Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

Zig‘ir tolali matolarni pardozlashga tayyorlash texnologiyasi
. Zig„ir 
tolalarning tuzilishi va kimyoviy tarkibini o„ziga xosligi, ularni pardozlashga 
tayyorlash jarayonlarini olib borishning alohida texnologiyalarini yaratishni taqazo 
etadi. Ip gazlamalar deyarli doimo xom bobinadan to„qiladi, so„ngra pardozlash 
jarayonidan o„tadi. Zig„ir tolali matolarni ishlab chiqarishda aksariyat hollarda 
kimyoviy ishlov berilgan bobinadan foydalaniladi. Bunga sabab zig„ir tolali 
mahsulotlar pardozlash jarayonlarida o„z massasini 15-25 % gacha yo„qotadi, 
natijada ip ingichkalashib, mato zichligi kamayib ketadi. Bobinaning oqlik darajasi 
qanchalik yuqori bo„lsa, undan tayyorlangan matoni oqartirish jarayoni shunchalik 
osonroq kechadi. Oq holatda ishlab chiqariladigan mato assortimentlari asosan 
yarim oqartirilgan bobinadan tayyorlanadi (yarim oqartirilgan bobina shartli 


135 
ravishda 1/4 oqartirilgan, 1/2 oqartirilgan, 3/4 oqartirilgan va 4/4 oqartirilgan deb 
belgilanadi. Oq mato ishlab chiqarishda bobina yoki lenta yarim oqartirilgan 
holatgacha oqartiriladi.
Bobinani 
oqartirish

Ishqoriy-gipoxloritli-peroksidli 
oqartirish 
usuli 
bo„yicha jihozning bir aylanish davrida yarim oqartirilgan bobinani uzlukli usul 
bo„yicha olish mumkin. Zig„ir tolali materiallarni pardozlashga tayyorlash 
quyidagi texnologiya bo„yicha amalga oshiriladi, ishlov berish vannasi moduli 
20:1: 
1. Quyidagi tarkibli vannada 95-98

C haroratda 2 soat davomida bobinaga 
ishlov beriladi.: 
- o„yuvchi ishqor
2,3 
- kalsiysizlantirilgan soda
12,2 
- natriy silikat (1,44)
1,0 
- SAM 0,3 
- natriy bisulfit (1,34)
0,5 
2. 65

C haroratgacha qizdirilgan suvda (20 daqiqadan 2 marta) va sovuq suvda 
5 marotaba yuvish.
3. Boshqa apparatda 20-25

C haroratda 45 daqiqa davomida gipoxlorit bilan 
oqartirish.
4. Ikki marotaba sovuq suvda yuvish 
5. Keyingi apparatda 30 daqiqa davomida kislota bilan ishlov berish. Sulfat 
kislotasi konsentratsiyasi 1-2 g/l. Vanna moduli 20. Kislota eritmasi harorati 25

C.
6.
Bir marotaba sovuq suvda yuvish 
7.
Quyidagi tarkibli eritmada 80

C haroratda ishlov berish (xlorsizlantirish), 
(g/l): 
- Vodorod peroksid
0,1 
- Soda 
1,5 
- Natriy silikat
1,0 
8. Bir marotaba issiq suv bilan va bir marotaba sovuq suv bilan yuvish. 
9. Yuvish mashinasida yuvish 


136 
10.Siqish (vakuum siqish qurilmalarida) 
11. Ajratish 
12. Quritish (quritish mashinalarida). 
Bobinani oqartirish sxemasi quyida keltirilgan: 
Qaynatish 
→ 
yuvish 
→ 
oqartirish 
→ 
yuvish 
→ 
ishqoriy eritmada 
issiq suv 
gipoxlorit bilan 
sovuq 
suv 
Neytrallash 
→ 
yuvish 
→ xlorsizlantirish → 
yuvish 
→ 
sovuq suv 
vodorod 
peroksid bilan 
issiq va 
sovuq 
suv 
siqish 
→ 
quritish 
Yuqorida keltirilgan texnologik tartib bo„yicha ishlov berilgan bobina 17,1 
% massasini va 12,7 % mustahkamligini yo„qotadi. Bobinani pardozlashga 
tayyorlash jihoziga solishdan oldin yigirish bo„limidan keltirilgan bobina teshikli 
(perfarirlangan) silindrik patronga o„raladi (yumshoq o„rash). Kimyoviy jarayon 
tugab, bobina quritilgach yana qaytadan katushkaga o„raladi (qattiq o„rash). 
Zig„ir tolasini taralgan lenta ko„rinishda oqartirish bobina oqartirishga nisbatan 
bir qator afzalliklarga ega. Pardozlash jarayonidan o„tgan taralgan lentadan 
tayyorlangan bobina toladagi chiqindi va yo„ldosh moddalar chiqarilganligi sababli 
bir qadar zich tuzilishga ega bo„lib, mustahkamligi ham yuqori bo„ladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish