Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika insituti



Download 3,2 Mb.
bet1/10
Sana28.04.2022
Hajmi3,2 Mb.
#588385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yuldashev Jasur




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI

KURS ISHI



Mavzu: Texnologiya darslarida chilangarlik ishlarini o’rgatish.

Bajardi: Yuldashev Jasur
Tekshirdi: _____________________

Chirchiq – 2022
Reja:
Kirish
I. Chilangarlik kasbi ahamiyati.
1.1 Chilangarlik kasbi haqida ma’lumot.
1.2 Chilangarlik ustaxonasi tuzilishi va tartib-qoidalari

    1. Chilangarlik asbob-uskunalari tasnifi

II. Metallar bilan ishlash.
2.1 Metallarga ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari.
2.2 Metalning turmushda va iqtisodiyot tarmoqlardagi ahamiyati,ishlab chiqaishdagi ahamiyati
III. Fodalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Xulosa.

Kirish.
Inson xayoti uchun muhim bo’lgan sohalar : turli materiallarga ishlov berish,zamonaviy mashina va mexanizmlarga, elektro texnika ishlari ,uy ro’zg’orlar buyumlarini ta’mirlash va ro’zg’orshunoslik asoslari,pazandachilik borasida yangi bilim va ko’nikmalarni egalashda muhim ro’l o’ynaydi. Kelajakda kim bo’lmang ,qaysi kasbni tanlamang texnologiyaga oid bilim ,ko’nikma va malakalar kelajakda albatta yaqin tayanch bo’ladi. O’zbekiston badiy chilangarlik va hunarmandchilik borasidagi boy madaniyati bilan butun jahon axlini lol qoldirib kelgan.Chilangarlik o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar talabalarning nazariy va umumtexnikaviy tayyorgarliklari asosida, konstruksion materiallar texnologiyasi, chizmachilik va maktab mehnat ta'limi dasturlariga bog’langan holda, ularning maktab o’quv ustaxonalarida metall ishlash darslarida hosil qilgan boshlang’ich ko’nikma va malakalari asosida tashkil etiladi.Amaliy mashg’ulotlarda ishlarni bajarishni.o’rgatish jarayonida talabalarga mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’l-yo’riqlarini o’rgata borib, ularni qat’iy ish chizmalari va texnologik kartalar asosida, sirtlarning tozaligi va anihlik klassiga amal qilgan holda ishlashga o’rgatiladi. O’quvchilarga topshiriladigan ishlar sharoitni hisobga olgan holda dastur asosida tanlanadi va tavsiya etiladi.O’quvchiga Chilangarlik ishlarini o’rgatishda metall materiallardan tejab-tergab, asbob va moslamalardan to’g’ri va unumli foydalangan holda ishni rasional tashkil eta olishlarini ta'minlash maqsadida, ularning o’rta umumta'lim maktablarida hosil qilingan o’quv, ko’nikma va malakalari asosida, o’qitish va o’rgatishning didaktik prinsipiga amal qilgan holda oddiydan murakkabga, bir detalli buyumlardan ko’p detalli murakkab kompleks ishlarga o’tib boriladi. Har bir asbob yoki moslama yordamyda bajariladigan dastlabki o’rganish mashqlarini instruksion kartalar asosida tashkil etib, bunda ishlarni bajarishda foydalaniladigan asbob-uskunalarning turlarituzilishi, ishga sozlash, ish vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirilib, ular yordamida ishlashni mashq qildirishga o’tib boriladi.Masalan, birinchi mashg’ulotda: Chilangarlik o’quv ustaxonasida bajariladigan ishlar va uni o’rganishdan ko’zlangan maqsad, Chilangarlik kasbi haqida, ustaxonada rioya qilinadigan umumiy tartib, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiena qoidalari, o’quv ustaxonasining jihozlari, Chilangarlik ish o’rni va uni tashkil etish to’g’risida umumiy tushunchalar beriladi, xavfsizlik texnikasi jurnaliga qo’l qo’ydiriladi.Ikkinchi mashg’ulotda tayyorlanadigan detal va buyumlarning aniq o’lchamli va sifatli bo’lishini ta'minlashga yordam beradigan Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishlatilishi, o’lchash va rejalash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida tushuncha berilib, o’lchash va rejalashni mashq qildirishga o’tiladi. Bunda keyinchalik qiyish, qirqish, arralash ' yo’li bilan kesib olinadigan detal va buyumlarga mos materiallar rejalanadi.
Uchinchi mashg’ulotda Chilangarlik qaychisi, uning turlari, tuzilishi, ishga sozlash, qiyish usullari va qiyish vaqtida o rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirilib, qiyishni mashq qildirishga o’tiladi. Bunda har xil o’lchamdagi tunuka qutichalar, chelaklar, kurakcha, kalorimetr, spirtovka kabilarga mos material qiyiladi.,To’rtinchi mashg’ulotda Chilangarlik dastarrasi tuzilishi, ishga sozlash, arralash usullari, arralash vaqtida rioya qilinadigan xavfsiz texnikasi qoidalari haqida tushuncha berilib, bu narsalar amalda ko’rsatiladi va arralashni mashq qildirishga o’tiladi.Arralash mashqida keyinchalik bajariladigan ishlar uchun material tayyorlanadi.Beshinchi mashg’ulotda qirqish va tarashlash ishlari o’rgatilib, bunda zubilo va larning tuzilishi, ishga sozlash, o’tkirlik burchaklari, qirqish usullari, qirqish vaqtida rioyaqilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari , bilan tanishtiriladi va qirqishni mashq qildirishga o’tiladi.Oltinchi mashg’ulotda egovlash mashq qildirilib,. bunda oldindan qiyish, qirqish, arralash yo’li bilan tayyorlangan detal va buyumga mos materiallarning chet (zeh)lari egovlab tekislash, sillihlash yo’li bilan aniq o’lchamga keltiriladi. Bu maqsadda egovlarning turlari, tuzilishi, egovlarni ishlatish ketma-ketligi, zgovlash usullari va bu vaqtda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirilib, egovlashni mashq qildiriladi.
So’nggi mashg’ulotlarda parmalash, parchinlash, rezba qirqish, kavsharlash yo’li bilan qismlarni biriktirish va buyumlarni yig’ish, pardozlash kabi operatsiyalarni mashq qildirish bilan Chilangarlikda qo’llaniladigan ishlar ketma-ketligi o’rgatib boriladi. Bu hol talabalarning buyum tayyorlashdagi ishlar ketma-ketligini to’g’ri tanlashga, mustaqil ish yurita olishlarini ta'minlashga yordam beradi.
Shu tariqa, dastlabki mashg’ulotlarni instruksion kartalar asosida tashkil etib, etarli ko’nikma va mehnat malakalari hosil qilinganidan so’ng talabalarni asbob-uskunalardan erkin foydalangan holda ishni mustaqil ravishda bajarish сhizmalarni o’qiy olish, turli xil konstruksiyalar bilan tanishtirish maqsadida bir necha.operatsiyani o’z ichiga oladigan sodda buyum yoki detal tayyorlatishga o’tiladi. Buning uchun, detal yoki buyum tayyorlashda foydalaniladigan texnikaviy hujjatlardan biri texnologik karta haqida tushuncha beriladi va sodda, kam operatsiyali ishlardan ko’p operatsiyali murakkab ishlarga o’tib boriladi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish