K.V.GLYUKNING OPERA ISLOHOTI
2.1 Glyuk Xristof Villibald – avstriya kompozitori, musiqiy klassitsizmning
yirik vakili
K.V.Glyuk 1714-yil 2-iyulda Chexiya chegarasi yaqinidagi Erasbaxda, о‘rmon xodimi oilasida tug‘iladi. Dastlab musiqa tarbiyasini u Pragada oladi. Bu yerda cherkov xorida kuylaydi. О‘sha zamonda mashhur bо‘lgan, ajoyib polifoniya ustozi Boguslav Chernogorskiy rahbarligida general-bas bilan kontrapunktni о‘rganadi. Biroq, bu yillarda Glyuk kompozitorlik faoliyati bilan deyarli shug‘ullanmaydi. 1736 yili u Venaga kо‘chib keladi. Avstriya poytaxtining hayoti Glyuk ijodining shakllanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Bu yerda u Venada deyarli tanho hukmronlik qilib turgan italyan operasi bilan bevosita tо‘qnash keladi (aytganday Venada Metastazio yashar va ishlar edi) bu yerda u turli kо‘rinishlardagi Avstriya musiqa madaniyatini (turmushiga oid qо‘shiqlardan tortib, kompozitorlik ijodigacha) va uning kо‘p millatli xususiyatlarini ham yaxshi bilib oladi.
Glyukning Milanda (1637-1741) ishlashi uni italyan operasi bilan yanada
yaqinlashtiradi. Biroq, Glyuk kompozitorlik mahoratining yetilmaganligini sezib,
mashhur italyan kompozitori, nazariyotchisi, dirijyori va organchisi Djovanni
Battist Samartini rahbarligida bо‘lishini mukammallashtirishda davom etadi.
Glyuk о‘ziga zamondosh italyan operalarini tinglab, opera ijodini amalda
о‘zlashtirib olgan bо‘lsa, kamer va simfonik musiqasi, endigina vujudga
kelayotgan davrda, shu musiqaning ajoyib ustozi bо‘lmish Samartini bilan
birgalikda olib borgan mashg‘ulotlari unda cholg‘u tipidagi musiqa tafakkuri
vujudga kelishiga yordam beradi. Glyukning yyetuk operalarida cholg‘u negizi
(orkestr partiyasi) ning roli kuchayib qolganligi bejiz emas, opera uvertyuralari esa
XVIII asr ilk Vena klassik simfonizmining ajoyib namunalaridir.
1741 yili Glyuk Milanda Metastazio tekstiga о‘zining "Artakserks" nomli
birinchi operasini yozadi. Undan keyin Italining turli shaharlarida qо‘yilgan
boshqa operalari: “Demetriy”(1742) “Demofont”(1942), “Tigrana”(1973)
“Sofonisba”(1744) yaratilgan. Mazkur operalaridan ayrim nomerlargina bizgacha
yetib kelgan. Shartli tomonlari juda kо‘p bо‘lgan an’anaviy opera-seria asoratida
turgan bо‘lsa ham Glyuk mana shu ilk operalaridayoq, balki instinktiv tarzda opera
- serianing kamchiliklarini yо‘qotishga uringanligini ta’kidlash kerak. Kelgusidagi
opera islohotining belgilari turli operalarda va har xil darajada (lekin ayniqsa
“Gipermnestra”da) paydo bо‘lib boradi, rechitativlar dramatik ma’nodorligining
kuchayishi, uvertyuraning opera bilan birmuncha yaqinroq bog‘lanishi shular
jumlasidandir. Samartini bilan о‘tkazilgan mashg‘ulotlari yaxshi ta’sir kо‘rsatib
borganligi tufayli Glyuk uvertyuraga kо‘proq diqqat bilan qaray boshlaydi.
Vena va bir qancha Italiya shaharlaridan tashqari, Glyukning boshqa
mamlakatlarda ham bо‘lishi badiiy bilimlari doirasining kengayishi, mahoratining
takomillashib borishiga yordam berdi. 1746 yildan boshlab u Angliyada yashaydi
va Mingoti degan Italyan opera gruppasiga boshchilik qiladi. Londonda Glyuk
G.F.Gendelning opera va oratoriya ijodi bilan tanishadi, bu uning о‘z musiqali dramatik prinsiplarini ishlab chiqish uchun kattagina ahamitga ega bо‘ladi.
An’anaviy opera-seriaga qarshi turadigan xususiyatlar: operani tuzishda bir
qolipdagi sxema yо‘q qilinganligi, ariya va rechitativlarning dramatiklashtirilganligi, xorlarning ahamiti kuchaytirilganligi Gendelning eng
yaxshi operalariga xos edi.
Glyukning Mingotti opera gruppasiga boshchilik qilishi operalar hamda
dramatik serenadalarni yaratish va qо‘yish sohasidagi zо‘r faoliyati Londondan
keyin Germaniya, Avstriya, Daniya, Chexiya, Italiyaning turli shaharlarida davom
yetdi. U operalar yozibgina qolmay, balki xonandalar bilan birga ishladi, dirijyorlik
qildi. Glyuk Londonda “Artalina” va “Gigantlarning mahv bо‘lishi” (1746),
“Drezdenda Gerakl bilan Geba tо‘yi” (1747), “Pragada tanilgan Semiramida” (1748) va “Etsio” (1750), Neapolda “Temmak” (1750) va “Tit saxovati” (1752)
operalarini qо‘ydi. Glyuk hayotidagi darbadarlik Venada poyoniga yetdi. Venaga u
opera gruppasiga rahbarlik qilishda ijodiy va ommaviy tajriba bilan boyigan holda
qaytib keldi. Bu yerda u 1754 yilda о‘rnashib oldi va 1773 yilgacha yashadi.
Venada yashashining birinchi yillarida yozgan operalari (“Kechirilgan soddadillik”
(1755), “Chо‘pon qirol” (1756) mohiyat e’tibori bilan olganda, avvalgi operalardan
hali kam farq qilar edi. Glyukning mana shu davrdagi ijodiy faolitida fransuz
hajviy operasi sohasida Venadagi fransuz teatri uchun ishlashi ancha muhim
bо‘ldi. 1755 yili uning “Xitoy shahzodasi” va “Aleksandr” baletlari 1761 yili esa, ayniqsa muhim ahamiyatga ega bо‘lgan “Don – Juan” baleti qо‘yildi. 1787-yil 15-noyabrda Venada vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |