Joriy tahlil
Joriy (retrospektiv) tahlil doimo qo‘llaniladigan tahlil turi bo‘lib,
korxonalarning o‘tgan hisobot davri faoliyatini batafsil o‘rganishga qa-
ratiladi. Demak, u hisobot yili yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Rejaning bajarilish holatini batafsil tadqiq etish tahlildagi asosiy va
markaziy jihat sanaladi. Bunda korxonaning faoliyatini tashkil etgan
barcha bosqichlar hamda obyektlar keng ko‘lamda o‘rganiladi. Ularga
quyidgilar kiradi:
– marketing, ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya bosqichlari va
ularning o‘zaro uzviy hamda uyg‘unligi holatiga;
– bozorda korxona mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif holati, kor-
xona mahsulotlarining raqobatdoshligi qanday o‘rganilganligiga;
– uzoq muddatli (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar) va joriy ak-
tivlardan (tovar-moddiy zaxiralar) foydalanish darajasiga;
– mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga;
– ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxi holatiga;
– mahsulotlarni sotish natijalariga;
– xarajat, hajm va foydaning o‘zaro aloqadorligi natijalariga;
– moliyaviy natijalar va rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi;
– moliyaviy holat, barqarorlik va salohiyat ko‘rsatkichlariga baho
beriladi.
Istiqbolli tahlil
Istiqbolli tahlil kelajakni mo‘ljallab o‘tkaziladigan tahlil hisoblanadi va u korxonaning kelgusi bir-ikki va hokazo uzoq yillarga mo‘ljallangan ish faoliyatini qanday tashkil etishni belgilash maqsadida amalga oshiriladi. Istiqbolli tahlil joriy tahlilning natijalari va ma’lumotlariga asoslanib, korxonaning kelgusidagi faoliyatini bashoratlash va mo‘ljallash vazifasini bajarishga qaratilgan. Bunga sabab globallashuv jarayonining kuchayishi, iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuvi, modernizatsiyalash tadbirlarining eng muhim masala bo‘lib yuzaga chiqishi ishlab chiqarish subyektlarini iqtisodiy raqobatchilik muhitida yuqori foyda olish maqsadida rivojlanishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlilning xo‘jalik subyektlarini samarali boshqarishdagi rolini yanada oshirishni taqozo qiladi.
Ushbu sharoitda zamonaviy iqtisodiy tahlil vazifalari takomillashib
asosiy e’tibor boshqaruv hamda investitsiya qarorlarini asoslash, istiq-
bolli kapital qo‘yilmalar yo‘nalishlarini aniqlash va ularning maqsadga
muvofiqligini baholashga o‘tishga qaratiladi. Ayni paytda, iqtisodiy tahlil vositalari pul mablag‘larining nominal qiymati, noaniqlik va risk, inflyatsiya ta’siri kabi omillarni baholash imkonini beruvchi yangi usullar hisobiga takomillashmoqda.
Ishlab chiqarish xo‘jalik subyektlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni
tashkil etish qo‘yilgan maqsadni optimal darajada amalga oshirish, tah-
lilning alohida turi sifatida uning boshqa turlari o‘rtasidagi o‘zaro alo-
qadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |