1
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“Himoyaga tavsiya etilsin” “Himoyaga tavsiya etilsin”
San’atshunoslik fakulteti dekani “Musiqa ta’limi” kafedra mudiri
__________R.Y.Maxamadaliyev ___________SH.R.Mahkamova
“____”____________2022yil “____”_____________2022yil
Musiqa ta’lim fakulteti
5111100-“ Musiqa ta’limi yo’nalishi”
18/1-guruh talabasi
Toshkent-2022
Kurs ishi
2
Mavzu: Dugoh maqomi ashula bo'limi tuzilishi
REJA
1. Maqom san’ati tarixi ………………………………………………….
2. O‘n ikki maqom………………………………………………………..
3. Shashmaqom turkumi mushkilot va nasr bo‘limi………………...
4. Dugoh maqomi va uning bo’limlari…………………………………..
3
1.Maqom san’ati tarixi
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining
rivojlanishi qadim zamonlarga bog‘lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari
Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn
Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin
Kavkabiy, Darvish Ali CHangiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining
risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi,
ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun-qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon
etib ketganlar. Zaminimizda o‘tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan
dutorga, surnay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan
sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va
hofizlarning rasmlari o‘lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib
kelganligidan dalolat beradi. SHarq xalqlarining musiqiy merosi bo‘lmish Maqom,
Mo‘g‘om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari
avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz
san’atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda
O‘rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o‘n ikki
(Duvozdah) maqom mavjud bo‘lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Busalik»,
«Rost», «Husayniy», «Hijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon»,
«Zirofqand», «Buzurg». YAna bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo‘lsak,
ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek Tarag‘ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi
haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o‘n ikki maqom zikrida)
bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog‘iy,
Xoja Sayfidin Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so‘zlariga qaraganda,
avvalda maqomlar ettita bo‘lg‘on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi
Navo», «Maqomi Rohoviy», «Maqomi Hijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi
Husayniy». YAna ushbu risolada ulug‘ bobomiz Ulug‘bekning o‘zi tanbur va
nog‘orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «SHodiyona», «Axloqiy»,
4
«Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig‘» singari kuylarni ixtiro qilganligini
ta’kidlab o‘tadi. YUqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish
mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo‘llari sayqallangan ko‘rinishlari bilan
jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari,
turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har
xil maqom yo‘llari ham o‘z o‘rnini topganligi ehtimoldan xoli emas. Natijada
XVIII asrga kelib Buxoroning «SHashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost»,
«Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o‘zining nasr va mushkulot
qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «CHor maqom»i (To‘rt maqom),
«Dugoh Husayniy»ning ettita yo‘li, «CHorgoh»ning oltita ijrochilik yo‘li,
«SHaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot» yo‘llarining savti va
taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Tarixdan ma’lumki, er yuzida yashovchi barcha xalqlarning o‘z madaniyati
va san’ati, shuningdek, musiqiy madaniyati mavjud bo‘lib, ularning ma’naviy
boyligi hisoblangan. Ayniqsa, SHarq xalqlarining musiqiy madaniyati har bir xalq
milliy musiqasining asosini tashkil etgan, nazariy va amaliy ijrochilik maktabiga
ega bo‘lgan. SHarq xalqlarining musiqiy boyligi bo‘lgan maqom, mug‘om, navba,
raga, kyui singari musiqiy ijrochilikning aniq turkumlari turli davrlarda turli
ko‘rinish va yo‘nalishlar bilan ijro etilib kelingan va rivojlangan.
5
so‘zining ma’nosi shundan kelib chiqishi tabiiydir. CHunki maqom aniq pardadan
boshlanadigan va tugallanadigan kuy va ashulalar majmuasini ifodalaydi.
Maqom atamasi VIII-X asrlardan Uqlidis, Arastu singari yunon olimlarining
musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi
natijasida qo‘llanila boshlangan. Lekin IX asrda yashab ijod etgan YAhyo bin Abu
Mansurning musiqa nazariyasiga doir asarida, musulmon sharqi xalqlarida yunon
musiqa nazariyasidan oldin ham o‘z erlik xalqlarning o‘ziga xos musiqa nazariyasi
mavjud bo‘lganligini aytib o‘tadi.
Maqomlarning nazariy va amaliy tomonlarini IX- XV asrlarda yashab ijod
etgan al-Kindiy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Urmaviy, ash-SHeroziy, al-
Husayniy, al-Marvaziy singari ulug‘ olimlarning ko‘plab asarlarida chuqur ilmiy
sharhlar bilan asoslab berilga
6
Do'stlaringiz bilan baham: |