O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI
“GUMANITAR FANLAR” FAKULTETI
“MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI ” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: HUQUQIY TARBIYA TEXNALOGIYALARINI JORIY ETISH
BAJARDI: ______________________
QABUL QILDI: __________________
Chirchiq – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI
1.1 Huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari ………………………………..………..6
1.2 Huquqiy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari………………………………………9
II BOB HUQUQIY TARBIYA METODLARI
2.1 Huquqiy tarbiyaning ta'lim tizimidagi o’rni. ………………………………….20
2.2 Huquqiy tarbiya vositalari……………………………………………………..60
XULOSA………………………………………………………………………….62
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….64
KIRISH
Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qaydarajada olib borilishidan kelibchiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. Shuning uchun, yurtimiz mustaqillikka erishgach, ta‘lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilindi.1
Jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri inson to’g’risida g’amxo’rlik qilish, yosh avlodni yetuk shaxs, zamonamiz talablariga javob beradigan, bilimdon, yuksak ma‘naviyatli, e‘tiqodi mustahkam, irodasi kuchli, xalq, Vatan uchun jon kuydiradigan komil inson qilib tarbiyalash va voyaga yetkazishdir. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o`zining azaliy orzu niyatlariga erishdi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz uzoq o`tmishlardan beri o`z erki uchun mardonovor kurashib keldi. Hurmatli Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Har bir fuqaroning huquq va erkinliklari qonun yo`li bilan himoya qilinishi va kafolatlanishi, so`z erkinligi, davlat boshqaruvida o`zi bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqiga ega ekanligi huquqiy davlatning muhim belgilaridandir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan.
Huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar, ya'ni yosh avlod huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali bo`lishlari kerak. Qonunlarni biladigan, ularga roiya etadigan, davlat va jamiyat manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yib, ularni bajarishda yuksak saviyaga ega bo`lgan shaxslarni tarbiyalash huquqiy tarbiya fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
Mustaqil O`zbekistonning mustahkamlanishida qonunchilikka roiya qilish, fuqarolarning huquqiy onglilik darajasini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga bo`ysunish, axloq-odob qoidalariga roiya etish kabi xislatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.
Huquqiy ta‘lim- tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy ta‘lim - tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, yurtboshimiz shunday deb yozadilar: «Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy ta’lim- tarbiya tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi».
Huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs, huquq va erkinliklarini bilib qolmasdan, demokratiyaning tub ma'nosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Huquqiy ta‘lim- tarbiya dastlab oilada, bog`chada, maktabda boshlanadi. Lekin huquqiy ta‘lim- tarbiya inson hayoti davomida doimiy ravishda davom etadigan jarayondir. Huquqiy davlat qurar ekanmiz fuqarolarning qonunlarni bilishi, qonunga itoatkorlik, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Bu borada huquqiy fan o`qituvchilari, huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalarining xizmatlari katta bo`ladi va ular zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Huquqiy ta‘lim va tarbiya o`qitishdan ko`zlangan maqsad ham shundaki, yosh avlodni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan.
O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Komil inson tarbiyasi har doim dolzarb mavzulardan biri bo`lib kelgan. Yoshlarni huquqiy tarbiyalash huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik va milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashda hamda huquqiy bilimlarini oshirishda huquqiy ta‘lim asosiy rol o‘ynaydi.
Yoshlarga huquqiy ta‘lim berishda va tarbiyalashda biz uchun qadrli bo’lgan milliy urf-odatlarimiz, an‘analarimiz, o’chmas merosimizga mehr-muhabbat, ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak, har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |