Toshkent viloyat chirchiq davlat pegagogika instituti


-sinfda «Musiqa madaniyati» darslarining tuzilishi



Download 346,16 Kb.
bet4/15
Sana26.02.2022
Hajmi346,16 Kb.
#465746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-sinf o\'quvchilarining mutatsiya davrida (2)

7-sinfda «Musiqa madaniyati» darslarining tuzilishi

7-sinfdagi musiqa darslari umuta'lim maktablari uchun belgilangan musiqa ta'limining so'nggi bosqichi hisoblanadi.


7-sinfda musiqa darslari asosan, uchta faoliyatni o'z ichiga qamrab oladi. Xususan:
1. qo'shiq kuylash.
2. Musiqa idroki (tinglash).
3. Musiqa savodi.
Mazkur sinfda avvalgi sinflarda o'tilgan musiqa materiali yakunlanadi va mustahkamlanadi. Musiqa darsining tuzilishi asosan, ijrochilikni tashkil ehtsada, musiqa savodi va idrokisiz to'la?onli ijroga erishib bo'lmaydi. Bundan tashqari jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchilarda bir qator ijobiy fazilatlar shakllanadi.
Musiqa darslari quyidagicha tuzilishga ega bo'ladi:
- dars mavzusi (yil, chorak va dars avzusidan kelib chiqqan holda);
- darsning turi (to'rt faoliyatdan biri ustuvor bo'ladi);
- darsning maqsadi: ta'limiy va tarbiyaviy;
- qo'llaniladigan adabiyotlar;
- darsning olib borilishi;
- amaliy ishlar;
- yangi mavzuni o'tish (barcha faoliyatlarni o'z ichichga qamrab oladi);
- o'tilgan mavzuni mustahkamlash;
- uyga vazifa berish va o'quvchilar bilimini baholash.
Barcha sinflarda yil va chorak mavzulari mavjud bo'lib, 7-sinfning yil va chorak mavzulari quyidagicha:
Yil mavzusi: Xalq musiqasining maxalliy uslublari.
I-chorak: Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand vohalarining musiqiy uslublari bilan tanishuv.
II-chorak: Farqona, Toshkent hamda Xorazm vohalari musiqiy uslublari bilan taniShuv.
III-chorak: Maqom. Shashmaqom.
IV-chorak: Xorazm maqomlari, Farqona-Toshkent maqom yo'llari.



    1. 7-sinfda qo'shiq kuylash faoliyati

7-sinfda qo'shiq kuylash jarayonida o'tgan sinflardagi vokal-xor malakalari mustahkamlanadi va aralash xorda kuylashning boshlang'ich malakalari shakllanadi. Shuni e'tiborga olshi kerakki, boialarning ovoz apparati o'zgarishi natijasida ular o'zlarining «yangi ovoz»laridan uyalib, qo'shiqni kuylamasligi mumkin. bu paytda o'qituvchi ehtiyotkorlik bilan yondashib, kerakli chora-tadbirlarni qo'llashi kerak.


Bu davrda sinfdagi o'quvchilar ovozi uchga bo'linadi: 1) «do» birinchi oktavadan «mi» ikkinchi oktava diapazonidagi ovozlar; 2) «si» kichik oktavadan «re» ikkinchi oktavagacha bo'lgan ovozlar; 3) «mi» («re») kichik oktavadan «si» («do») kichik oktavagacha (mutasiya davrida bo'lgan ovozlar). Shu sababli o'qituvchi jamoa bo'lib kuylash jarayonida, ayniqsa mutant ovozii bolaiarning to'g'ri kuylayotganligini nazorat qilib turishi lozim.
Qo'shiq kuylash faoliyati uchun tavsiya qilingan dastur - janr va musiqiy obrazlarning xilma-xilligi tufayli o'quvchilarning badiiy didini rivojlantirishga katta ta'sir qiladi.
Ko'povozlilik - jamoa bo'lib kuylash faoliyatining asosiy omillaridan biridir. Ushbu usulda kuylash 7-sinf o'quvchilari uchun juda foydalidir. Chunki bu yoshdagi o'quvchilarning ovoz imkoniyatlari chegaralangan bo'lib, jamoa bo'lib kuylash jarayonida ular o'z ovozlarini ehtiyot qilish vaortiqcha zo'riqtirmay kuylash imkonini beradi. Ko'povozli asarlami kuylashdan awal, ko'p ovozlilik elementlari bo'lgan bir qator mashqlarni kuylash, avvalgi sinflarda o'tilgan osonroq bo'lgan ko'povozli kuylarni qaytarish yaxshi natijalar beradi.
Musiqa idroki jarayoni musiqa mazmunini eshita bilish va hissiy kechinmalari asosida o'zlashtirishdir.
Yuqorida aytilganidek, 7-sinf o'quvchilarida tinglash jarayonida ixtiyoriy diqqat ancha rivoj topgan bo'ladi. Buning natijasida o'quvchilar ancha katta hajmdagi asarlami uzoq muddat tinglay oladilar. Shuni hisobga olgan holda 7-sinfda mumtoz musiqiy merosimizga salmoqli o'rin ajratilgan bo'lib, o'quvchilar o'zbek maqomoti va maxalliy uslubiami o'zlashtiradilar. Ular dars jarayonida turii xil xalq va kasbiy ashula namuna (Mustahzod, Savti suvora, Mug'ulchai Dugoh Qashqarchasi va hokazo) lardan tinglaydilar.
Bu kabi namunalami tinglash o'quvchilarda o'zbek mumtoz musiqa merosiga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi, ularning estetik dunyoqarashini boyitadi. Bu sinfda o'quvchilarga uyga beriladigan vazifalar ham ahamiyatlidir. O'qituvchi o'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularga simfoniya, kantata, operalardan, maqomlardan, katta ashulalardan namunalar tinglashga berishi mumkmn. Uyda mustaqil ravishda tinglangan asarlar sinf dars jarayonida birgalikda tahlii qilinishi kerak hamda o'qituvchi o'quvchilaming xato va kamchiliklarini tuzatib borishi lozim. Bu o'qituvchiga o'quvchilami baholash va ularning bilim daiajalarini aniqlashga yordam beradi.
7-sinf musiqa darsiga qo'yilgantalablarga binoan o'quvchilar musiqiy asaming mazmuni, xarakteri, janr va shaklini, lad va tonligini aniqlay olishlari zarur. Mazkur sinf o'quvchilari musiqa savodi faoliyati orqali o'zlashtirgan materiallarini takrorlaydilar va mustahkamlaydilar.
Bunday tashqari yangi tushuncha va atamalar bilan ham tanishadilar (katta ashula, dugoh, segoh, tuzuk, ufar va hokazo). Har bir chorakdan so'ng yozilgan musiqa lug'ati bolalar uchun juda qulaydir. 7-sinfdagi muhim talablardan biri - o'quvchilaming notaga qarab nutqlay olishlaridir. Ular major va minor ladlarida bemalol solfejiolab kuylay olishlari kerak. Bu faoliyat uchun murakkab bo'imagan asarlar tavsiya qilinadi. 7-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi musiqa asarlarini tahlii qilishni o'rganadilar. Ular musiqiy asaming kaliti, tonligi, o'lchovi, ritmi, tempi, mazmuni, xarakteri va janri haqida ma'lumot bera olishlari kerak.


  1. Download 346,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish