Aktiv evtanaziya (To‘ldirilgan shprits usuli) tez va og‘riqsiz o‘limni yuzaga keltirish maqsadida o‘layotgan odamga u yoki bu dori moddasini kiritish yoki shunday ta’sirli dori, vositalarni, harakatlarni qo‘llash tushuniladi. Bu usulga ba’zi davlatlarda qonuniy ruxsat berilgan.
EVTONAZIYA KERAKMI YOKI KERAK EMASMI?
Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi.
Xayot ato qilish xam va jon olish xam faqat xudoning amri bilan bo‘ladi. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi deymiz.
Lekin bir tomondan o‘ylab qaralganda o‘layotgan bemorni davolab asrab qolish xam xudoning xoxishiga qarshi chiqish emasmikin.
Bu gaplarni aytishdan maqsad ma’lum bir g‘oyani sizlarga singdirish emas, balki shu masalalar ustida vijdonan o‘ylab olishlaringizni xoxlaymiz.
QABUL BO‘LIMI VA SHIFOKOR SHAXSIY GIGIENASI
Qabul bo‘limi statsionar bir kismi bulib, bemorlarni qabul kilish, kayd kilish, ko‘rik utkazish uchun muljallangandir. Qabul bo‘limida birlamchi tashxis kuyiladi va birinchi tibbiy yordam kursatiladi.
Kasalxonaning rejalashtirilishi va kurilishiga boglik xolda qabul bo‘limi turlicha joylashishi mumkin. Markazlashgan qabul bo‘limi kasalxona barcha bo‘limlari bilan bir binoda joylashgan buladi. Markazlashmagan qabul bo‘limi esa aloxida binoda joylashib, xar bir bo‘lim mustakil uz qabul bo‘limiga egadir. Qabul bo‘limi kasalxona xududiga kirish joyida, kasallarni transportirovkasi uchun kulay bulishi kerak.
Qabul bo‘limining tuzilishi:
- ko‘rik xonasi
- sanpropusknik
- ruyxatxona
- izolyator
- diagnostik palatalar
- operatsiya xonasi
- travmatologiya xonasi
- muolaja xonasi
- rentgen xonasi
Ko‘rik xonalaridagi choyshablar xar bir bemor kurigidan sung almashtirilishi lozim, birinchi tibbiy yordam kursatish uchun kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlangan bulishi kerak.
Qabul bo‘limining barcha xonalari tabiiy yoruglik bilan etarli darajada ta’minlanganligiga e’tibor berish shart. Bemorlarni kiyimlarini almashtirish paytida sovuk kotmasligi uchun xona xarorati +25 S darajadan kam bulmasligi kerak.Ko‘rik xonalaridagi xar bir kushetka oldida yogochdan yasalgan tusiklar bulishi zarur.
Qabul bo‘limi ishlashi kat’iy ketma-ketlikda - bemorlarni ruyxat olish, shifokor kurigi, bemorlarni sanitariya tozalash ishlarini utkazish tartibida ish olib boradi.
Bemorlar ruyxatga olingach, ular utkir yukumli kasalliklar bor-yukligiga tekshiriladi, sung shifokor taxminiy tashxis kuyadi, sanitar tozalov turini aniklaydi va tibbiyot xamshirasi bemorni sanpropusknikga kuzatib kuyadi.
Qabul bo‘limiga tushgan bemorga xujjatlarni tuldirish kasallik tarixidagi pasport kismini tuldirishdan boshlanadi. Agar bemor ogir axvolda yoki xushsiz bulsa bu ma’lumotlarni uni kuzatuvchisidan olish mumkin.
Kasallik tarixi pasport kismi tuldirilgandan sung, tibbiy xamshira bemor tanasini sochli kismlarini pedikulezga va terisini yukumli kasalliklar belgilari bor-yukligini tekshiradi.
Agar bemor axvoli konikarli bulsa antropometriya utkaziladi va shundan sung ko‘rik xonasiga shifokor Qabuliga kuzatiladi, u erda shifokor unga taxminiy tashxis kuyadi va bo‘limga transportirovka turini belgilaydi.
Bemorni bo‘limga transportirovka kilish bir necha yullar bilan amalga oshiriladi.Konikarli axvoldagi bemorlar tibbiyot xodimi kuzatuvida bulmga uzlari boradilar. Ogir axvoldagi bemorlarni bo‘limga maxsus tibbiyot zambilida olib borilib, ular toza choyshab va yil mavsumiga mos ravishda odeyal bilan ta’minlanadi.
Qabul bo‘limi xodimlari bemorlarni bo‘limdagi tartib-koidalari, oldiga karindosh-uruglari kelishlari mumkin bulgan vaktlar xakida xakida ma’lumot berishi kerak.
SHIFOXOADA BEMORLARNI QABUL QILISH
Bemorning sanitar tozalovi
Bemorning xolatiga qarab sanitar tozalov to‘liq (vanna, dush) va qisman (artish va chumiltirish) bo‘lishi mumkin.
Bemorlarni sanitariya-gigienik tozalovdan o‘tkazishdan ilgari qabulhonadagi tibbiy hamshira tomonidan albatta bemor tanasining sochli qismini bemorda pedikulez (bitlik) bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun sinchiklab qarab chiqiladi.Bosh va ko‘ylak biti ogir yuqumli kasalliklarni, toshmali va qaytalangan epidemik tifni kelib chiqishiga asosiy sabab hisoblanadi.SHuning uchun tibbiy xamshira bemorda bit yoki bit urugini aniqlab qolsa, albatta, bemor dezinfeksiya tozalovidan o‘tkazilishi zarur.
Eslab koling!Bemorni tashish vaqtida xar bir tibbiy xamshira tibbiy kartasini bo‘limga olib borib, palata hamshirasiga topshirishi kerak.
ANTROPOMETRIYA
Tana vaznini va bo‘yni o‘lchash
To‘gri o‘rnatilgan va yaxshi muvozanatga keltirilgan o‘nlik tibbiy tarozida nahorga, ich kiyim, qovuq va yaxshisi, ichi bo‘shatilgandan so‘ng o‘lchanadi.
Bemor maydonchaning o‘rtasiga kalitning ko‘tarib qo‘yilgan holatida extiyotlik bilan chiqadi.Bunda qattiq silqinishdan saqlanish lozim.Muvozanat holati yuzaga kelgandan so‘ng kalit pastga tushiriladi. Tana vazni, pastki va yuqorigi kursatqichlarda yuklar to‘xtagan bo‘linmalarning ikkita soni yigindisi bo‘yicha aniqlanadi .
Buyni bo‘y o‘lchagich (rostometr) bilan ulchanadi.
Ko‘krak kafasi ekskursiyasini aniqlashda santimetrli lenta bilan oldingi tomondan IV qovurga bo‘yicha orqadan esa ko‘kraklarning burchaklari ostidan o‘lchanadi.Bemorning qo‘llari pastga tushirilgan bo‘lishi, u tinch nafas olishi lozim.O‘lchash chuqur nafas chiqarish vaqtida shuningdek maksimal nafas olish chuqqisida bajariladi.
Tibbiyot xodimining shaxsiy gigienasi
Tibbiyot xodimi shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iyan rioya qilishi lozim.Bu uning o‘zi hamda bemorlar uchun ham zarur.Har bir tibbiyot xodimi yuksak sanitariya madaniyatining haqiqiy timsoli bo‘lishi kerak.SHaxsiy namuna bergan natijani hech qanday targ‘ibot bermaydi.Agar tibbiyot xodimining o‘zi o‘z sog‘lig‘ga e`tibor qilmasa, u bemorga qanday o‘rnak bo‘la oladi. U o‘z sog‘lig‘i haqida o‘ylashi, kasalliklaming oldini olish uchun badantarbiya bilan shug‘ullanishi va organizmini chiniqtirib borishi lozim.
Tibbiyot xodimi qo‘llarini toza tutishi ayniqsa muhim. U har bir tibbiy muolajani bajarish oldidan va undan keyin qo‘llarini yuvishi kerak. Ayniqsa jarrohlikka aloqador tibbiyot xodimi (operatsion hamshiralar, doyalar va boshqalar) qo‘llarini nihoyatda toza tutishlari talab etiladi.iloji boricha tirnoqlarni kalta qilib olish lozim.Tirnoqlarni bo‘yashga ruxsat etilmaydi.Qo‘llarni cho‘tka bilan yuvish lozim. Qo‘lni tez-tez yuvish teri qurib ketishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun har kuni kechqurun va ishdan so‘ng qo‘llarga yumshatuvchi krem yoki glitserin surtish kerak. Bundan tashqari, tibbiyot xodimi tashqi ko‘rinishiga ham ahamiyat berishi, doimo orasta bo‘lib yurishi lozim.Tibbiyot xodimining ish kiyimi oq xalat, qalpoq, durracha va yumshoq poyabzaldan iborat. Bosh kiyimni oson yuviladigan ip gazlamadan tikilgan bo‘lishi hamda sochlarni yopib turishi lozim. Bosh kiyim uchun doka ishlatish yaramaydi, uni o‘z o‘rnida, ya’ni faqat tibbiy muolajalar uchun ishlatish kerak.Hamma tibbiyot xodimlari uchun orqasi qadab qo‘yiladigan xalat rasm bo‘lgan, ba’zi bo‘linmalarda esa old tomoni ochiq xalat kiyishga ruxsat etiladi. Xalat va bosh kiyim shunchaki toza bo‘lib qolmay, qordek oppoq va dazmollangan bo‘lishi kerak.Statsionarda ishlaydigan tibbiyot xodimlari shippak kiyishlari lozim.Bu bir tomondan xodimning o‘zi uchun qulay, ikkinchidan yurganda shovqin kam bo‘ladi. SHippak charm yoki rezina bo‘lishi kerak.Tibbiyot xodimining kiyim-boshi ozoda va qulay bo‘lishi bilan birga, bemorlar g‘ashiga tegmaydigan bo‘lishi kerak. Pardoz-andoz va zeb-u ziynat me’yorida bo‘lgani ma’qul.
Tibbiyot xodimlarining xatolari va javobgarligi.
Barcha tarixiy davrlarda tibbiyot xodimlarining bemorlarni davolashga javobgarligi ijtimoiy huquqni anglashga, diniy qarashlar va axloqiy qoidalarga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lib kelgan. Davlat tibbiyot xodimlariga insonlarning sihat-salomatligi va hayoti haqida g‘amxo‘rlik qilishni topshirgan ekan, shifokorlar o‘zlarining faxrli va muhim kasblariga haiol, yuksak mas’uliyat hissi bilan qarashlari, o‘z burchlarini bajarishlari, bilim doiralarini oshirib borishlari shart. Tibbiyot xodimlarining eng muhim vazifasi — yuqumli kasalliklarning oldini olish va tugatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek sanitariya maorifi uchun aholi orasida tabobat va gigiena bilimlarini targ‘ib qilishdir. O‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi xuddi shifokor singari o‘zining pala-partishligi, jinoyatkorona engiltakligi, ataylab kasbini suiiste’mol qilishi tufayli ro‘y bergan barcha xato va kamchiliklari uchun javob berishi shart.
Tibbiyot xodimlarining xatolari.
—Fuqarolik.
—Ma’muriy.
—Intizom.
Javobgarlik turlari.
—Fuqarolik.
—Ma’muriy.
—Jinoiy
—Intizomiy.
—Moddiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |