Kurs ishining maqsadi: XVIII аsr Yevropа sаn’аtigа yoyilgаn mа’rifаt g’oyalаri yetakchisi Glyuk musiqiy asarlari va uning opera islohatini yoritib berish.
Kurs ishining obyekti: Nemis kompazitori, opera islohatchisi Kristof Villibald Glyukning “Orfey va Evridika” operasi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, Asosiy qism 2 bob, 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, ilova.
1-BOB. OPERA MUSIQANING ENG BOY VA MURAKKAB JANRI
1.1 Operaning vujudga kelish tarixi
Opera-san’atning alohida turi sifatida XV-asr oxirlarida Italiyaning Florensiya guberniyasida yuzaga keldi. P’erining «Dafna» (1598-yil) va «Evridika» (1600 yil) operalari ushbu sa’nat to’rining ilk namunalari hisoblanadi. Opera san’ati kelib chiqishiga musiqali dramalar asos bo`ldi. Opera san’ati o`zining dramatik tuzilganligi jihatidan musiqali dramaga juda yaqin turadi. Ularning o`xshashlik tomonlari shundaki, avvalo har ikki janr ham dramatik bo`lib, saxnada dramatik voqea tasvirlanadi, ijobiy va salbiy qaxramonlar dramatik jarayonning rivojlanishi va yechimini tasvirlaydilar. Har ikkala janrda ham qaxramonlar ariyalari, arizolari, ariyettalari orkestr jo`rligida kuylanadi. Harikkala janrda ham xor ommaviy saxnalar harakatini ifodalaydi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, musiqali dramma janrida orkestr kirish qismi va ariyalardagina va xor ijrosiga jo`r bo`lsa, opera janrida bu jarayon asarning boshdan to oxirigacha davom etadi. Opera san’ati musiqa ijodiyotining dramatik syujetlariga yo`g’rilgan eng mukammal va eng yuqori cho’qqisidir.
Opera-lotincha «orecha»- mehnat maxsuli bo`lgan asar demakdir. U san’atning musiqiy dramatik janri hisoblanadi. Opera qorishma (Sintetik) janr bo`lib, o`zida san’atning bir necha turlarini mujassam etadi, ya’ni, drammaturgiya, Musiqa, tasviriy san’at, raqs san’ati va qo`shiqchilik san’ati shakllari yaxlit saxnaviy jarayonda uzviy bog’lanadi. Lekin musiqa san’ati ular orasida yetakchi o`rin egallaydi. Operaning adabiy asosi bo`lgan «liberatto»dagi voqealar musiqiy drammaturgiya vositalari bilan, avvalo vokal musiqa shakllari bilan gavdalantiriladi. Opera qaxramonlarining hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kovatiga kabi tugal musiqa lavhalarida o`z ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini o`zaro bog’lab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Тurli vokal ansambillarida (duet, trio, kvartet, kvintet va boshqalar) asar qaxramonlarining o`zaro munosabatlari, drammatik voqealar o`z aksini topadi. Opera san’atida xor ro`y berayotgan voqea va hodisalarning izohlovchi vazifasini bajaradi, asosiysi u, operadagi ommaviy saxna ko`rinishlari va umuman xalq hayoti lavxalarini gavdalantiradi. Shuningdek opera san’atida orkestr musiqasi ham katta o`rin egallaydi. U opera syujetidan voqea va hodisalarni tasvirlashda asosiy vosita bo`lib, u opera ijrosi davomida vokal musiqasiga jo`r bo`ladi, uni to`ldiradi va boyitadi. Mustaqil cholg’u qismlarida vaziyatning mazmunini ochib beradi. har bir akt, har bir saxnaning ruhiy
xolatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilganligi uning g’oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab an’analariga hamda kompozitorlarning ijodiy tafakkuriga bog’liq bo`ladi.
Opera musiqa janri sifatida ikkita buyuk va qadimiy san'at - teatr va musiqaning birlashuvidan kelib chiqqan. "... Opera - bu musiqa va teatr o'rtasidagi o'zaro sevgidan tug'ilgan san'at", deb yozadi bizning davrimizning taniqli opera rejissyorlaridan biri B.A. Pokrovskiy. - Bu musiqa bilan ifodalangan teatrga o'xshaydi. Musiqa teatrda qadim zamonlardan beri ishlatilgan bo'lsa-da, opera mustaqil janr sifatida 16-17-asrlar oxirida paydo bo'lgan. Janrning o'zi - opera - 1605 -yillarda paydo bo'lgan. Opera sahnalashtirish qiyin bo’lgan ijro san'atining elita turi hisoblanadi. Ushbu ta'rifla bilan aytish mumkinki, eng qadimgi janrlardan biri bo’lgan operani hozirgi kunda yangi talqinda sahnalashtirish biroz murakkabroq. Janrning tarixi haqida to’talib o’tamiz.
Birinchi opera ijrosi Florensiyada 1598da bo'lib o'tgan va ko’rinishidan, italyan aristokratiyasi uchun yopiq namoyishga o'xshardi. Ushbu ijro san’ati muvaffaqiyatli bo’lgan va ushbu tadbirga chiptalar qimmat bo’lishiga qaramay hamma uni sotib olar edi. Bugungi kunda biz bilgan teatrning shakli opera tufayli yuzaga kelgan deb hisoblashadi. Ilgari, aktyorlar amfiteatrlarda ijro etishgan, ammo yaxshi akustika uchun qavatli tizimi zarur edi. Shunday qilib, hozirgi biz bilgan, tomoshabinlar uchun qavatli tizim paydo bo’lgan, bu asosan o'tgan 500 yil ichida o'zgargan. Teatrning markaziy lojasi ya’ni tomosha qilish joyi, eng yaxshi ko'rinadigan va eng yaxshi akustikaga ega bo'lgan. Ushbu joy monarx oilasiga tegishli bo’lgan, undan keyingi joy esa zodagonlarga, markazdan uzoqlashgan sari esa quyi tabaqalarga tegishli bo’lgan. Yigirmanchi asrning boshlariga qadar opera Yevropaning asosiy madaniy va ommaviy tomosha joyi bo’lgan. Shuningdek opera teatrlari ijtimoiy funktsiyani ham bajargan. Masalan, opera sahnalarida quyi tabaqali aholining zodagonlar bitimlaridan norozichiligi aks etgan baland ovozli sahnalari ham aks etgan. Bu sahnalarni ijrochilar bor ovozlarida ijro etishgan. Tan olish kerakki vaqt o’tishi bilan soddalashtirilgan operetta, kinolarning paydo bo’lishidan opera ma’lum miqdorda mashhurligini yo’qotdi. Lekin opera musiqa san’atida elita janr hisoblanadi.
Operalar ilgari asosan, ertak ("Turandot" Puccini), qadimiy afsonalar (Straussning"Love Danai") va kamdan-kam hollarda tarixiy hikoyalar orqali sahnalashtirilgan. Opera realizmdan, kundalik hayot tarzidan farq qilgan. Shu sababli, opera pastanovkasi murakkab hisoblangan, sahna bo’rttirib, hayoliy haqiqatlar, ideallik va real hayotdan farq qilgan holda chizilgan, bezatilgan.
XVII asrga qadar uzoq davom etgan dunyoviy va cherkov musiqasi bilan chegaralanish jarayoni yakunlanib, opera vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi. Opera — bu teatr, she'riyat, raqs va musiqani birlashtiruvchi sintetik janr. Uning badiiy ta'sir vositalari chegarasiz va shuning uchun ham u musiqa sohasida yetakchi o'rinni egallaydi. Opera ta'siri XVII va XVIII asrlar musiqa san'atining ko'plab sohalariga o'z ta'sirini ko’rsatdi. Opera tufayli cholg'u musiqasining yangi janrlari vujudga keldi: uvertura, orkestr, balet suitasi va boshqalar. Oratoriya va kontata kabi cherkov musiqasi
janrlariga operaning kompozitsiya tamoyillari, vokal uslublari xususiyatlari kirib keldi . Operaning katta sahna uchun, keng auditoriya bilan muloqot qilish uchun mo'ljallanganligida uning alohida ijtimoiy ahamiyati namoyon bo'ladi. Operaning vatani Italiya bo'lib, opera paydo bo'lishidan avval, musiqa
ijrochiligining rivojlangan dunyoviy shakllari, musiqiy teatr pastoral janrning tarqalishi, qo'shiq janriga bo'lgan qiziqishning ortishi bilan tavsiflanuvchi XVI asr musiqiy hayoti hukm surgan. Opera san'atining dastlabki o'chog'i Florensiya hisoblanadi. Shoirlar, musiqachilar va san'at ixlosmandlarini birlashtirgan to'garakda (kamerata) Mazkur san'at turi tamoyillari ishlab chiqilgan va asosiy qoidalari shakllantirilgan. Florensiya operasining asoschilari shoir Ottavio Rinuchchini(Torkvato Tassoning o'quvchisi), musiqachilar Yakopo Peri va Julio qachchinilar bo’lgan. Rinuchchini matni va Peri musiqasi bilan yozilgan birinchi Florensiya operasi — «Dafna» 1594-yil Korsi uyida namoyish etilgan. Ikkinchi Florensiya operasi Ottavio Rinuchchini va Yakopo Penning Orfey haqidagi antik afsonasi asosida yaratilgan «Evredika» operasi hisoblanadi. Mazkur
Operaning yaratilishi fransuz qiroli Genrix IV ning Mariya Medichi bilan 1600-yilda bo'lib o'tgan nikoh marosimiga bag'ishlangan. Xuddi shu sujet asosida 1600-yilda Julio Kachchinining «Evredika» operasi yozilgan. Italiya operasining yana bir markazi Rim edi. Rimda opera teatri Rim Papasi Urbanom VIII ning yaqin qarindoshlari bo'lgan Barberinilar oilasi tomonidan bunyod etilgan,
shuning uchun Rim katolik vatanida opera klerikal tavsifga ega bo'lgan. Rim operalari sujetida xristianlik dini g'oyalari targ'ib etilar, katolik cherkov arboblari ulug'lanardi. «Muqaddas Aleksey» operasini yaratgan Stefano Landining ijodi o'z davrida juda mashhur edi. Ushbu opera xristian itoatgo'yligi va diyonatliligini madh etardi. Rim maktabining eng yaxshi asarlaridan bid Loretto Vittorioning(1588—1670) «Galateya»
operasi hisoblanadi.
ХХ asrga kelib Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq musiqasiga xususan O`rta Osiyo musiqa madaniyatiga qiziqish kuchaya borgan. Buni biz Italiyada A. Skorloti (1706 yil) A. Sapiyensa va uning o`g’li (1828 yil). Germaniyada G.Gendel (1724 yil) va G. Тelman (1729 yil)lar O`rta Osiyolik buyuk sarkarda Amir Тemurni o`z operalarida gavdalantirganlar. Mazkur qiziqish ХIХ-ХХ asarlarda yanada kuchayib, bevosita o`zbek musiqa madaniyati bilan bog’liq asarlar Angliya, Armaniston, Belorusiya va Rossiya kabi mamlakatlarda yaratilgan opera san’atida o`z aksini topdi.
ХIХ asrga kelib Yevropada romantik opera janri rivojlandi. Buni biz K.M. Veber, V. Belmin, G. Donitsetti va boshqalarning ijodida ko`ramiz. Bu davrda yangi milliy opera maktablari yuzaga keldi. Buni esa biz Rossiyada M. Glinka, A.Dargominskiy, Polshada Manyushka, Chexiyada B. Smetana. Vengriyada F. Erkal, Ukrainada S. GulagArtemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar ijodida ko`rishimiz mumkin. ХХ —asrda esa opera san’atining yangi xillari, ya’ni opera-orotoriya, Operaqantata. Kamer operalar, qushiq operalar. Rakoperalar vujudga keldi. Bunga A.Onneger, K. Orf, F. Pulek, K. Veyl, E.L.Uebber kabi kompozitorlar asarlarini misol qilib ko`rsatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |