Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

 
17 -MA’RUZA 
Ipak mato assortimentlari va ularni qaynatish 
Reja:
1.
 
Tabiiy ipk assortimentlari. 
2.
 
Tabiiy ipakni bo„yash va gul bosishga tayyorlash. 
Tabiiy ipak assortimentlari.
Tabiiy ipak matolari quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 
- tabiiy ipakli matolar (tabiiy ipak bobinasi va buramali tabiiy ipakdan, xom 
ipakdan) 
- tabiiy ipakni boshqa tolalar bilan aralashmasidan tayyorlangan mato (asosi- 
tabiiy ipakdan yoki tabiiy ipakni boshqa tola bilan aralashmasi, tanda boshqa 
tolalardan) 


195 
Tabiiy ipak assortimentlari: krepli, silliq, jakkard, tukli, maxsus maqsadlar 
uchun, texnik maqsadlar uchun, donabay maxsulotlar. 
Bu ko„rsatilaganlardan tashqari Respublikamizda milliy tabiiy ipakli va 
aralash xolatdagi abr (lug‟aviy ma‟nosi“bulutni bog‟ladim”, bog‟langan asos iplar 
to‟plami) matolari xamda iplar ishlab chiqariladi. Abr matosi - “Xon-atlas”ni 
o„ziga xosligi - bu ularni qaynatish jarayonini motok (kalava) ko„rinishda, bo„yash 
jarayonini esa libit (asos iplar to‟plami, assortiment guliga mos holda) ko„rinishida 
olib borilishidadir. Krep matolarni qaynatish qattiq sharoitda va bo„sh xolatda uzoq 
vaqt davom etadi, va bu krep effektini beradi. Tabiiy ipakli matolarni pardozlash 
kimyoviy texnologiyasida birinchi operatsiya bu matoni qaynatish, ya‟ni uni 
seritsindan ozod qilishdir. 
Xom ipak, yigirilgan ipak va ulardan tayyorlangan mato yumshoq va 
yaltiroq tusli bo„lmaydi. Bu tolaning yuzasida seritsinni borligi bilan bog„liqdir. 
Mato to„qish jarayonida ipak asos iplar odatda oxorlanmaydi. Lekin xom ipak 
yigirishdan oldin tarkibida o„simlik (paxta, olivka yog„lari), jonivor (ilik yog„i) va 
mineral (vazelin, vazelin yog„i) yog„lar bo„lgan eritmada ivitiladi. Yigirish 
jarayonida turli-tuman iplardan foydalaniladi, ularni ajratish uchun tolalar kislotali 
bo„yovchi moddalar bilan och ranglarga bo„yaladi. Ko„rsatib o„tilgan barcha 
moddalar mato tarkibidan pardozlashga tayyorlash jarayonlarida chiqarib 
yuboriladi. 
Pardozlash korxonasiga keltirilgan mato bo„laklari nazoratdan (eni, uzunligi, 
yuzasidagi ko„rinadigan nuqsonlar, yuza zichligi) o„tkazilib, tegishli pardozlash 
jarayonlaridan o„tishiga qarab partiyalar hosil qilinadi. Alohida partilar xar birining 
uzunligi 80-85 metrdan bo„lgan 8-10 ta bo„lakdan tashkil topadi. Uning miqdori 
ishlov beriladigan jihoz hajmiga mos ravishda tashkil etiladi. Tarkibi ipak bobina 
ipidan tayyorlangan matolar, shuningdek boshqa tolalar bilan aralashmasili 
(bobina) yarimipak matolar ikki yoki bir taraflama tuk kuydirish jarayonidan 
o„tkaziladi.


196 
Tabiiy ipakni bo‘yash va gul bosishga tayyorlash
. Tabiiy ipakli maxsulotlarni 
bo„yash va gul bosishga tayyorlashdan asosiy maqsad undan elim (seritsin), tabiiy 
va burama berish jarayonida suritilgan yog„larni, mumsimon moddalar, pigmentlar 
va meneral moddalarni chiqarishdan iboratdir. Bu jarayon qaynatish yoki 
elimsizlantirish deyiladi
va u suvli muhitda olib boriladi. Ishlatiladigan suvning 
qattiqligiga alohida e‟tibor qaratiladi. Qattiq yumshatilmagan suvda - kimyoviy 
moddalar (tabiiy ipakni pardozlashga tayyorlash eritmasidagi) ning ko„pgina qismi 
reaksiya zonasidan chiqadi, seritsinni toladan chiqishi qiyinlashadi (kimyoviy 
moddalarni etishmaganligi, hamda uning makromolekulasida «choklanish» 
vujudga kelganligi sababli). Suvning qattiqlik tuzlari bilan hosil bo„lgan 
erimaydigan sovun va bo„yovchi modda mato yuzasiga cho„kadi va bir qator 
nuqsonlar hosil qiladi. Ipak yigirish va to„quvchilikdan pardozlash korxonasiga 
kelayotgan xom to„qimachilik ipi va matosidagi sersin turli miqdorda bo„ladi, 
ya‟ni 22% dan 33% gacha. Qaynatilgan tabiiy ipakni to„qimachilik texnologik 
xossalari ularda qolgan sersin miqdoriga bog„liqligi aniqlangan. Tabiiy ipakdagi 
sersin miqdori 4-6% bo„lganda, quydagilarga erishiladi: ip chuvishda minimum 
uzilish, ishqalanishga maksimum chidamliylik va sindirishga bo„lgan chidamliylik.
Agar tabiiy ipakdan sersin to„liq chiqarib yuborilsa, tabiiy ipakdagi fibroin 
sterjenlari fibirillanadi (tolaga ajraladi) va bu qayta ishlash jarayonini 
yomonlashtiradi. SHunday qilib, tabiiy ipakni shunday sharoitda qaynatish kerak-
ki, bunda ipning fizik-mexanikaviy xossasi maksisum saqlanib qolinishiga, qoldiq 
sersin miqdorining optimal bo„lishiga va tolaning sarbsion xossasini 
yaxshilanishiga 
erishish 
lozim. 
Qaynatish 
jarayoning 
samaradorligi 
elimsizlantiruvchi agentning tabiati va konsentratsiyasiga, harorat va pH-muhitga 
bog„liq. Seritsin pH 4-7bo„lgan muhitda toladan eritmaga deyarli o„tmaydi. Tabiiy 
ipak mhsulotlarini pardozlash eritmalarini tayyorlashda shuni xam inobatga olish 
kerakki pH 4,2 bo„lgan muhit fibroinning izoelektrik nuqtasi hisoblanadi.
Seritsinni tabiiy ipakdan chiqarilishini eng yaxshi sharoiti deb harorat qaynash 
haroratiga yaqin bo„lganda va pH-10,5 dagi muxit qabul qilingan. Ko„pincha 
quyidagi elimsizlantiruvchi moddalar qo„llaniladi: 


197 
1.
Oleinsovuni-7,5-15 + g/lsoda 
2.
Ishqoriy bufer aralashmalar-Na
2
CO

(10g/l)+NaHSO

(4ml/l 38%-li) 
3. Soda- Na
2
CO
3
-5-10 g/l 
4. Sintetik SAM lar-2-3 g/l + soda 1-3,5 g/l 
5. Fermentlar-2-6 g/l 
Tabiiy ipakni pardozlashga tayyorlashdan asosiy maqsad uni tarkibidagi 
elimsimon modda - seritsindan tozalashdir. Tabiiy ipakni elimsizlantirish seritsinni 
suvda, ishqorda va kislotalarda erishiga asoslangan. Odatda elimsizlantirish 
qaynash haroratiga yaqin bo„lgan haroratda olib boriladi, shuning uchun bu jarayon 
qaynatish deb xam yuritiladi.
Qaynatish pH=9,5-10,5 muxitda olib boriladi. Qaynatish jarayoni ikki 
bosqichga bo„linadi:
1.
Qaynatish 1 soat 92
0
C haroratda 40% li sovun (14 g/l) va soda (0,5 g/l) 
eritmasida olib boriladi. Bu jarayonda tabiiy ipakni seritsindan ozod bo„lishi 
bilan bir qatorda mato yuzasiga qaynatish eritmasidagi turli iflosliklar ham 
sorblanadi.
2.
Qayta qaynatish. Bu jarayon 7-8 g/l sovun va 0,4 g/l soda tutgan yangi 
qaynatish eritmasida 20-30 minut davomida olib boriladi. £ayta qaynatilgan 
tabiiy ipak oldin ammiak eritmasida, so„ng suv bilan yuviladi. 
3.
Qaynatilgan tabiiy ipakni oqligini oshirish uchun H
2
O
2
eritmasida quyidagi 
tarkib bilan oqartiriladi: H
2
O
2
- 20 - 25 g/l, 

- 2 - 4 soat, T - 70 - 75
0
C, pH=8 - 8,4. 
Oqartirilgan yoki bo„yalgan mato 30%-li sirka kislotasining 2-5 g/l li 
eritmasida 15-30 minut davomida tiriltiriladi (harorat - 25-35
0
C).
Ko„rsatilgan usulda tabiiy ipakni qaynatish uchun ko„p miqdorda sovun 
sarflanadi, bu iqtisodiy jixatdan o„zini oqlamasligi bilan bir qatorda 
qaynatishjarayonining unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun tabiiy ipakni 
qaynatishning yangi usullarini yaratish ustida ko„plab ishlar qilingan. 
1. Ishqorlarning bufer eritmalarida qaynatish. Tabiiy ipakni qaynatish 15-30 
min 90-93
0
C haroratda 36 % li natriy bisulfit (4 g/l), soda (8 g/l), 40 % li natriy 
metilsulfat, SAM (2 g/l) eritmasida olib boriladi. 


198 
2. Soda eritmasida qaynatish. Tabiiy ipak texnik sodaning 3-3,5 g/l li 
eritmasida 90-95
0
C haroratda 20-30 min davomida qaynatiladi, so„ng sovunning 3-
5 g/l li eritmasida yoki boshqa SAM ning eritmasida yana qaynatiladi. 
3. Fermentlar yordamida tabiiy ipakni bo„yash va gul bosishga tayyorlash. 1 
soat davomida 70
0
C haroratda tabiiy ipakga quyidagi tarkibli eritmada ishlov 
beriladi: 0,8 g/l papain (o„simlik asosidagi ferment), 0,8 g/l natriy giposulfit, 0,4 
g/l natriy fosfat. So„ng 5 g/l sovunli eritmada (70-75
0
C) 30-60 min davomida tabiiy 
ipakga ishlov beriladi va suv bilan yuviladi.
Xozirga kunda sovunli sodali usuldanelimsizlantirish jarayonida keng 
foydalaniladi. Jarayon quyidagicha olib boriladi: 
23-jadval 
Tabiiy ipakli va boshqa tolalar bilan aralashmali matolarni qaynatish texnologik 
rejimi: 
Jarayonlar 
Harorat, 
0

Davomiylik, 
min 
Vanna tarkibi, g/dm

Qaynatish 
94-97 
60-90 
Sovun (40%) -15/7,5 
Soda -3/1,5 
Qayta qaynatish 
94-97 
30 
Sovun (40%)-7,5 
Soda-1,0 
Yuvish 
60-70 
20 
Natriy gidrosulfit-0,5 
NH
2
OH(25%)-2 ml/l 
Oqartirish 
75-80 
20 
H
2
O

(30%)-2 ml/l 
Silikat Na-1,5 
Yuvish 
60-70 
40 
Kalgon-1 
Tiriltirish 
(etiltirish) 
20-30 
15 
CH
3
COOH (30%)-5 ml/l 
Sovun yuvish emulgirlash va dispergirlash vazifalarini bajaradi, bufer eritma 
hosil qiladi (pH-10,2-10,5 da). Ipakni qaynatish chog„ida 1,0-1,5% sovun tabiiy 
ipakka yutiladi, natijada tabiiy ipak yumshoq, ko„rkam va nozik bo„lib qoladi. 
Lekin sovun suv qattiqligiga juda sezgir, bu matoda turli nuqsonlar (sovunli 


199 
dog„lar, oq izlar, yog„li dog„lar) hosil qiladi. Ishqoriy bufer eritmalar va soda 
yuzaviy faollikka ega emas, shuning uchun tabiiy ipak bu eritmalarda 
qaynatilganda, ya‟ni 20-30 min davomida to„liq elimsizlanganda mumsimon, yog„ 
va tabiiy bo„yovchi moddalardan to„liq tozalanmaydi.
«Kimyoviy texnologiya» kafedrasida tabiiy ipakni qaynatishda SAM va 
fermentlarni qo„llash ustida izchil izlanishlar olib borilgan. Sintetik SAM yuqori 
darajada emulgirlash va yuvish xossasiga ega va sovunlarga nisbatan suvning 
qattiqlik tuzlariga bir qadar chidamli. Tekshirishlar natijasida anionaktiv va 
kationaktiv SAM lardan tabiiy ipakni qaynatish uchun stearoks-6 eng maqbuli 
hisoblanadi. qaynatishda stearoks-6 dan foydalanish tabiiy ipakni fizik-mexanik 
xossalarini yaxshi saqlanishini va ip chuvish xamda boshqa mexanik jarayonlarni 
olib borishda iplarni uzilishini minimumgacha kamaytirishni ta‟minlaydi. 
SAM larning kimyoviy tabiati seritsinni toladan ajralib chiqishi, ip yuzasida 
SAM ni chegara qavatidagi strukturasi, o„zidagi molekula va ionlar jamligi 
xususiyatini ta‟minlaydi. Sersinni chiqib ketgan joylarida SAM ni hosil 
bo„layotgan yuzaviy qatlami, fibronni gidrolitik parchalanishdan saqlaydi va 
sersinni kerakli miqdorda saqlanib qolishiga olib keladi. 
Sintetik PAV eritmalarida sersinni toladan chiqishi jarayonni boshlang„ich 
bosqichida tezlik bilan boradi (10-15 min ichida), bu jarayon tolada sersin to 6-8% 
miqdorda qolgunicha davom etadi. Seritsinni shu qolgan miqdorini toladan chiqish 
tezligi kamayadi. Toladagi seritsin miqdori 4-6% bo„lganda, u eng maqbul 
hisoblanadi. 
SAM ni tolaga o„ziga xos sorblanishi, shuningdek tabiiy ipakni hajm va 
yuzaviy xossalarini o„zgarishi keyingi bo„yash jarayon tezligiga va rang sifatiga 
ta‟sir etadi. 
Qaynatishning fermentli, ya‟ni protosubtillin G3X bilan qaynatish usulini 
qo„llash orqali tabiiy ipakni fizik-mexanik xossasini saqlanishiga va sorbsion 
harakteristikasini oshirishga erishishi mumkin. Bu preparat bilan elimsizlantirish 
yumshoq sharoitda olib boriladi: harorat 55
0
C, pH=7, modul=20:1, davomiylik 3 
soat. 


200 
SAM eritmalari va protosubtillin G3X larda qaynatilgan tabiiy ipakning 
ba‟zi xossalarini tekshirishshuni ko„rsatdiki, bunda ferment bilan qaynatilgan 
tabiiy ipak sifatiy ko„rsatkichlar bo„yicha, an‟anaviy sovunli sodali usulda 
qaynatilgan tabiiy ipakdan farq qiladi. Abr matolarni asos va arqoq iplari 
motok(kalava) ko„rinishda quyidagicha qaynatiladi: 
Jarayon 
Kimyoviy 
moddalar 
Kons.siya, 
g/l 
Tartib 
T,
0

Davomiylik, 
min 
100 ta matokni 
solish 
Yumshatilgan suv 

25 
10 
Qaynatish 
Steoroks-6 
Kalsiysizlantirilgan 
soda 
2,0 
1,0 
96-98 
15 
Yuvish 
Yumshatilgan suv 

Suvsizlantirish 
65 
10 
Tiriltirish 
CH
3
COOH 
6 mm/l 
25 
10 
Quritish 


25 
20 
Xon-atlas matosi tanda ipini bir bosqichli usulda qaynatish 
Jarayon 
Kimyoviy 
moddalar 
Konsentra- 
siya, g/l 
Tartib 
T,
0

Davomiy- 
lik, min 
Qaynatish 
Steoroks-6 
Soda 
Aktiv bo„yovchi 
modda 
Osh tuzi 

0,9 
1,5 
5,0 
96-98 
18 
Yuvish 
Issiq suv 

80 
10 
Suvsizlantirish 

65 
10 
Tiriltirish 
CH
3
COOH 
6 mm/l 
25 
10 
Quritish 


25 
20 


201 
Krepli matolarni MKP-1 jihozida Steoroks-6 eritmasida qaynatishning 
texnologik ketma-ketligi taklif etilgan va amalda qo„llanilgan. 
Krep matolarni qaynatish texnologik ketma-ketligi 
Jarayonlar 
Kimyoviy 
moddalar 
Konsen-
tratsiya, 
g/l 
Harorat, 
0

Davomiy- 
lik, min 
Qaynatish 
Na
2
CO
3
3,5 
qaynatish 
30 
Qayta qaynatish 
Steorks-6 
Na
2
CO
3
1,6 
0,5 
qaynatish 
90 
Yuvish 
Na
2
CO

Kalgon 
0,2 
0,5 
70 
25 
Yuvish 
Na
2
CO

NH
4
OH (25%) 
0,2 
0,5 
40-50 
20 
Yuvish 
Kalgon 
CH
3
COOH (30%) 
0,8 
5 ml/l 
20 
15 
Qaynatishdan 
so„ng 
qaynatish 
sifati 
aniqlanadi, 
ya‟ni 
seritsinni 
chiqarilganligi tekshiriladi. Bunda fibroin va seritsinni ba‟zi bo„yovchi moddalar 
ta‟siriga turlicha xarakterda bo„lganliklariga asoslanadi. Sifatiy aniqlash uchun 
1:1 nisbatdagi porsion rubin HVHS va bevosita diazo to„q yashil 2J larni
umumiy konsentratsiyasi 1 g/l ga teng bo„lgan eritmasining 500:1 modulli 
vannasida 50
0
S haroratda 5 min davomida ishlov beriladi. Yuvishdan so„ng 
qaynatilgan tabiiy ipakni butunlay bo„yalmaganligini ko„rish mumkin. Sersinni 
miqdoriy aniqlash uchun tabiiy ipakga 5 min davomida porsion rubin HVHS ni 1 
g/l li eritmasida 50
0
C haroratda 500 modulda ishlov beriladi va yuviladi, 
quritilgandan so„ng aniq tortilgan namuna va oq tabiiy ipak 50 ml H
2
SO
4
da 
(d=1,84) eritiladi va optik zichligi o„lchanib, seritsin miqdori hisoblanadi. 
Nazorat savollari: 
1.
Tabiiy ipak matolari qanday guruhlarga ajatiladi? 
2.
Yelimsizlantirish jarayoni haqida ma‟lumot bering. 


202 
3.
Tabiiy ipakni bo‟yash va gul bosishga tayyorlashda qanday jarayonlar 
amalga oshiriladi?
4.
Seritsinni tabiiy ipakdan chiqarish qanday sharoitda olib boriladi? 
5.
Qaynatish sifati qay tarzda aniqlanadi? 
6.
Tabiiy ipakning qaynatishning qanday yangi usullarini bilasiz? 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish