2.2 Glyukning opera janri namunalari va ularning musiqiy shakli Shu tariqa, Glyuk ijodiy faolitining ikkinchi davrini boshlab bergan opera
islohotiga kirishdi. Venada Glyukning opera islohoti sohasidagi faolitining
boshlanishi uning Avstriya poytaxtida yashagan italyan shoiri, dramaturgi va
librettochisi Raniyero da Kalsabidji (1714-1795) bilan hamkorlikda ishlashi bilan
nishonlandi. Kalsabidji bilan Metastazioning о‘zi opera librettochiligida ikkita har
xil yо‘nalishning vakillari bо‘ldi. U Metastazioning opera tekstlariga xos nazokatli
takabburlikka qarshi opera-serianing an’anaviy shartliklariga qarshi chiqdi va
oddiylik bilan tabiiylikka, insoniy ehtiroslarni haqqoniy ravishda gavdalantirib
berishga yetishmoq, bir qolipdagi qonun-qoidalarga emas, balki dramatik
voqeaning rivojlanib borishidan kelib chiqadigan yerkin kompozitsiyaga
yetishmoq uchun urindi. О‘z operalari uchun о‘sha zamonda umuman rasm
bо‘lgan antik syujetlarni tanlab olib, Kalsabidji ularni ilg‘or klassitsizmiga xos
bо‘lgan yuksak yetik ruhda talqin qildi, mana shu mavzularga yuksak an’anaviy
nafas va zо‘r grajdanlik hamda ahloqiy g‘oyalarni baxsh etdi. Xuddi shunday bitta
ilg‘or maqsadda niyatlarni kо‘zlash Kalsabidji bilan Glyukning bir-biriga
yaqinlashishiga olib keldi. Glyukning dastlabki islohot qilingan uchta operasi:
“Orfey”, “Alsesta”, “Paris va Yelena” Kalsabidji tekstiga yozilgan.
1767 yil 5 okyatbr esda qoladigan kun bо‘ldi: shu kuni Venada “Orfey”
operasining premyerasi bо‘lib о‘tdi. Besh yildan keyin 1767 yil 16 dekabrda
“Alsesta” qо‘yildi, bu operada Glyuk о‘sha zamonga kelib, unga uzil – kesil qaror
topgan prinsiplarini tag‘in ham izchilroq amalga oshirib boradi. Glyukning
Venadagi sо‘nggi operasi “Paris va Yelena” 1770 yilda qо‘yildi.
Xо‘sh, Glyuk opera dramaturgiyasining prinsiplari nimadan iborat edi?
Yestetikaning asosiy qoidalari qanaqa edi? Mana shu savollarga kompozitorning
о‘zi “Alsesta” operasi partiturasining bag‘ishlovida javob beradi. Glyuk mana
bunday deb yozadi: “Men “Alsesta”ni musiqaga solishni niyat qilganimda
xonandalarning tushunmasligi va kekkayishi tufayli juda hashamdor va ajoyib
tomosha bо‘lishi italyan operasini о‘ta zerikarli va kulgili narsaga aylantirib
qо‘ygan kompozitorlarning haddan tashqari xushomadgо‘yligi natijasida shu
operaga qadimdan kirib qolgan ortiqcha narsalardan voz kechishni о‘zimga
maqsad qilib qо‘ydim”. “Ortiqcha narsalar” deganda u musiqaning (haddan
tashqari) dramatik voqeaga aloqasi bо‘lmagan keraksiz bezaklarini va shu jumladan xonandalarning vokal texnikasinigina namoyish yetish uchun opera seriadagi virtuoz kuylashini tushunadi. Glyukning har qanday tashqi bezaklarga
qarshi kurashi prinsipial ahamiyatga molik edi: operada musiqa voqeadan ajralib
qolgan holda mavjud bо‘lmay, balki voqeaning dramatik mohiyatini ochib
bermog‘i kerak. “Musiqani men, - deb yozadi sо‘ng Glyuk, - uning asl vazifasi -
