Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


FRANSUZ KAТТA OPERA SAN’AТI



Download 2,15 Mb.
bet7/12
Sana02.02.2022
Hajmi2,15 Mb.
#425464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Jondorova Zarnigor

FRANSUZ KAТТA OPERA SAN’AТI. Fransiyada opera san’atining asoschisi Jan Batist lblli (1632-1687 y.) bo`lib, u P.Kornelya va J.Rasinlarning trogediyalari asosida o`zining ilk «Lirik trogediya» operasini yaratdi. U o`zining operasida musiqaning dramatik jarayonga naqadar mos tushishiga voqealar rivojini tasvirlash uchun orkestr va aktyorlar ijrochiligidan tashqari
xor va raqs san’atidan ham unumli foydalanish yo`llarini izlab topdi. Bizga ma’lumki Fransiyada 1830-yilda burjua revolyutsiyasi sodir bo`ldi. Revolyutsiyadan oldin yozilgan dramatik asarlar, jumladan opera san’ati ham ko`pincha jiddiy tavsifga ega bo`lar edi. Ba’zida esa ular ichida kamedik operalar ham uchrab turar edi. Revolyutsiya arafasida Fransiyaga Yevropaning turli mamlakatlaridan Shopen, Glinka, List, Vagner, Glyuk, Korelli, Vivaldi, Pagonini kabi taniqli kompozitor va musiqachilar to`planishgan edi. Ular Fransiyaniig Parij, Leon kabi yirik shaharlarida tez-tez konsertlar berar edilar.
Ular orasida vertuoz musiqachilar juda ko`p edi. Shulardan fortepiano ijrochiligida
Listdan, skripka ijrochiligida esa Pagoninidan o`tadigani bo`lmadi. Fransiya teatrlari sahnalarida Fransuz va italyan operalari, jumladan Joakkino
Rossiya (1 792-1 848), Vinchenso Bellini (1801-1835). Gaetano Donistti (1797-1848) larning fransuz, kompozitorlari Gektor Berlioz va boshqa ko`plab
kompozitorlarning opera, operatta, simfoniya, oratoriya kabi murakkab musiqiy janrlaridagi asarlari qo`yildi. 1848-yil Italiyada sodir bo`lgan milliy ozodlik revolyutsiyasi ham butun Yevropa bo`ylab aks sado berdi. O`sha davrlarda yashab ijod etgan barcha kompozitor va shoirlar ijodida buning aks etganligini ko`rish, qo`yilgan barcha saxna asarlarida ham milliy
ozodlik ruhi buy ko’rsatganligini ko`rish mumkin. ХIХ asr 30-40 yillarida Fransiya opera san’atida yangi yo`nalishlar bo’y ko`rsata boshladi. Bular Fransuz romantik operasi «grand opera» teatri sahnasida qo`yilgan Sharl
Gunoning «Faust», Jorj Bizeniig «Karmen» operalari. A. Adanniig «Jizel»baleti. Bundan tashqari o`sha davrda Fransiya operalari vatani ham hisoblanar edi. J.Offenbaxning «Go`zal Yelena», «Parij hayoti» kabi opperatalar ushbu san’atning eng yuqori darajasida yaratigan namunalardan edi. Хullas, Fransiya o`sha davrlarda kopmpozitor va ijrochi musiqachilarning tayanadigan va bellashadigan kurash maydoniga aylanib qolgan va eng yaxshi va eng a’lo
asarlar tanlanadigan joyga aylanib qolgan edi.
Rossiya davlat akademik katta teatri —opera va balet sanʼati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776 yil Moskvada tashkil topgan. 1806 yildan davlat teatri, 1919 yildan "akademik teatr". Katta teatr tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi sanʼatida milliy anʼanalarning qaror topishi bilan uzviy bog’liq. Dastlab ilk rus operalari (V. Pashkevich va boshqalar) hamda Fapbiy Yevropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qoʻyilgan. Katta teatr rivoji va vokal-sahna sanʼati badiiy-realistik omillarining shakllanishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargomijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlarning operalari tarixiy bosqich boʻldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Plisetskaya, Ye. Maksimova, V. Vasilyev, M. Liyepa kabi balet ijrochilarining sanʼati Katta teatrga katta shuhrat keltirgan. Opera xonandalik sanʼatiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, Ye. Obrazsova, V. Atlantov, Sotkilava va boshqalar katta hissa qoʻshgan.
Katta teatr ijodiy hayotining ayrim bosqichlari oʻzbek opera va balet sanʼati rivoji bilan bogʻliq. Jumladan, 20-yillardayoq, A. Nejdanova, L. Sobinov, A. Pirogov singari mashhur yakkaxonlar Toshkentda gastrolda boʻlgan. Keyinchalik A. Baturin, P. Lisitsian, A. Krivchenya va boshqa xonandalar, R. Struchova, M. Plisetskaya, N. Pavlova, M.Liyepa kabi solistlari Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida bosh rollarda chiqishgan. 1968 y. Katta teatr ijodkorlari Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bundan tashqari M. Plisetskaya, N. Rijenko, V. Smirnov-Golovanov va rassom V. Levental Toshkentda R. Shchedrinning "Anna Karenina" va Yu. Papko U. Musayevning "Afsonalar vodiysi" (1977) baletlarini sahnalashtirishgan. Katta teatr sahnasida 1926 y.da M. Qoriyoqubov boshchiligidagi Oʻzbek konsert-etnografik ansambli konsertlar bergan, Navoiy nomidagi opera va balet teatri bir necha bor (1937, 1950, 1959, 1964, 1973, 1981, 1983, 1986 y.lari) oʻz repertuaridagi spektakllarni namoyish etgan. Katta teatr truppasi U. Musayevning "Hind dostoni" baletini sahnalashtirgan (1981).
katta teatr binosi 1821—24 yillarda (meʼmor O. Bove, V. Mixaylov loyihasi boʻyicha) qurilgan, 1853 yilda unga oʻt tushib, 1856 yilda qayta tiklangan (meʼmor A. Kavos); besh yarusli tomosha zali 2150 oʻrinli, akustik jihatdan niqoyatda sifatli, 1961 yildan katta teatr spektakllari parallel ravishda Kreml sʼyezdlar saroyida ham qoʻyilmoqda.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish