Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining


Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi



Download 10,74 Mb.
bet39/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi :
1.Sport yo‘nalishi – sport bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadi o‘z ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya’ni bunda salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog‘lom odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanish o‘z oldiga davolash vazifasini qo‘ymaydi, ya’ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi. Vrachning vazifasi ma’lum sport turi uchun zarur bo‘lgan shug‘ullanish yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy ta’sirida uni mashg‘ulotlardan chetlashtirishdir.
2.Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning vazifasi umumiy sog‘lomlashtirish, organizmning qarshiligini oshirish, kasallik-larning oldini olish va h.z. Bu yo‘nalish o‘z oldiga sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan sog‘lom odamlar, shuningdek surunkali kasali bor bemorlar ham (kasallikning remissiya davrida) shug‘ullanishlari mumkin. Bunda jismoniy yuklama miqdori vrach va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan aniqlanadi va kuzatib boriladi. Mashg‘ulot davomida mashqlarning organizmga ta’sir etishiga qarab yoki organizm holatining o‘zgarishiga qarab vrach va pedagog yuklama miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi, hamda ma’lum vaqtga mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
3.Shifobaxsh jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning maqsadi va vazifalari – har xil jismoniy mashqlarni qo‘llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va jarohatlardan so‘ng organ va sistemalarning buzilgan funktsiyalarini tiklashdan iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo‘llash faqat vrach mutaxassis tomonidan tavsiya etiladi.
1.Shifoxonada qo‘llaniladigan Davolovchi jismoniy tarbiyaning shakllari :
- ertalabki badan tarbiya
15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. SHakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
- shifobaxsh gimnastika muolajasi shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya’ni
- kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda engil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;
- asosiy qismi, bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;
- tugallanish qismi – bunda organizm-ga engil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta’minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.
SHifobaxsh gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
- bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar
bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;
- me’yorli yurish
bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me’yorli yurishni palata-da, so‘ngra koridorda ma’lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.
2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan Davolovchi jismoniy tarbiyaning shakllari :
-terrenkur
Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. YUrak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish