ularning harfiy belgilari asosiy belgilashda har bir chokning belgisida ko`rsatilmasdan, balki bu to`g`rida texnikaviy talablarda ko`rsatma beriladi.

Payvand choklarining shartli belgilanishiga misollar:


  1. Uchma-uch ulash.Chokning kuchaytirgichi olib tashlansin, chokning g`adir-budrligi old tomonidan Rz20 mkm, orqa tomonida Rz80 mkm (10- chizma, a)

  2. Ustma-ust ulash. Qirralari tayorlanmay mexanizatsiyalashtirilgan yordamida himoya gazlarida elektrodni eritib, yopiq bo`lmagan chiziq bo`yicha joylashgan chokni bajarilishi. Chokning kateti 5 mm (10- chizma, b).

  3. Burchakli ulash. Payvandlanadigan ulamalarning uchlarini yo`nib elektrod bilan elektr shlakli payvandlash. Chok kateti 22 mm (10- chizma, c).

  4. Tavrli ulash. Qirralari tayorlanmay shaxmat tartibida uzuq-uzuq ikki tomonlama, qo`lda yoy yordamida ximoya gazlarida erimaydigan metal elektrod bilan yopiq chiziq bo`yicha chokning bajarilishi. Chokning kateti 6 mm, payvandlanadigan qismi 50 mm, qadami 100 mm (10- chizma, d).

  5. Yakka payvand nuqtali ustma-ust ulash. Flyus ostida yoy yordamida ulash, elektr parchin diametri d 11 mm, chokning kuchaytirilishi olib tashlansin, sirtning chok bajarilgan g`qdir-budirlik parametri Rz80 mkm (10- chizma, e).

  6. Kontaktli uzuq-uzuq ustma-ust ulash. Payvand chokning eni 6mm, payvandlanadigan qismi 50 mm, qadami 100 mm (10- chizma, f).

10– chizma



Download 28,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish