6. Mashgulot mazmuni:
6.1 Nazariy qismi
MAVZU : Xalq tabobati an’anaviy usullari.
Turli kasalliklarda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini tavsiya qilish,kasalliklarni oldini olish va davolashda organizmga jismoniy faollikning ta’siri, shifoxona ichi dasturida ularni qo‘llash va tavsiya qilish,xarakat tartibotini to‘g‘ri aniqlash, xalq tabobati usullarini sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga asoslanib tanlay olish xaqida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Sog‘lom avlod - millat kelajagining poydevori. Azal azaldan ota- bobolarimiz sog‘lom avlod tarbiyasiga qat’iy e’tibor berib kelganlar. Shu asnoda xalq ijodiga murojaat qilsak ham buning guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, xalq o‘yinlari, chavondozlik, otda yurish, suzish va boshqalarga ijobiy munosabat tarbiyalangan va bular haliyam o‘z kuchini yo‘qotmagan. A.Avloniyning «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir» degan qarashlari insonning sog‘lom turmush kechirishida asosiy omil ekanligini asoslovchi dalildir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Salomatlik bu nafaqat insonda biron-bir kasallik yoki jismoniy nuqsonning yqligi, balki to‘liq jismoniy, ruhiy, ijtimoiy xotirjamlik holatidir”.
Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlari: Tibbiy madaniylik, jismoniy harakat, shaxsiy gigiena, to‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish zararli odatlardan voz kechish, ekologik tarbiya, ruhiy salomatlikni asrash .
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish tamoyillari – shaxsiy gigiena, jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanish, ruhiy salomatlik, to‘g‘ri ovqatlanish,
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng sog‘lom avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan bir qator davlat dasturlari, qarorlar ishlab chiqarilgan. SHu jumladan, sog‘lom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, manaviy boy, ahloqan etuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga yunaltirilgan “Sog‘lom avlod” dasturi yaratilgan. Ushbu dasturda katta ahamiyat yosh avlodning salomatligiga qaratilgan bulib, oilada, jamiyatda va ta’lim muassasalarida jismonan rivojlangan, sog‘lom va ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda barcha sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Ma’lumki, inson salomatligi va hayot davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 50%dan ortig‘i aynan turmush tarzigaga bog‘liq, ekologiyaga - 20%ga yaqin, nasliy omillarga - 20%, tibbiy omillarga esa atigi – 10%. ya’ni, inson sog‘lom bulishi uchun uning turmush tarzi sog‘lom bulishi shart va sog‘lom insonni voyaga etkazish uchun unda sog‘lom turmush tarzi tushunchasini shakllantirish kerak.
Sog‘lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: faol jismoniy harakat qilish, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish; kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan toliqishga yo‘l qo‘ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigienik talablar asosida to‘g‘ri rejalashtirish; to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish; shaxsiy va umumiy gigiena talablariga rioya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatga erishish; yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro‘y berishini oldini olish; to‘g‘ri jinsiy tarbiya olish; psixogigiena talablari (haddan tashqari asabiylashish va hayojonlanishning oldini olish)ga amal qilish; zararli odatlarga berilmaslik (tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, ichkilikbozlik va giyohvandlikka yo‘l qo‘ymaslik va)
Bolaning tarbiyasida, bola tug‘ilib to voyaga etgunicha, ushbu komponentlar boskichma bosqich uzluksiz ravishda rivojlantirish lozim. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oiladan boshlanadi va bolaning shaxsini shakllantirishda oilaning turmush tarzi, oilada mavjud bo‘lgan urf – odat va an’analari, oilaning psixologik sharoiti, zararli odatlarni mavjudligi va boshqalar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Oila sharoitida bola kun tartibiga va shaxsiy gigienaga rioya qilishni, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni, kattalar va tengdoshlari bilan muomala qilishni va yana boshqa ko‘p narsalarni o‘rganadi. Jismoniy faollik ham sog‘lom turmush tarzining asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, unga amal qilishni bola oila muhitida badantarbiya bilan shug‘ullanish, xar hil turdagi jismoniy ishlarni bajarish orqali o‘rganadi. Oila sharoitida bola kuchadan uyga qaytgach, ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishni, kiyimlarini, buyumlarini, xonasini ozoda saqlashni o‘rganadi va gigienik kunikmalarni uzida shakllantirib boradi. O‘z vaqtida turish, ovqatlanish, kunini to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganish orqali kun tartibiga tegishli ko‘nikmalarni shakllantiradi. Zararli odatlarga munosabati ham oiladagi sharoitga qarab shakllanadi. Oiladagi tarbiya bola voyaga etguniga qadar davom etaveradi va sog‘lom turmush tarziga oid malaka va kunikmalar shakllanadi.
Oiladagi tarbiya bilan birga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab va oliy o‘quv muassasalarining xissasi katta. Bu erda bola, o‘quvchi, talaba nafaqat amaliy kunikma va malakalarga ega bo‘ladi, balki shu bilan birga nazariy bilimlarni xam egallaydi. Sog‘lom turmush tarzining shakllanishi tarbiya va o‘quv muassasalarida uzluksiz bosqichma bosqich amalga oshiriladi.
Bu uzluksiz ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzining poydevori shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola kun tartibiga rioya qilishni, o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanishni, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni o‘rganadi va oila sharoitida olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. SHaxsiy gigiena qoidalarini uyda shakllantirgan bola maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va jamoat gigienasi bilan tanishib kunikmalarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, chiniqtirish, massaj muolajalari olib boriladi va shu bilan birga bolalarni jismoniy faollikka o‘rgatiladi. Bu esa sog‘lom turmush tarzining shakllantiruvchi yana bir komponenti xisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kun tartibiga qat’iy rioya qilinishi bois bola kunini to‘gri taqsimlashni o‘rganadi. Bolalar amaliy ko‘nikmalar bilan birgalikda boshlang‘ich nazariy bilimlarni xam egallab boshlaydi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi va bolalarga sog‘lom turmush tarzi xakida tushunchalar berib boriladi.
Keyingi bosqichda, ya’ni maktabda, sog‘lom turmush tarzi tushunchasi bolalarda yanada chuqurroq shakllanadi. Amaliy kunikma va malakalar nazariy bilimlar bilan mustaxkamlanadi. shu jumladan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanida umumiy biologik tushunchalarga ega bulishadi. Inson organizmi tuzilishi, atrof muhitning ekologiyasi, o‘simlik va hayvonlar xaqida umumiy tushunchalar shakllanadi. Maktabda o‘quvchilar ekologik tushunchalarga ega bo‘lishadi va atrof muxitni muhofaza qilish, ozodalikni saqlash sog‘liq uchun muhimligi o‘quvchilarning tafakkuriga singdirib boriladi. O‘rta va katta sinflarda biologiya fani darslarida bu bilimlar yanada chuqur o‘rganiladi, zararli odatlarni organizma qanchalik zararligi nazariy bilimlar bilan asoslanib boriladi va yuqori sinflarda jinsiy salomatlik va jinsiy tarbiyaga oid bilimlar xam shakllanadi. yuqori sinflarda odam salomatligini o‘rganishga juda katta ahamiyat beriladi va odam oragnizmini o‘rganish bilan biraglikda o‘quvchilar tibbiy bilimlarga ega bulib, birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari bilan tanishib borishadi.
Oliy ta’lim muassasalari uzluksiz ta’limning keyingi boskichi bulib, nazariy bilimlarga alohida ahamiyat beriladi. Barcha oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi “Valeologiya asoslari” fani o‘tiladi. Bu fanni o‘rganish jarayonida talabalar nazariy bilim va tushunchalarga , kunikma va malakalarga ega buladilar. Bu fan talabalarni sog‘lom turmush tarzini kechirishga undab, uning inson salomatligini saqlashda muxim omil bo‘lib qolishini ta’minlaydi, yoshlarni reproduktiv salomatligini saqlashga, sog‘lom oilani shakllantirishga va sog‘lom farzandlarni voyaga etkazishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 18 dekabrdagi qarori bilan 2019−2022 yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi va dasturi tasdiqlandi. Hujjatda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida profilaktika chora-tadbirlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi mavjud emasligi aytilib, fuqarolarning jismoniy faolligi darajasini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini yuritishda kelishilgan choralar ko‘rish imkonini yaratish zarurligi xaqida aytilgan.
Aholining tibbiy va sanitar-gigienik madaniyati darajasining pastligicha qolayotganligi natijasida asosiy e’tibor profilaktikaga emas, kasalliklar bilan kurashishga qaratilmoqda.
Hujjatga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika dietologiya o‘quv-ilmiy markazi negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga kiruvchi hamda mamlakatning barcha hududlarida hududiy bo‘limlariga ega bo‘lgan Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tashkil etildi. Markaz sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish hamda aholining keng qatlamlari uchun sport inshootlari va inventaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash lozim.
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini olib borish va jismoniy faolligi darajasini oshirishni ta’minlash tadbirlarini kiritish belgilandi.
Jismoniy mashqlar davolash va profilaktika maqsadida eramizdan uch ming yillarcha oldin Xitoy, Xindistonda qo‘llanilgan. Qadimiy Rim va Qadimiy Gretsiyada jismoniy mashqlar va massaj yurak, o‘pka, moddalar almashinuvi va boshqa kasalliklarda qo‘llanilgan. Ibn Sino o‘z ishlarida jismoniy mashqlarni bemorlar va sog‘lomlar uchun yuklamalarni kichik va katta, kuchli va kuchsiz, tezkor va sekin turlariga ajratgan xolda yoritib bergan.
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmni mustahkamlaydi, himoya – moslashuv jarayonlarining biologik mexanizmlarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |