2.2. Modulning vazifalari:
xalq tabobati usulida davolash tamoyillarini talabalar ongiga singdirish;
klinikaning qabul bo‘limi, bemorlar davolanadigan bo‘limlari, ularning ishini tashkil qilish asoslari bilan tanishtirish;
bemorlarni qabul qilish qoidalarini o‘rgatish;
kattalar, bolalar va o‘smirlarni statsionar davolash tizimida xalq tabobati usullari bilan davolashni to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish;
davolash muassasalaridagi tizimni o‘rgatish;
kasalxona bo‘limlariga yotadigan va yotgan bemorlarga xalq tabobati usullari bilan davolash qoidalarini o‘rgatish;
muolajalar xonasi va muolajalar xonasida ishlash qoidalari bilan tanishtirish;
kasalxona ichi infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha berish va uni oldini olish qoidalari bilan tanishtirish;
kasallik turi va og‘irlik darajasida bemorning yoshiga qarab xalq tabobati usullarini o‘rgatish;
dori vositalarini qabul qilish usullari yo‘llarini o‘rgatish;
bemorlarni muolajalarlarga tayyorlashni o‘rgatish;
hayot uchun havfli xolatlarda (yurakning to‘xtashi, nafas olishning buzililshi, qon ketishi, zaxarlanish, kuyish, sovuq qotish, aspiratsiya) bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish;
bemorlarni xalq tabobati usullari bilan davolashning zamonaviy usullari to‘g‘risidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatish.
2.3. Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Talaba:
Xalq tabobati to‘g‘risidagi qonun, Prezident qarorlari, normativ va direkiv xujjatlar to‘g‘risida;
Xalq tabobati shifoxonarli tuzilmasi, strukturasi va ularga talablarni;
davolash va profilaktika muassasalarining turlari;
dezinfeksiya, sterilizatsiya, aseptika va antiseptika;
kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘luvchi xavf omillarni aniqlash va bartaraf etish;
aholi tibbiy nufuzini oshirish, ratsional ovqatlanish tamoyillari hamda zararli odatlari bartaraf etish borasida zarur chora – tadbirlarni amalga oshirish;
sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
shoshilinch holatlarni o‘z vaktida aniqlash, kasalxonagacha bo‘lgan tez yordam ko‘lamini aniqlash va tibbiy yordam ko‘rsatish, ko‘rsatmaga ko‘ra zarur mutaxassislarga va kasalxonaga yuborishni bilish va ulardan foydalana olish;
sog‘lom turmush tarzi tamoyillarni aholi o‘rtasida targ‘ibot qilishni;
xalq tabobati usullarni profilaktika dasturlarida shakllantirish;
hayot uchun xafvli holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch holatlarni o‘z vaktida aniqlash, kasalxonagacha bo‘lgan tez yordam ko‘lamini aniqlash va tibbiy yordam ko‘rsatish, ko‘rsatmaga ko‘ra zarur mutaxassislarga va kasalxonaga yuborishni;
birlamchi tibbiy muolajalarni bajarishni (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini o‘lchash) va dori vositalarini yuborish yo‘llari va davo muolajalarini o‘tkazishni;
kasalliklar bo‘yicha bemorlarga xalq tabobati usullarini sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga asoslanib tanlay olishni.
oila va alohida aholi guruhlari o‘rtasida inson salomatligiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-gigienik, ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlashi va xavf omillarini bartaraf qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |