Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sir etishi Davolash-profilaktik ta’siri
- nospetsifik umumiy trenirlovchi
- patogenetik davolovchi
- stimullovchi propriotseptiv afferentatsiya kuchayishi
- MNS tonusi oshishi
- kompensator
- trofik
Jismoniy mashqlar – bu davolash va jismoniy tarbiyada qo‘llaniluvchi tabiiy va maxsus tanlangan harakatlardir.Ularning oddiy harakatlardan farqi shundaki, ular ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan xamda sog‘liqni mustahkamlash, buzilgan funktsiyalarni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan bo‘ladi.Jismoniy mashqlar ta’siri mushaklar fiziologik xususiyatlari bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.Xar bir ko‘ndalang targ‘il mushak ko‘plab tolalardan iboratdir. Mushak tolasi mushakning yoki mos bo‘lgan harakatlantiruvchi nerv ta’sirotlariga javob qaytarish xususiyatiga ega, ya’ni bu qo‘zg‘aluvchanlikdir.Mushak tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alish o‘tadi – bu mushakning o‘tkazuvchanlik xususiyati xisoblanadi. Mushak qo‘zg‘alish paytida o‘z uzunligini o‘zgartiradi – bu uning qisqaruvchanlik xususiyati bilan tushuntiriladi. Bir mushak tolasining qisqarishi ikki fazadan iborat: qisqarish – energiya yo‘qotilishi bilan va bo‘shashish – bunda yo‘qotilgan energiya qayta tiklanadi.
Mushak tolasida ish bajarilish paytida kislorod ishtirokida(aerob almashinuv) yoki kislorod ishtirokisiz (anaerob almashinuv) murakkab bioximik jarayonlar yuz beradi. Aerob almashinuv qisqa muddatli intensiv mushak ishini, anaerob esa uzoq vaqt davomidagi bir maromdagi jismoniy yuklamani ta’minlaydi.Kislorod va mushak ishini ta’minlovchi moddalar qon orqali etkaziladi, moddalar almashinuvi esa nerv sistemasi bilan boshqariladi. Mushak faoliyati barcha organ va tizimlar bilan motor-vitseral printsip bo‘yicha bog‘langan, jismoniy mashqlar bu faoliyatni kuchaytiradi.
Mushak qisqarishi MNS impulslari ta’sirida yuz beradi.
Markaziy nerv sistemasi harakatlarni mushaklar, pay, boylam, bo‘g‘imlar kapsulasi, suyak ustki pardasida joylashgan proprioretseptorlardan impuls olgan xolda regulyatsiya qiladi. Mushakning ta’sirotga nisbatan harakatli javob reaktsiyasi refleks deb ataladi.Qo‘zg‘alishning proprioretseptordan MNS gacha bo‘lgan yo‘li va mushakning javob reaktsiyasi reflektor yoyni tashkil qiladi.
Jismoniy mashqlarni bemorga davolovchi ta’siri, organizmdagi fiziologik jarayonlarni kuchaytirish qobiliyatiga asoslangandir.Jismoniy mashqlarning kuchaytiruvchi ta’sirchanligi nerv – gumoral mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Mushak faoliyati harakat analizatorlarining yoki ishlab turgan nerv markazlarini ustunligini ta’minlab, markaziy nerv sistemasining tonusini kuchaytiradi, ichki a’zolar funktsiyasini ayniqsa qon aylanish va nafas tizimi funktsiyasini motor-vitseral reflekslar mexanizmi bo‘yicha o‘zgartiradi. YUrak mushagi, tomir tizimiga ta’siri va qon aylanishning ekstrakardial omillar kuchayadi; po‘stloq va po‘stloq osti markazlarining tomir tizimiga ta’siri kuchayadi. Jismoniy mashqlar ta’sirida yanada mukammallashgan o‘pka ventilyatsiya-si va arterial qondagi uglekislota zichligi doimiyligi ta’minlanadi. Buzilgan funktsiyalarni qayta tiklashda miya po‘stlog‘ini ustunlik ta’siri sog‘lom odam ruxiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Funktsiyalarni patologik buzilishini normallashtirishda jismoniy mashqlarni tadbiq etilishi katta ahamiyatga ega. Bu mexanizm asosida maxsus tanlangan mashqlar yordamida kasallik vaqtida paydo bo‘lgan shartli reflektorlar bog‘lamlarini yo‘qotishi yoki kamayishi, shuningdek sog‘ organizmga xos funktsiyalarning tiklanishi bilan tushuntiriladi. Umidsiz, yo‘qotilgan va qaytadan tiklab bo‘lmaydigan organlarning funktsiyalarini mashqlar yordamida qayta tiklanadi. Bu protsess quyidagicha boradi: jaroxatlangan organ o‘zining sog‘ qolgan qismlari hisobiga, barcha rezervlarini ishga solib yoki nerv markazlarining oddiy va murakkab qayta qurilishi, shuninigdek yangi koordinatsion organ va sistemalarning faoliyatini jaroxatlangan organ sistemalar hisobiga sodir qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar bemorlarni bir vaqtning o‘zida har tomonlama ham ma’naviy ham jismoniy faoliyatini ta’minlaydi.Umumbiologik nuqtai nazardan qaraganda davolovchi jismoniy tarbiya vositalari organizmning ko‘nikish qobiliyatini rivojlantiradi. Tashqi muhit ta’siri organizmning javob reaktsiyasini chaqirib, ko‘nikish jarayonlarini rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun sog‘liqni saqlash nuktai nazardan organizm bilan u muhitning aloqalarini ham sog‘, ham kasal odamlarda ko‘rmoq lozim. CHegaralangan mashqlar ta’sirida kasalning mehnat qobiliyati oshadi va oliy nerv faoliyati yaxshilanadi. Bu o‘z vaqtida harakatlanish funktsiyasini yaxshilaydi va vegetativ funktsiyani normallash-tiradi. Jismoniy mashqlar nerv sistemasining trofik funktsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Eksperimental tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki harakatsizlik natijasida singan suyak to‘qimalarning bitib ketishi kechikadi, gistologik tekshirishlarda suyak to‘qimalarining g‘ovakligini va tartibsiz yo‘llarini ko‘rish mumkin, muskul harakatlari suyak shakllanishini o‘zgartiradi va normal suyak to‘qimalarining tuzilishiga yaqinlashtiradi.Jismoniy mashqlar ta’sirida modda almashinishi, qon aylanishi, nafas olish yaxshilanadi. Endokrin sistemasining hamda retikuloendotelial sistemaning funktsiyasini kuchaytiradi. Jismoniy mashqlarning ta’siri shundaki ular butun organizmni baquvvatlashtiradi.