poeziyaga hamkorligi darajasiga kо‘tarmoqchi bо‘ldim, toki voqea uzilmasdan va
keraksiz bezaklar bilan bо‘shashib qolmasdan, his - tuyg‘ular ifodasi kuchadigan
va sahnada kо‘rinishlarga kо‘proq qiziqish uyg‘onadigan bо‘lsin deb... . Pirovard
natijasi, men sog‘lom aql va yaxshi did kо‘p zamonlardan beri qarshi chiqib
kelayotgan yaramas ortiqchaliklarning hammasini operadan chiqarib tashlamoqchi
bо‘ldim”. Musiqali dramaga jalb bо‘lib borgani holda, musiqa bilan dramatik
harakatning bir-biriga payvasta bо‘lib tarkib topishi Glyuk opera islohotining
asosiy sharti ana shunaqa. Shu shartni deb, u dramaga aloqasi bо‘lmasa, hatto eng
gо‘zal musiqa effektlaridan ham voz kechdi. Glyukning mana bu sо‘zlarini xuddi
shu ma’noda tushunmoq kerak. Yangi usul kо‘rinishining о‘zidan tabiiy ravishda
kelib chiqmaydigan va ta’sirchanlik bilan bog‘lanmagan bо‘lmasa, bunday
usulning kashf etilishini men ham qadrlamayman... Shunaqangi birorta ham qoida
yо‘qki, ta’sirchanlikni kuchaytirish yо‘lida men uni bajonudil qurbon qilmaydigan
bо‘lsam: Shu fikrlar nuqtai nazaridan qaraganda Glyukning mana bu mashhur
sо‘zlarining asl ma’nosini tushuntirish mumkin: “Opera yaratishga kirishimdan
avval men musiqachi ekanimni har qanday qilib bо‘lsa ham unutishga intilaman”.
Bu sо‘zlarning bahs uyg‘otadigan tomoni borligiga qaramasdan, Glyukning musiqa
dramatik harakatga bо‘ysunishi kerak, degan asosiy fikri bulardan rо‘y-rost
anglashiladi. Glyuk islohotchilik faoliyatining ana shu umumiy yо‘nalishidan opera spektakli ayrim elementlarning yangicha talqini kelib chiqadi. Ariya endi konsert nomer bо‘lmaydi, balki dramatik voqea rivojiga payvasta bо‘lib qо‘shilib ketadi va odatda, qolipga muvofiq tuzilmasdan, balki mazkur qatnashuvchi shaxsning ahvoli hamda his tuyg‘ulari, kesimlarining harakatiga mos kelib tuziladi. Shunday qilib muzikali nomerlar bilan rechitativlar orasidagi keskin tafovut yuqolib ketadi: ariya rechitativlar, xorlar о‘zlarining mustaqil funksilarini saqlab qolib, yaxlit monolit bо‘lgan katta dramatik sahnalarga birlashadi.
Mazmuni hamda obrazlarining xarakteriga kо‘ra Glyuk uvertyurasi operadagi
dramatik g‘oning simfonik umumlashmasidir. “Alsesta” ga yozilgan sо‘z boshida
Glyukning о‘zi bu tо‘g‘rida mana bunday deydi: “Men tomoshabinlarning kо‘z
о‘ngida namoyon bо‘ladigan voqea xarakteri tо‘g‘risida uvertyura gо‘yo
ogohlantirishi kerak, deb о‘yladim”. Glyuk operalarida baletdan ham voz kechmaydi. “Orfey”da ham, “Alsesta”da ham balet sahnalari borki, bular shu operalarning Parij tahrirlarida yanada kengaytiriladi.
Glyuk operalari librettosi asosidagi antik va о‘rta asr syujetlarini negiz qilib
olar edi. Biroq, operalar antikligining italyan operasi va ayniqsa fransuz lirik tragediyasida hukmron bо‘lib kelgan saroy maskaradi bilan hech bir aloqasi yо‘q
edi. Glyuk operalaridagi qatnashuvchi shaxslar antik mifologi qahramonlaridir.
Lekin kompozitor ularni bizning zamondagi kishilar qalb torlarini ham tebrata
oladigan zо‘r insoniy ehtiroslar va kechinmalarga ega qilib kо‘rsatadi.
Evridikadan judo bо‘lib, giryonlikda yosh tо‘kayotgan Orfeyga juda rahmimiz
keladi: Alsestaning kulfatini seviklisi Admetdan umrbod judo bо‘lishi zarurligini u
bilan birga boshdan kechiramiz: xalqni qutqarish yо‘lida о‘z - о‘zini qurbon
qilishga tayyor turgan Ifigeniyaning qahramonligini kо‘rib, hayron qolamiz.
Ammo, opera estetikasi shuni talab etardi: opera mazmunini qanchayin
fojiaviy bо‘lmasin, oxiri baxayr bо‘lib tugashi kerak edi. Glyuk operalarida xorlar katta о‘rinni egallaydi, bular goho rо‘y berib turgan voqealarni qahramonlar bilan birga boshdan kechirib borishsa, (qadimdagi yunon tragediyasidagi xor singari) goho voqeada aktiv ishtirok etadi, lekin hamisha ariyalar va rechitativlar bilan birga operaning dramatik tо‘qimasiga payvasta bо‘lib qо‘shilib ketadi. Rechitativlar, ariyalar va xorlar hammasi jam bо‘lib, kattakon monumental opera kompozitsiyasini hosil qiladi
Glyukning islohotchilik faoliyati badiiy madaniyatning yirik markazlari Vena
va Parijda о‘tadi. Shunday qilib, Glyuk ijodini uch davrga islohotdan oldingi davr,
Venadagi islohot davri, Parijdagi islohot davri, Birinchi islohotdan oldingi davr
(1741) yil yangi Artakserks nomli dastlabki operasining yaratilganidan Don-Juan
baleti (1761) va Orfey (1762) operasining yaratilishi 20 yil davom etdi. Glyuk
kо‘pgina markaziy shaharlarda yashab ijod etdi. Italiya, Fransiya va Avstriya
sahnalarida qо‘yilgan yetakchi kompozitorlarning asarlarini kо‘rib, sahna asarlari
texnologiyasini puxta о‘zlashtirib oldi. Opera islohoti g‘oyalari mana shu ijodiy
tajribaning mahsuli bо‘ldi. Glyukning opera islohotlariga qarshi bо‘lgan kompozitorlar ham bor edi. Bu borada Glyukchilar va Pichchinistlarning bahsi, tarixda "Glyukchilar va Pichchinistlar bahsi" deb nom olgan tanqidiy kurashni misol keltirish mumkin. Glyukning opera islohoti tamoyillari
Glyuk operalarida uvertyura asardagi asosiy dramatik g‘oyani gavdalantiradi.
“Orfey”da uvertyura g‘oyaviy va obrazli munosabatda opera bilan bog‘lanmagan.
“Alsesta” va “Ifigeniya Avlidada” operalarida uvertyuralar opera dramatik
g‘oyasining simfonik umumlashmasini mujassamlashtiradi. Glyuk uvertyuralariga
mustaqil yakun bermaydi va shu tariqa uvertyuraning opera bilan bevosita
bog‘liqligini ta’kidlagan holda, ularni darhol birinchi kо‘rinishga olib о‘tadi.
Glyuk operalarida balet opera voqealari bilan bog‘lanmagan yasama
divertisment holatida kiritilmaydi. U dramatik voqealar rivojiga asoslanadi va
opera dramaturgiyasi bilan uyg‘unlikda namoyish yetiladi. Misol tariqasida
“Orfey”ning ikkinchi kо‘rinishidagi raqs va “Alsesta”dagi Admet sog‘ayishiga
bag‘ishlangan balet sahnalarini keltirish mumkin. Glyuk operalari librettosi uchun antik va О‘rta asr syujetlari asos bо‘lib xizmat qilgan. Glyuk operalarida antiklik italyancha seria operasi va fransuz lirik tragediyasida ustunlik qilgan saroy maskaradlariga о‘xshamasdi. Glyuk saroy aristokratik operasiga xos bо‘lgan antik syujetlardan voz kechib, о‘z operasiga insoniylik motivlarini kiritadi: er-xotinning bir-biriga vafodorligi va yaqin kishisi uchun о‘zini bag‘ishlashga tayyorlik (“Orfey”, “Alsesta”), о‘z xalqini unga tahdid solayotgan ofatlardan qutqarish uchun о‘zini qurbon qilishga qahramonona intilish (“Ifigeniya Avlidada”) va hokazo. Antik syujetlarning bunday talqini fransuz burjua inqilobi arafasida Glyuk operalari jamiyatning ilg‘or vakillari, shuningdek, uni kо‘kka kо‘targan qomuschilar huzuridagi muvaf-faqiyatini ta’minladi. Glyuk opera dramaturgiyasining cheklanishi xuddi о‘sha antik syujetlar bilan belgilanadi. Glyukning opera qahramonlari bir qancha umumiy xarakterga ega.
Ular individual xarakterli tirik shaxslar emas, balki ma’lum tuyg‘u va hissiyotlar
umumlashmalarini о‘zlarida namoyon qilishadi. Glyuk о‘z operalarida XVIII asr opera san’atining an’anaviy shartli shakllari va qoidalaridan voz kecha olmadi. Shu tarzda u mashhur afsonaviy mavzuga qaramay, о‘z operalarini baxtli yechim bilan yakunlardi. “Orfey”da Glyuk va librettochi Kalsabidji Amurni о‘lik Yevridikani tiriltirishga majbur qiladi, vaholanki, afsonada Orfey Yevridikani bir umrga yо‘qotadi. “Alsesta”da yer osti saltanati kuchlari bilan jangga kirgan Geraklning kutilmaganda paydo bо‘lishi er-xotinlarni abadiy ayriliqdan xalos qiladi. Bularning barchasi XVIII asr opera estetikasining talablari bilan bog‘liq. Operaning mazmuni qanchalik fojeaviy bо‘lmasin, baribir u ez-gulik bilan yakun topishi kerak edi. Yuqorida qayd etilgan opera islohotlaridagi zamon ruhi tufayli yuzaga kelgan cheklanish kompozitor ijodining tarixiy va badiiy ahamiyatini hech ham kamsitmaydi. Glyuk tinglovchiga ta’sir eta oluvchi mahobatli, qahramonona opera san’atini yarata oldi.
Glyuk musiqasi umuman olganda, har doim uning spektakllaridagi
ulug‘vorlik xarakteri bilan bir butunlikni tashkil qiladi. Musiqa sodda va yaxlit
bо‘yoqlarda yozilgan. Har bir ariya bir tuyg‘u va bir hissiyotni gavdalantiradi. Islohotchilik operalarida Glyukning badiiy meyor hissi va ifodadagi oliyjanobligi
о‘zgarmagan.
Glyuk rechitativlaridagi dramatik ifodaviylik opera san’ati so-hasida katta
yutuq bо‘ldi, ularda tuyg‘ular dinamikasi yorqin ifodasini topgan. Ariya va
rechitativlar bilan bir qatorda, operaning dramatik mazmuniga uzviy ravishda xor
ham qо‘shiladi, ular ariyalar va rechitativlar majmuida mahobatli opera
kompozitsiyasini tashkil qiladi.
• Glyuk operasi musiqiy dramaturgiyasining asosiy maqsadi musiqaning
organik sintezi va dramatik ta’siridan iborat edi.
• Glyuk musiqasi qahramonlarning his-tuyg‘ularini ochish vositasidir va
shuning uchun u dramaga bо‘ysundirilishi, barcha dramatik о‘zgarishlarga hushyor
javob berishi kerak, deb hisoblardi.