Toshkent Tibbiyot Akademyasi Tibbiy profelaktika va inson salomatligi kafedrasi 102-b gurux talabasi



Download 187,05 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi187,05 Kb.
#555427
Bog'liq
Toshkent Tibbiyot Akademyasi Tibbiy profIlaktika va inson salomatligi

Toshkent Tibbiyot Akademyasi Tibbiy profIlaktika va inson salomatligi kafedrasi 102-b gurux talabasi

Yusupov Sarvar

Hayot oliy qadriyat sifatida

Reja

1)Hayot oliy qadriyat sifatida?

2)Hayot bu nima……………. ?

3)Oliy qadriyatlar………)

Hayot falsafasi

Hayot falsafasi - hayotning mazmuni, maqsadi, qadr-qimmati haqiadagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Germaniya va Fransiyada paydo boʻlgan. Hayot falsafasining ibtidosida A.Shopengauer turadi, asoschisi esa F.Nitsshe hisoblanadi. Oqim vakillari fikricha, hayot — birinchi oʻrindagi voqelik, keyinchalik maʼnaviyat va moddiyatga, ong va borliqqa boʻlinadigan uzviy yaxlitlik. Hayot Hayot falsafasining asosiy tushunchasi hisoblanadi. Hayot falsafasi hayotning mohiyatini uning oʻzidan anglab olishga intiladi.


 U his-tuygʻular va instinktlarni ulugʻlaydi, aqlni tanqid va inkor qiladi. Hayot falsafasi tarafdorlariga koʻra, hayot tushunchasi murakkab, koʻp maʼnoli, oʻzining aniq talqiniga ega emas. Shu sababli uni tabiiy-biologik (F.Nitsshe, A.Klages), madaniy-tarixiy (V.Diltey, G.Zimmel, O.Shpengler, X.Ortega-i-Gaset) tushunish mavjud. Tabiiy-biologik talqinda qayot biologik maʼnoda tushunilib, biologik xossalar butun voqelikka tatbiq qilinadi. Hayot tabiiylik bilan qiyoslanadi va har qanday sunʼiylikka qarshi qoʻyiladi. Bu yoʻnalish tarafdorlari kuch-qudratni ulugʻlaydilar, har qanday gʻoyaning roʻyobga chiqishini kishilar yoki ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bogʻlaydilar.
K.Bergson fikricha, hayot — fazoviy hayotiy shiddat, u dastlab yagona markazda tugʻilib, koʻp jihatlardan bir-biridan farqlanadigan qator portlashlar, sifatli sakrashlar orqali parallel ravishda rivojlanib boradi. Uning mohiyati ichki kechin-malardan kelib chiqadigan, qalbdagi jarayonlar vositasida fahmlab olinadigan ong yoki aʼlo ong . Diltey, Zimmel hayotning mohiyatni ichki ruhiy kechinmalardan izlaydi. Ortega-i-Gaset inson hayotini tabiatga qiyos-lab oʻrganishga intilgan aqlning bunlay tadqiqot uchun zaiflik qilishini taʼkidlaydi. U ham inson bilan olam yaxlitligini, inson hayotining tashqi taʼsirlardan xoli, oʻz-oʻzicha ibtidoga ega ekanini hisobga oladigan, aklning nisbatan keng maʼnodagi tushunchasini ishlab chiqishga urinadi. Nuqtai nazardagi bunday fikrlarga qaramay, ularda hayot mexanik, tartibsiz tuzilmalarga. Barcha qatʼiy belgilab qoʻyishlarga, qotib qolishlarga qarshi turadigan ijodiy shakllanishning uzviy jarayoni sifatida namoyon boʻladi.
Ijod, ayniqsa, badiiy ijod Hayot falsafasi uchun nihoyatda muhim, u hatto hayotning oʻzi. Shu nuqtada Hayot falsafasi noratsi-onal intuitivizmga, uning bilish nazariyasiga yaqinlashadi. Chunonchi hayot dinamikasini, narsa-hodisaning individual tabiatini umumiy tushunchalarda ifodalab boʻlmasligi, uni bevosita fahmlash, intuitsiya orqali angʻlash mumkinligi har ikkala oqimga xos. Hayot falsafasi fan bilan falsafaning olamga yondashuvidagi keskin farqni koʻradi. Fan olamni egallash va oʻziga boʻysundirishga harakat qiladi, falsafaga esa mushohadakorlik xos, shu xususiyati bilan u sanʼatga yaqin. Aql oʻz tabia-tiga koʻra hayotdan uzilib qolgan; aqliy bilish va unga asoslanadigan fan narsalarni emas, narsalar oʻrtasidagi munosabatlarnigina ang-lab yetishi mumkin. 
Ratsional bilish sof amaliy manfaatlarni qondirishga, foyda keltiradigan maqsadga muvofiqlikka qaratilgan. Ilmiy bilishga nointellektual, intuitiv, hayotni anglab yetishning timsolli-ramziy usullari qarama-qarshi qoʻyiladi. Sanʼat asari, ayniqsa, sheʼriyat, musiqa hayotni anglash va nisbatan aynan ifodalash vositasidir.
Hayot falsafasi uchun zamon — ijod, taraqqiyot va tashkil topishning mohiyati sifatida muhim ahamiyatga ega. Tarix esa Hayot falsafasida tugʻilishdan to oʻlimgacha boʻladigan biologik davriylikka oʻxshash jarayonlarni boshidan kechiradigan noyob va takrorlanmas "madaniy organizmlar" sifatida namoyon boʻladi. Tarixiy jarayon, sababiyat qonuni hukmronlik qilgan tabiatdan farqli oʻlaroq, taqdirga boʻysunadi.
Tarix faqat tabiat dunyosidagina hara-kat qiladigan obʼyektiv qonuniyatlar iskanjasidan chiqib ketadi. Hayot falsafasi tarafdorlari (ayniqsa Nitsshe) til muammosiga katta ahamiyat beradi. Ularning fikricha, til real hayotni izohlab berishga ojizlik qiladi, chunki til istioralar va timsollar shaklida asl, kelib chiqish jarayonidagi maʼnolarini yoʻqotadi: indivi-dual iboralar umumiy tushunchalarga aylanadi, bu tushunchalar orqali ifodalangan olam asl olamga mos kelmaydi. Hayot falsafasida keyinchalik "omma jamiyati" tushunchasi paydo boʻldi; u individni erksizlikka, ijoddan mahrumlikka, begonalashuvga olib keladi. Bu qarashlar oʻsha paytlarda paydo boʻlayotgan demokratiya, tenglashtiruvchilik gʻoyalaridan "sara odamlar" madaniyatini himoya qilishga daʼvat sifatida oʻzini koʻrsatadi.
Shu sabablar tufayli Nitsshe umum qabul qilingan qadriyatlarni, meʼyorlarni "tabiiy" hayot nuqtai nazaridan qayta baholashga, asl "hayotiy" qadriyatlarning ifodachisi boʻlmish komil odamga ergashishga chorlaydi. Shpengler fikricha, madaniyat gullab-yashnagan davrdan keyin, madaniy organizmlarning asta-sekin tanazzulga uchrashi roʻy beradi, unda xalqlar oʻz xulq-atvori va faoliyatiga koʻra ommaga aylanadi. Hayot falsafasi 20-asr boshida Bergson, Zimmel, Diltey, Keyzerling va Klages timsolida oʻzining yuksak choʻqqisiga yetdi. Hayot falsafasining ayrim gʻoyalari keyinchalik personalizm, ekzis-tensializm, falsafiy antropologiya tomonidan oʻzlashtirildi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 187,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish