Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining



Download 10,74 Mb.
bet18/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

Etikaga xos tushunchalar
Bemorlar bilan ish olib borayotgan tibbiyot xodimi bemorda, bemorlar orasida va tibbiyot xodimlari bilan bemor o‘rtasida bo‘ladigan ayrim tushunchalarning ham mohiyatiga e’tibor bilan qarashi zarar. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi.
Egogeniya - bemorning kasalligi tufayli o‘z-o‘ziga ta’sir etishi bo‘lib, salbiy yoki ijobiy mazmunda ifodalanishi mumkin.Tibbiyot xodimi esa bemorlarni o‘ziga doimo ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishishi lozim.
Egrotogeniya - bemorlarning o‘zaro ta’siri, bu kasalxona sharoitida juda katta ahamiyatga ega.
Bemorlarda bir-biriga ta’sir etish holati borligini bilgan holda bo‘lim xonalariga joylashtirayotganda ularning yoshi, jinsi, qiziqishlari, kasbi, kasallik turi, uning og‘ir-engilligi va qaysi bosqichdaligi albatta hisobga olinadi. Aks holda bemorlar bir-biriga salbiy ta’sir etishi, bu esa davolash jarayonining cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
YAtrogeniya - tibbiyot xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari va munosabatlaridan kelib chiqadigan bemorlardagi holatlar (kelib chiqadigan kasallik esa yatrogen kasallik) deyiladi.

Bemorlar bilan muloqot (kommunikatsiya) ning ikki xil usuli bo‘lib, ularni albatta hisobga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim.


Verbal muloqot — faol eshitish, savollar berish, javob qaytarish va reaksiya ko‘rsatish san’ati.
Noverbal muloqot — gavda holati, yuz, (mimika), ko‘z ifodasi, so‘zlash ohangi va boshqalar.
Verbal muloqot noverbal muloqot asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun «insonning nimani gapirayotganligi emas, balki qanday gapirayotganligi muhim»dir deb bejiz aytilmagan.
YUqoridagilarni shakllantirishda albatta bemorlarning ham o‘ziga xos xususiyatlariai hisobga olish, bemorlar bilan ish olib borishda ular yoshining ithamiyatini mutmaslik kerak.
SHu maqsadda bemorlarning ayrim, shartli ravishda ajratib olingan gurahlarida uchraydigan xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi
o‘z kasalliklarini his qilmay, kasal ekanliklarini tushunib etmaslik;
shikoyatlarini umumlashgan holda bayon eta olmaslik;
kasallik belgilaridan kuchli ruhiy ta’sirlanish;
davolash va diagnostika muolajalarini qo‘rquv bilan qabul qilish;
kasallik davomida tarbiya va tabiatidagi o‘zgarishlarning (nuqsonlar-ning) kuchayishi.
Tibbiy xodim bu guruh bemorlar bilan iliq munosabatda bo‘lishi, avvalambor bolalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatishi, ularni kasalligidan chalg‘itishi, bolaning ota-onasi yoki qarindosh-urug‘lari bilan mutaxassis sifatida muloqotda bo‘lishi lozim.
2.O‘smir yoshidagi bemorlar
kattalarga taqlid qilishlik;
mardlik, shovvozlik;
o‘z-o‘zini himoya qilish;
kasallikka va uning kechishiga befarqlik;
O‘z salomatligiga, xavfli omillarga ehtiyotsizlik bilan qarash.
Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda tibbiy xodim juda ehtiyot bo‘lishi, so‘zlariga, yuz imo-ishorasiga katta e’tibor berib, o‘smirlik yoshining nozik pallasi-balog‘atga etish va uning o‘smirga xos ta’siri borligini ham yodda saqlashi lozim.
3.Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar
bemorning shaxsiyati;
o‘ziga xos (individual)xususiyatlari;
kasalligining ijobiy yo‘nalishda borayotganini ko‘zatish;
xodimlar faoliyatini, bajarilayotgan muolajalarning nechog‘lik
lo‘g‘riligini tushunish, ko‘zatish va xulosa chiqara olish.
Bu guruh tibbiy xodimga o‘ta yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bunday bemorlar bilan ish olib borishda har bir so‘zga, yurish-turishga, yuz imo-ishorasiga ehtiyot bo‘lish, bajarilayotgan muolajaga qunt bilan yondashish lozim. Bemorning ijtimoiy kelib chiqishini, kasb-korini, tabiati va rahiyatini tezda ajrata bilish tibbiy xodimga ancha engillik yaratadi. Tibbiy xodimining vazifasi bunday guruh bemorlarni mehnat jarayoniga, ijtimoiy hayotga qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
4.Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi
a) «o‘tib ketgan umr», «oshib borayotgan zaiflik», «yolg‘izlikni his etish», «o‘limning yaqinlashuvi» holatlarining qariyalar ruhiyatida ustunlik qilishi;
b)eshitish, ko‘rish, eslash qobiliyati va hayotga qiziqishning pasayishi;
d) tezda dil og‘rishi(xafa bo‘lish);
e) kasallikni qarilikka yo‘yib, davolanish va sog‘ayishga ishonmaslik.
Tibbiy xodimining vazifasi bu guruhdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliqmuomala qilishi lozim, chunki qariyalarga xos injiqlik, ko‘p savollar berish,tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli holatlarga bosiqlik bilan chidashmuhim hisoblanadi.
Tibbiy xodimining asosiy deontologik vazifalaridan biri, shifokorlik sirini qat’iy saqlashdir. SHifokorlik siriga:
1) bemor to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu ma’lumotlarni hamshira bemorning o‘zidan yoki davolash jarayonida bilib oladi va ular jamoatchilik orasida ma’lum qilinmaydi;
2) bemorning kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xastalikning nohush yakuni, bemorga rahiy ziyon etkazuvchi tashxis va boshqalar), bu ma’lumotlar ham bemorga aytilmaydi. Lekin davolash sirini saqlash jamiyatga va bemor atrofidagi kishilarga zarar keltiradigan bo‘lsa (masalan, tanosil kasalliklari, yuqumli, ruhiy xastaliklar), tibbiyot xodimi bemorga ruhiy ziyon etkazmagan holda zarar choralar ko‘rishi lozim.



Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish