O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI “Xalq cholg’ularida o’qitish uslubiyoti” fanidan
319-guruh Xalq cholgularida ijrochilik yo‘nalishi
talabasi Janiyeva Mahliyo
KURS ISHI Mavzu:Ijro mahoratini oshirishda gamma va mashqlarning ahamiyati .
ILMIY RAHBAR: Toshmatova A.
TOSHKENT-2021
Ijro mahoratini oshirishda gamma va mashqlarning ahamiyati Reja: Kirish Torli cholg’ularda
Kamonli cholg’ularda
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Xalqimiz musiqaga alohida mehr va e’tibor qaratganligi bu bizgacha yetib kelgan milliy kuylarimizning qay darajada mohirona yozilganligi va ularning har birining o’zini alohida atmosferasiga egaligidan dalolat. Ushbu an’anaviy musiqa ijodiyotimiz ancha yirik qatlamga ham ega. Ayniqsa cholgu ijrochiligi qatlamida ko’plab mohirona ijrochilikni ayniqsa doira, dutor hamda tanbur sozlaridagi milliy bezaklarning puxta va aniqligi ham tahsinga sazovordir.
Doira ijrosida azaldan qolib kelayotgan an’anaviy usullarning murakkab hamda qo’l harakatining aniqlikda bo’lishi ham kuylarda e’tibirga olingan. Qolaversa doiraning ustiga tortilgan teri qoplamaning qanchalik darajada tarangligiga qarab asarlar yaratilgan. Ya’ni shu asarlarni ijro qilish uchun aynan o’sha asar uchun cholg’uni to’g’irlash zarur.
Dutor ijrosida ham shunday bezaklar yoki qochirimlar borki, ularni shunchaki ijro etishning o’zi kamlik qiladi. Ular ijroni emas talqinni talab etadi. “Yurakka yaqini – dutor” degan xalqimizning bir yaxshi gapi bor, chunki uning mungli honishi yurakdan chiqayotgandek ko’rinadi shu sababli ham unga agar yurakni berib ijro qilinmasa, bezaklarni qanchalik darajada puxta ijro qilinsa ham baribir asar kutilgan natijalarni bermaydi.
Maqomlar ijrosida biz tanbur sozining qanchalik darajada imkoniyatlarga egaligini kuzatsak bo’ladi. Chunki undagi nim pardalarni eshitgan kishini tabiiy dunyodan umuman boshqa olamga olib ketgandek bo’ladi. Ayniqsa bugungi kundagi Yevropa andozasiga ya’ni yarim torli temperatsiyaga asoslangan tovushqatorlarga moslashgan qulog’imiz uchun bu noodatiylik o’zgacha bo’lib tuyuladi.
Bir so’z bilan aytish kerakli bizning milliy ijrochilik san’atimiz yetarli darajada rivojlangan, faqat uni hayotga tadbiq etgan holda yuzaga chiqarish kerak xolos.
Milliy ijrochilik an’analaridan tashqari bugungi musiqiy globallashuv kuzatilayotgan bir vaqtda o’zgacha ijrochilik an’analariga qiziqish ham ortib bormoqda. Aynan Yevropa asarlarining milliy cholg’ularimizda ijro qilinishi uchun cholg’ular ham qayta moderinizatsiyalashtirilgan. Bunda aynan A. I. Petrosiyansning o’rni ayniqsa sezilarli darajada. Milliy sozlarning bir-biri bilan yaxlitligini ta’minlash maqsadida XX asr o’rtalarida milliy cholg’ular umumiy temperatsiyaga olib kelish va buning natijasida jahon musiqasi ichiga kirib ularning musiqiy falsafiy qarashlari bilan tanishishga muyassar bo’ldik. Ammo bu borada bir qancha muammolar kelib chiqdi.
Milliy kuylarimizga e’tibor beradigan bo’lsak kuylarimizning ko’pchilik qismi kuchli texnik mahoratni ta’lab etmaydi. Jahon klassik musiqa durdonalaridan shunday musiqalarni o’rganish zarur bo’ldiki, u o’zgacha kuy bezaklari ham ba’zan kuchli texnik mahorat asosi ustiga qurilardi. Bunda milliy sozlarda ijro etish uchun barmoqlarni yaxshilab chiniqtirish zarurati paydo bo’ldi, va buning uchun yevropa cholg’ularida qo’llaniladigan mashqlarni milliy sozlarimizga ko’chirgan holda ijro mahoratini qayta yangilanishiga olib keldi. Aynan gamma, arpedjio, akkord va undan tashqari ritmik mashqlar, ritmik guruhli mashqlar orqali ijroviy texnika va mahorat yanada yuqori ko’lamga olib chiqildi. Hozir siz bilan aynan o’sha mashqlar va gammalarni milliy cholg’u sozlarimiz ijrochilik mahoratini qay darajada oshirishi haqida suhbatimizni davom ettiramiz.