XULOSA………………………………………………………………..…......…29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...……..….30
ILOVALAR…………………………………………………………………...….31
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mustaqillik yillaridan boshlab yurtimizda san’atning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ezgu ishlar yoshlar ma’naviyatini asrab-avaylash, ularni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda. O’zbekistonda musiqa san’atini rivojlantirish borasida ham ko’p islohatlar o’tkazilib borilmoqda.
Xususan, Mamlakatimizda opera va balet san’atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san’atini keng targ‘ib etish, uning jahon san’at olamida tutgan o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq ko’p rejalar belgilandi. Yurtimizda teatr san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida yangi san’at maskanlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda, mavjudlari zamon talablari darajasida ta’mirlanmoqda. Ayni paytda sohadagi yangi ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, san’atkorlar mehnatini e’zozlash, teatr sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash – doimiy e’tiborda. San’atni bor jozibasi bilan his qiladigan nozik didli tomoshabinlar huzurida konsert qo‘yish, spektakllar namoyish etish juda zavqli.
Keyingi yillarda mamlakatimizda san’at va madaniyat, xususan, klassik opera va balet san’atiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek operachilari jahonning qator nufuzli tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish barobarida, o‘zlarining yuksak san’atlari va mahoratlarini namoyish etib, e’tirofga sazovor bo‘lib kelishmoqda. Bugungi kunga kelib yurtimizda xalqaro opera san’ati festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu esa milliy opera san’atini rivojlantirish yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan san’at muxlislarini kengroq tanishtirish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ijodiy muloqotni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishida musiqa san‘atining beqiyos ahamiyatini, uning ilohiyligini, ruhiyat bilan bog‘liqligini o‘tmish allomalari doimo ta‘kidlab kelganlar. Musiqa yosh avlodning ma‘naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur, vatanparvarlik, nafosat va ijodkorlik tarbiyasini amalga oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni o‘stirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |