6. Mashgulot mazmuni:
6.1 Nazariy qismi
MAVZU : Fitoterapiya umumiy tushunchasi va uni zamonaviy tibbiyotda tutgan o‘rni.
Inson tanasidagi turli kasalliklarda tabiiy va dorivor bo‘lgan o‘simliklar bilan davolash, zamonaviy tibbiyotdagi tutgan o‘rni xakida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Fitoterapiya – bu turli kasalliklarni dorivor o‘simliklar bilan davolash usulidir.
Hozirgi vaqtda zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilayotgan, katta miqdordagi sintetik preparatlarga qaramay, shifobaxsh o‘simliklar bilan davolash, SHarq mamlakatlaridagi kabi, Evropada ham keng qo‘llanilmoqda. O‘simliklardan tayyorlangan vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash, ularning yuqori biologik faolligi, organizmga kam zararli bo‘lishi bilan izohlanadi. Buning ustiga, o‘simliklardan tayyorlangan preparatlarning narxi sintetik preparatlardan pastroq.
Xozirgi zamon tibbiyotida 232ta dorivor o‘simliklarning shifobaxsh maxsulotlaridan foydalaniladi. Ularning 48% yovoyi xolda o‘sgan o‘simliklar, 30% o‘stirilgan, qolgan 22% “aralash” guruxlar tomonidan etishtiriladi. Yil sayin shu sababli ularni ko‘proq etishtirish madaniy xolda o‘stirishni taqozo etmoqda.
Xozirgi kunda O‘zbekistonda qimmatbaxo, tibbiyot uchun juda zarur bo‘lgan, lekin Respublikamiz xududida o‘smaydigan dorivor maxsulotlar beruvchi o‘simliklar o‘zga xududlardan keltirilib maxalliy xolda o‘stirishga xarakat qilinmoqda.
Misol tariqasida shularni keltirish mumkin. Aloy turlari, Sano (kassiya) turlari, Meksika bangidevonasi, Kollanxoy turlari, rauvolfiya turlari, Evkalipt turlari, Bo‘lakli ituzum va boshqalar. Bu o‘simliklarni agrotexnika qoidalari asosida ektirilgan dorivor o‘simliklar serxosil va biologik faol moddalarga boy bo‘ladi. SHuningdek 1978 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Ibn Sino” savxozi tashkil qilinib, unda dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, besh bo‘lakli arslonquyruq, pol – pola, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklar o‘stirilmoqda.
O‘zbekiston FA ga qarashli Toshkent botanika bog‘i. Toshkent Farmatsevtika instetutining botanika va Farmakologiya kafedralarining ilmiy xodimlari bilan xamkorlikda qardosh Respublikalardan xamda dunyoning boshqa xudud (regionlarida) keltirilgan dorivor o‘simliklarni Toshkent shaxar iqlimida o‘stirishga erishdilar. Ularning fikricha dorivor gulxayri, (dorixona ukropi), qoraandiz, ajgon ( ziran karmoni), oddiy dastakbosh, arpabodiyon, qizil angishvonagul, kepdir turlari, ma’juriya araliyasi, tog‘ jumrut, sano turlari, tuxumak, yarim butasimon sekurinega, bo‘rigul turlari, belladonna, meksika bangidevonasi,pol – pola va va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish mumkin.
SHifobaxsh o‘simliklarning davolovchi xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |