Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi


Trikotaj polotnolarini uzlukli usulda pardozlash



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

Trikotaj polotnolarini uzlukli usulda pardozlash. 
Trikotajni kimyoviy 
pardozlash korxonalarida quyidagi mexanik jarayonlaramalgaoshiriladi: polotno 
rulonini ochish va tegshili partiyalar hosil qilish uchun ularni bir-biriga tikish, 
aylana ko„rinishda to„qilgan polotnolrni teskarisigao„girish, suvsizlantirish, 
quritish, kalandrlash, tuk chiqarish, paxmoqlash, stabillash, en berish, sifat nazorat. 
Polotno rulonini ochish va tegshili partiyalar hosil qilish uchun ularni bir-
biriga tikish
. Korxonaga keltirilgan trikotaj polotno partiyasining 15% - i sifat 
nazoratidan o„tazilib, olingan natija shu partiyaning barcha hajmiga taalluqli deb 
hisoblanadi. Sifat nazoratidan o„tgan partiyadagi rulonlar rulon ochish mashinasida 
ochilib (42-rasm), aravalarga taxlanadi.


155 
42-rasm. Rulon ochish jihozi. 
Taxlash jarayonida tegishli partiyaga ishlov berish ketma-ketligi bo„yicha 
yangi partiyalar tashkil etiladi. Bu partiyaga tegishli bo„lgan polotno bo„laklari 
ishlov berish jihozining hajmiga mos ravishda kerakli og„irlikka ega bo„ladigan 
miqdorda bir-biriga tikiladi. Polotno bo„laklari tikuv mashinasida yaxlit bitta lenta 
ko„rinishda tikiladi. Polotno bo„laklarini tikishda ularni o„ngi va teskarisiga 
alohida ahamiyat beriladi. Bir partiyadagi barcha bo„laklar bir taraflama tikilgan 
bo„lishi kerak. Tikish jarayonida chokni bir tekis bo„lishi, polotnoda eni bo„yicha 
chokga buralib kirgan joylarini bo„lmasligi talab qilinadi, chok eni 1,5 sm dan 
oshmasligi lozim. Rulon ochish mashinasi uzluksiz usulda ishlaydi. 
Aylana ko‘rinishda to‘qilgan polotnolrni teskarisiga o‘girish
. Ayrim 
assortimentdagi trikotaj polotnolariga kimyoviy ishlov berish uchun korxonaga 
keltirilgan aylana ko„rinishdagi polotno kimyoviy ishlov berishdan oldin 
tekskarisiga o„giriladi. Bularga yuzasi paxmoqlangan yoki tolalari polotno 
yuzasiga chiqarilgan (velyur) assortimentlar tegishli. Polotnoni teskarisiga 
ag„darish jihozlari (43-rasm) ma‟lum miqdordagi polotnoga ishlov berishga 
mo„ljallangan, bu jihoz uzlukli usulda ishlashga mo„ljallangan. 


156 
43-rasm. Polotnoni teskarisiga ag„darish jihozi. 
Suvsizlantirish
. Bu jarayonni siqish jarayoni deb ham yuritish mumkin. 
Trikotaj polotnosiga oqartirish-bo„yash jihozida kimyoviy ishlov berilgandan 
so„ng, u qozondan jgut ko„rinishda tagida teshikchalari bo„lgan aravalarga olinadi. 
Ishlov berilgan polotnoni aylana yoki yoyiq holatiga va keyingi ishlov berish 
jarayonlariga bog„liq ravishda polotnoni suvsizlantirish uchun aylana ko„rinishda 
siqish (ballon siqma), sentrifuga, nam jgutni ochish, bo„ylamasiga kesish jihozlari 
qo„llaniladi.
Aylana ko„rinishda ishlov berilgan va keyingi jarayonlardan ham aylana 
ko„rinishda 
o„tadigan 
assortimentlar 
ballon 
siqma 
jihozida 
(44-rasm) 
suvsizlantirilib, talab etilgan en bo„yicha tekislanib aravalarga «kitob» ko„rinishda 
taxlanadi. Ballon siqma jihozi uzluksiz usulda ishlaydi. 
44-rasm. Aylana ko„rinishda to„qilgan polotnoni suvsizlantirish-siqish 
jihozi. 


157 
Yoyiq ko„rinishda ishlov beriladigan assortimentlar aravalarda ma‟lum vaqt 
saqlanib, keyin jgut ochish jihozida (45-rasm) yoyiq holatda silliq qilib boshqa 
aravalarga taxlanadi. Jgut ochish jihozi uzluksiz usulda ishlydi. 
45-rasm. Jgutochishjihozi. 
Aylanako„rinishdakimyoviyishlovberilgan, 
keyingijarayonlardanyoyiqholatdao„tadiganassortimentdagipolotnoqozondanchiqar
ibolingandaaylanako„rinishdagitagidag„ildiragiborbo„lganaravalargachiqaribolinad
i. Bu aravadan jgut holidagi polotno bo„ylamasiga kesish jihozidan o„tkaziladi (46-
rasm). Bu jihozda bir vaqtning o„zida ham polotno bo„ylamasiga kesiladi, ham 
suvsizlanadi. Eni ochilishga mo„ljallangan polotnoni to„qish jarayonida 
bo„ylamasiga bitta ip tashlab ketilishi hisobiga polotnoni uzunasi bo„yicha kesish 
chizig„i hosil bo„ladi.
46-rasm. Aylana ko„rinishda to„qilgan polotnoni bo„ylamasiga kesish jihozi. 


158 
Polotno jihozdan o„tishi davrida datchik shu ip qolgan hududni belgilab 
kesish pichog„iga to„g„rilab beradi, natijada polotno uzunasi bo„yicha bir tekis 
kesiladi. Tagi g„ildirakli aylana ko„rinishdagi arava doimiy ravishda kerakli tarafga 
aylanib polotnoni jihozga tekissh uzatilishini ta‟minlaydi. Bo„ylamasiga kesish 
jihozi uzluksiz usulda ishlaydi. 
Yuzasiga tolachalari chiqarilgan (velyur) assortimentidagi polotno 
assortimentlari 
qaynatish-oqartirish 
jarayonidan 
keyin 
sentrifugada 
suvsizlantiriladi (47-rasm). Bunda yaxlit lenta ko„rinishda tikilgan partiya yana 
qaytadan choklari ochilib alohida bo„laklarga ajratiladi.
47-rasm. Sentrifuga – polotnoni suvsizlantirish jihozi. 
Sentirifugaga bir marotaba suvsizlantirish uchun bir xil rangdagi polotno 
yuklatiladi. Suvsizlantirish uchun to„q ranglarda bo„yalgan polotnolarga ishlov 
berilgandan so„ng och rangli yoki oq polotno suvsizlantirilsa sentrifuga to„ri 
albatta yaxshilab yuviladi. Velyur assortimentini sentrifugada suvsizlantirish 
keyingi tolachalarni kesish jarayonini osonlashtiradi. Sentrifuga uzlukli tarzda 
ishlaydi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish