Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi:
a) korxonaning bir tarkibiy birliklari tomonidan ushbu korxona boshqa tarkibiy birliklarining sanoat-ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotilgan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlarga doir aylanmalar (ichki ishlab chiqarish aylanmasi). Ushbu bandda korxonaning tarkibiy birliklari deganda bank muassasasida hisob-kitob varag‘ga ega bo‘lmagan, shuningdek, asosiy korxona balansida turadigan tarkibiy birliklar tushuniladi.
b) xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, boshqa turdagi korxonalar tugatilganida ular mol-mulkining a’zolari, muassislari o‘rtasida taqsim-lanishi bo‘yicha aylanmalar. Mabodo tugatilgan korxona mol-mulki boshqa shaxslarga sotiladigan bo‘lsa, bu qoida unga tegishli bo‘lmaydi;
d) korxonalar o‘rtasida bo‘lish balansi bo‘yicha va (yoki) ushbu korxonalarning mulkdori bo‘lgan yuqori tashkilotning buyrug‘iga ko‘ra bir tizimning ichida bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisob varaqlarda hisobga olinadigan) qiymati;
e) asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisob varaqlarda hisobga olinadigan) va nomoddiy aktivlarni korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berish bo‘yicha aylanmalar.
QQSdan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ni QQS bilan sotib oladilar.
Bunda sotib olingan moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ga doir QQS ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi. Savdo, ta’minot-sotish va tayyorlash korxonalari QQSni xarid qilingan tovar qiymatiga kiritadilar.
Shunga o‘xshash sotib olingan moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha QQS so‘mmalarini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga, savdo, ta’minot-sotish va tayyorlash korxonalari bo‘yicha xarid qilingan qiymatga kiritish tartibi amaldagi soliqqa tortishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Agar korxona QQSdan ozod qilingan faoliyat turi bilan bir qatorda bunday soliqqa tortiladigan faoliyatni ham amalga oshiradigan bo‘lsa, unda u faoliyatning bunday turlari bo‘yicha xarajatlar va natijalarning alohida hisobini yuritishi kerak.
Agar korxona yetkazib berilishi QQSga tortiladigan va bunday soliqqa tortilmaydigan bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan bo‘lsa, unda bunday holda xarajatlarning ajratib ko‘rsatilishi soliq solinadigan aylanmaning jami aylanma summasidagi salmog‘iga qarab amalga oshiriladi.
QQS tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismining byudjetga ajratilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |