Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti mavzu: Soliqlar va ularning vazifalari Guruh: 13-21 Tayyorladi


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i



Download 0,97 Mb.
bet12/25
Sana13.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#661141
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Kurs ishi - Umarov A

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i. Soliq kodeksining 52-bob 364-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi.
Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biron-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi, soliq subyektlari nuqtai nazardan 3ta asosiy turkumga ajratiladi:
1. Jismoniy shaxslarni(rezident) soliqqa tortish tizimi;
2. Yakka tadbirkorlik faoliyatini shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarni soliqqa tortish tizimi;
3. Norezident jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar asosan bevosita soliqlardir. Shuningdek, renta xususiyatiga ega bo‘lgan soliqlarning ham ayrim turlarini to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar olgan daromadlari, mulklaridan va iste’molda soliq to‘laydilar. Ular tomonidan to‘langan soliqlarning davlat byud-jetini shakllantirishdagi ulushi yuqoridir. Ayniqsa, jismoniy shaxslar daromadlaridan to‘lanaldigan soliqning davlat byudjetidagi ulushi yuqoridir. Shuningdek, jismoniy shaxslardan undirilgan soliqlar mahalliy byudjetlarning daromadlarida sezilarli ulushga egadir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar: Umumdavlat soliqlari:
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyati bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliq.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar:
1. Mol-mulk solig‘i;
2. Yer solig‘i;
3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer
solig‘i va transport vositalariga yoqilg‘i ishlatganlik uchun undirila-digan soliqlarni keying mavzularimizda batafsil ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olin-gan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar. Daromad solig‘ining obyekti soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (bundan
keyin ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston
Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daro-mad solig‘i so‘mmalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan so‘mmalarning miqdori jismoniy shaxs-larning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘-yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i so‘mmasidan oshmasligi lozim.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan:
Quyidagilar jami daromadga kiradi:
– mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
– mulkiy daromadlar;
– moddiy naf tarzidagi daromadlar;
– boshqa daromadlar.
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbe-kiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga quyida-gilar kiradi:
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha pul mukofoti;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida
nazarda tutilgan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va
maoshlarga ustamalar;
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda Soliq kodeks
377-moddasining 10-bandida ko‘rsatilmagan moddiy yordam;
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov;
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la
beriladigan mukofotlar.
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismo-
niy shaxslarning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi.
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan
quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
Soliq kodeksning 372-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish
xususiyatiga ega to‘lovlar;
Soliq kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya
to‘lovlari (kompensatsiya);
Soliq kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt
uchun haq to‘lash;
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa
to‘lovlar.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga
quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat
bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardi-yasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan soliq to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli
boshqaruvchidan olingan daromad;
8) Soliq kodeksning 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda
aniqlanadigan REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
9) Soliq kodeksning 327-329-moddalarida nazarda tutilgan
tartibda aniqlanadigan, qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo‘yicha daromad;
10) Soliq kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
11) Soliq kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
12) ushbu moddaning 1-11-bandlarida ko‘rsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
Soliqqa tortish maqsadlari uchun bazaviy miqdorning miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan tegishli davr uchun bazaviy miqdorning oylik miqdorlari so‘mmasi). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar uchun qat’iy soliq so‘mmasini belgilash yo‘li bilan alohida soliqqa tortish tartibini belgilashga haqli.
– Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to‘lash manbaida chegirmalarsiz, quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
– dividend va foizlar - 10 foiz;
– O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida
xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) - 6 foiz;
– Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar - 20 foiz;
– To‘lov manbaida soliqqa tortish, to‘lov O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki undan tashqarida amalga oshirilganidan qat’i nazar qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga 10 foizlik stavka bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.
Bunda soliqqa tortish maqsadida dividendlarga aksiyalar bo‘yi-cha hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav sarmoyasida ulushbay ishtirokidan keladigan daromadlar kiradi. Foizlarga depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar kiradi.
O‘ta zararli, o‘ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan xodimlarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Noqulay tabiy-iqlim sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarga (ish stajiga ustamalar, baland tog‘lik, dasht va suvsiz tumanlardagi ishlar uchun belgilangan koeffitsiyentlar bo‘yicha to‘lovlarga) eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chi-qarishda dividendlar va foizlar bo‘yicha daromadlar, shuningdek, ayrim qo‘shimcha to‘lovlar jami daromad tarkibidan hisobdan chiqariladi.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq so‘mmasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan
bog‘liq jarima va penyalarni byudjetga to‘lashi shart. Yo‘riqno-maning 36-bandida ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart:
– ish haqini to‘lash chog‘ida jismoniy shaxsga uning talabiga ko‘ra unga daromadi summasi va turi, ushlab qolingan soliq so‘m-masi, shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varag‘iga o‘tkazilgan summa haqida ma’lumotnomani berish;
– jismoniy shaxsning ro‘yxat raqami yoki pasport ma’lumotlari, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy so‘mmasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani moliya yili tugaganidan so‘ng 30 kun ichida soliq organlariga taqdim etish;
yilning har choragida, hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasidan kechikmay, yuridik shaxs soliq to‘lash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq organlariga yollanib ishlovchilarga ish haqi va boshqa daromadlar ko‘rinishida hisoblangan va haqiqatda to‘langan so‘mmalar to‘g‘risida, shuningdek, ushbu daromadlarga solinadagan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish.
Yuridik shaxs soliq to‘lash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq organlariga yollanib ishlovchilarga ish haqi va boshqa daromadlar ko‘rinishida hisoblangan va haqiqatda to‘langan summalar to‘g‘risida, shuningdek, ushbu daromadlarga solinadagan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:
mikrofirmalar va kichik korxonalarga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan - hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmasdan;
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisobot chora-gidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan taqdim qilish.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish