Kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirishning iqtisodiyotimizda tutgan o‘rni
Iqtisodiyotning globallashuvi va integrallashuvi sharoitida sanoat tarmoqlarining iqtisodiy va strategik xavfsizligi va milliy iqtisodiyotning tezkor kapitallashuvini ta’minlay olishini; ijtimoiy tanglikni bartaraf eta olishini hamda aholining kam ta’minlangan qatlamlari turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi mumkinligini ham inobatga olish lozim. Bunda mamlakatlar sanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining iste’mol tovarlari xalqaro va ichki bozordagi savdolarini yanada rivojlantirishga; xususiy sektor va davlat hamkorligini ta’minlashga; tarmoq rivojlanishining tarmoqlangan, birinchi navbatda klaster formatidagi, infratuzilmasini shakllantirishni ta’minlashga xizmat qiluvchi maxsus dasturlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Ortiqcha ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash ,ishsizlik masalasini hal etish
—mamlakatimizdagi eng dolzarb va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri —kichik va o‘rta korxonalarning sonini ko‘paytirish,xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab -quvvatlashdan iborat. Bundan tashkari ,mamlakatimiz axolisining katta qismi – deyarli 60%i qishloq joylarda yashaydi. Bugungi kunda aynan qishloq joylarda odamlarni ish bilan band kilish,daromad manbalari bilan ta’minlash ,ayniqsa ,keskin muammolar
bo‘lib turibdi. Bu muammo er va birinchi galda,suv resurslarining chaklanganligi bilan bog‘liq.
Tabiiyki,bu masalani qishloq xo‘jaligi o‘z holicha hal qila olmaydi. Buning ustiga, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish ishchi kuchlarini kamaytirib borishni taqazo etadi.Bu esa o‘z navbatida qishloq ahalisini ish bilan ta’minlash borasida yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Mazkur muammolarni hal qilishda qishloq joylarda ,birinchi galda, tadbirkorlik,kichik va o‘rta biznesning jadal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlari va kafolatlarini yaratish orqali yangi ish joylarini tashqil etish kerak .
Kichik va o‘rta biznes faoli yati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq bo‘lmagan holda ,ya’ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini joriy etishlari ,hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va xattoki ,bu tankislikni butunlay yo‘qotishlari mumkin.Hozirgi jamiyatimizda kichik va o‘rta korxonalar faoliyatining ayrim kishilarning ehtiyojlarini ,ularning aniq didini qondirish sari yunaltirish zarur.
Bugungi kunga kelib , kichik va o‘rta korxonalar mamlavkatimiz xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida ,ayniqsa,xalq iste’moli maxsulotlarini ishlab chiqarishda samarali faoliyat ko‘rsatmokdalar.
Kichik va o‘rta korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqargan mahsulotdan sifat jixatidan qolishmasligi va xatto , ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘langan.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari hsoblanadi:
- mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda
10 nafargacha, savdo, xizmat ko‘rsatish, hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band bo‘lgan xodimga ega bo‘lgan mikrofirmalar;
mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rtacha 50 nafarcha, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 25 nafargacha, ilm - fan, ilmiy xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohasida 10 nafargacha, chakana savdoda 5 nafargacha ish bilan band bo‘lgan xodimlardan iborat kichik korxonalar;
mulk shaklidan qat’iy nazar kichik korxonalar uchun yiliga belgilanganidan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda
30 nafardan, chakana savdoda, xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohasida 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega bo‘lgan o‘rta korxonalar.
Yirik kompaniyalarga nisbatan kichik va o‘rta biznes faoliyati bilan shuhullanuvchi korxonalar bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki kichik va o‘rta korxonalar o‘z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam turkumli ilm – fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar, hamda bozor asoslarini tez o‘zlashtirib oladilar.
Respublikamizda tadbirkorlik, uning kichik va o‘rta biznes shaklini rivojlantirishning ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yo’qsak samaradorlikni ta’minlab bo‘lmaydi;
ikkinchidan, u kichik va o‘rta biznes bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirid olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
uchinchidan, iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga qodir bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalariva texnologiyalardan foydalanish, sarflangan samoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi;
to‘rtinchidan, u shunday tadbirkorlik muhitini yaratadiki, ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy manfaatdorligi asosida qurilgan birorta ham bozor iqtisodiyoti sub’ektlari ularsiz rivojlana olmaydi.
Kichik va o‘rta biznesning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, almashtirish imkoniyatlari va boshqalar) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishi imkoniyatlarini yaratadi:
izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o‘zlashtirish, ularni talabning tez o‘zgarib turishi xatarini xisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish;
ishlab chiqarishnimoslashuvchan tarzda tashqil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib borish;
ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish;
boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va loyixa quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o‘zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik (yirik korxonalaga qaraganda);
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liqroq va samaraliroq foydalanish.
Ma’lumki, respublikamizda mehnatga layoqatli aholining 56,3 % i qishloqlarda yashaydi. Bu qishloqda kichik biznesning rivoji uchun katta imkoniyatlar borligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo‘nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik va o‘rta biznes shakllarini rivojlantirish bilan bag‘liq urli boshqaruv pog‘onalarida tashqiliy - iqtisodiy masalalarni hal etish ustivor masalalar qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va uning malakasini oshirish;
hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhiti yaratish;
kichik va o‘rta biznesni moliyaviy jihatdan qo‘llab - quvvatlash;
kichik va o‘rta biznesni texnologik jihizlar bilan ta’minlashni qo‘llab - quvvatlash;
islohatlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalariorqali keng ommaga etkazish.
Kichik va o‘rta biznes faoliyatining rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha shu sohadagi cheklov kichik va o‘rta biznes rivojidagi aksariyat muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun islohatlarning hzirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |