Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti mavzu: Soliqlar va ularning vazifalari Guruh: 13-21 Tayyorladi



Download 0,97 Mb.
bet3/25
Sana13.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#661141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Kurs ishi - Umarov A

Soliq va to‘lovlar tushunchasi. Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, shuningdek, Soliq kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo‘lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek, agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi.
Soliq kodeksida belgilangan to‘lovlari quyidagilar:
– soliqlar;
– boshqa yig‘imlar.
Soliqlar – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar – Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliqlarning elementlari:
– soliq solish obyekti;
– soliq bazasi;
– soliq stavkasi;
– soliq davri;
– soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
– soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
– soliq to‘lash tartibi.
Soliq solish obyekti molk-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq to‘lovlari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
– Daromad keltiruvchi mehnat yoki faoliyatning ma’lum bir
qismidan majburiy undirilishi;
– Moddiy boyliklarning qaytarilmaslik sharti bilan olinishi;
– Moddiy boyliklarni o‘zaro almashinish o‘rtasida aniq farqlarning mavjud emasligi.
Soliqlar davlatning amal qilish uchun zaruriy unsur hisoblanadi, shuning uchun soliqlarni to‘lashning majburiyligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli (11-bob, 51-modda, 25-bob 123-modda).
Soliqlarning belgilanishi va to‘lanishi mulkning ixtiyoriy ravishda tortib olinishini anglatmaydi, balki uning ma’lum bir qismi qonunga muvofiq huquqiy majburiyat sifatida to‘lov tarzida undiriladi.
To‘lovlarning xususiyatlari quyidagilar:
– Muayyan sharoit vujudga kelganda pul to‘lovlarini amalga
oshirishning majburiyligi;
– To‘lovlar shaxsiy va qaytarib to‘lash xususiyatiga ega;
– Majburiy to‘lovlar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan turli xizmatlarga to‘lanadigan to‘lov(xizmat haqi)dan farq qiladi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish