Distrofik shishlar
Distrofik shishlar ekzogen va endogen sabablarga ko‘ra rivojlanishi mumkin. Ekzogen sabablar, organizmga hayvon oqsillarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan qisman yoki to‘liq tushmasligi. Endogen omillarga organizmda oqsil katabolizmini oshishiga bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi distrofiyaga olib keluvchi, masalan, og‘ir kasalliklar, operatsiyadan keyingi holat, xavfli o‘smalar, uzoq vaqt davom etgan yuqumli kasalliklar, ich ketish, alimentar distrofiya, oqsil so‘rilishi buzilishi bilan kechuvchi oshqozon–ichak tizimi kasalliklari hamda alkogolizm va boshqalar kiradi.
K
4-rasm
axeksiya holatidagi bemorlar o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga ega (4-rasm). Teri qoplami rangpar, quruq, shalviragan, elastikligi pasaygan, burmali yoki aksincha mumiyoga o‘xshab tortilgan, tana harorati pasaygan. SHu bilan birga oziqlanish yetishmovchiligi belgilari, xeyloz, qizil til, tana vaznining kamayishi, skelet mushaklari atrofiyasi kuzatiladi. Ko‘p hollarda teri osti yog‘ qatlami bo‘lmaydi (4-rasm). Bemorlar tashqi muhitga befarq holda yotadilar, qiyinchilik bilan harakatladilar. Ularda turli xil ruhiy buzilishlar va ichki a’zolarda distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin.
Kechishi bo‘yicha alimentar distrofiyaning uchta bosqichi tafovut etiladi. Ikkinchi bosqichida shish va bir oz gipotermiya kuzatiladi. Shishlar birlamchi hamda ikkilamchi distrofiyada gipoproteinemiya hisobiga plazmaning onkotik bosimi pasayishi tufayli rivojlanadi. Distrofik shishlar tarkibi bo‘yicha transsudatga yaqin, yumshoq, tana holatiga bog‘liq, xarakatchan, siydik cho‘kmasidagi o‘zgarishlarsiz kechadi. Tashqi ko‘rinishdan nefrotik sindromli bemorlarga o‘xshaydi (1-rasm). SHishlar asosan boldir, tovon va yuzda joylashib, kamdan-kam hollarda butun tanaga tarqaladi.
Allergik shishlar
Allergik shishlar ko‘pincha Kvinke shishi, ba’zan esa eshakemi va boshqa allergik kasalliklar (bronxial astma, vazomotor rinit, samonli lixoradka) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Eshakemi va angionevrotik shishlar aksariyat hollarda qizlarda uchraydi. Kasallikni immun va immun bo‘lmagan turlari farqlanadi.
Nafas yo‘llari orqali tushadigan allergenlarga (o‘simlik va boshqa turdagi changlar, akvariumdagi baliqchalar oziqasi, epidermal allergenlar: jun, uy hayvonlarining kepagi va so‘lagi, ot kepagi) eshakemi ko‘rinishidagi reaksiya rivojlanadi. Kasallik dori vositalari (penitsillin va boshqa antibiotiklar, sulfanilamidlar, novokain, atsetilsalitsil kislotasi, V guruhidagi vitaminlar, yod preparatlari, davo zardoblari) ta’sirida, hasharotlar chaqishi, glistli invaziya, lyambliyalar oqibatida rivojlanishi mumkin. Fizik omillar (sovuq, issiq, quyoshda toblanish, cho‘milish), ruhiy ta’sirlar kasallikning rivojlanishi uchun turtki hisoblanadi. Tezkor turdagi allergiyaning birlamchi mediatorlari (gistamin, MRS-A, eozinofil va neytrofillarning xemotoksik hamda bazofilli kallikrinli omillari) semiz hujayra va bazofillardan ajralib, ikkilamchi mediatorlar–kininlar va komplementni avjlantirib, prostoglandin va serotonin ajralib chiqishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda tomirlar o‘tkazuvchanligini oshirib, mahalliy shish rivojlanishiga olib keladi. Allergen bilan aloqada bo‘lgandan keyin bir necha daqiqa o‘tgach, bemor terisida eritema, kuchli qichuvchi urtikar elementlar paydo bo‘ladi. Teridagi toshmalar turli - tuman ko‘rinishga ega: tugunchali, turli kattalikdagi va shakldagi pufakchalar. Oziq-ovqat allergeniga bog‘liq reaksiyada toshmalar toshishidan oldin til, lab, lunj sohalarida sanchilishlar, shish, ko‘pincha qorinda keskin og‘riqlar kuzatiladi, og‘iz va anal teshik atrofida dermatit paydo bo‘ladi. Aksariyat hollarda kon’yunktivit, ba’zan esa hiqildoq shishi oqibatida nafas olishning qiyinlashishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda qayt kilish, kollaps, anafilaktik shok rivojlanadi.
Angionevrotik shish (gigant eshakemi, Kvinke shishi) – teri va teri osti to‘qimasining chuqur qavatlari shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Bu nafaqat terida, balki ichki a’zolar - nafas olish, oshqozon-ichak tizimlaridagi biriktiruvchi to‘qimalarda ham rivojlanishi mumkin. Kasallikning umumiy belgilari: isitma, qo‘zg‘aluvchanlik, artralgiya, kollaps, eozinofiliya ammo siydikda o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Shish aniq chegaralangan ko‘p miqdorda bo‘lib, tananing har kanday qismida, ko‘pincha lunj, lab, ko‘z atrofi, til, qo‘l, oyoq, jinsiy a’zolar sohalarida joylashadi. Unga uchuvchanlik va to‘satdan tananing biror qismida paydo bo‘lish xos. Shishgan to‘qima qattiq elastik konsistensiyaga ega, teri rangi o‘zgarishsiz. Hiqildoq va miya qobiqlari shishi o‘ta havfli hisoblanadi. Kvinke shishi davomiyligi bir necha soatdan bir necha kun, xatto bir necha xaftagacha bo‘lishi mumkin.
Trixinillyozda ko‘pincha yuz, ayrim hollarda esa bo‘yin va tana shishi kuzatiladi. Shishdan tashqari gastroenterit belgilari, miozit, isitmalash, qonda eozinofiliya kuzatiladi. Hasharotlar chaqqanda shish zararlangan sohada hosil bo‘lib, Kvinke shishi ko‘rinishida kechishi mumkin.
Nasliy angionevrotik shishlar teri va shilliq qavatlarni qaytalovchi shishi ko‘rinishida kechib, tananing turli qismida (yuzda, oyoq-qo‘llarda, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak va urogenital tizim shilliq qavatida) paydo bo‘ladi va 48–72 soatdan keyin yo‘qoladi. SHishgan to‘qimada og‘riq, giperemiya va qichish kuzatilmaydi. Bunday shishlarni davolashda antigistamin va kortikosteroid dori vositalari samara bermaydi. Jarohatlanish, jismoniy zo‘riqish, mexanik bosim, jinsiy aloqada bo‘lish, tug‘ruq, xayz ko‘rish, tish oldirish va boshqa holatlar angionevrotik shishlarning qo‘zg‘alishiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Kasallik oilaviy xususiyatga ega bo‘lib, komplementning birinchi komponenti (S1-ingibitori) ingibitorini irsiy nuqsoni sababli kelib chiqadi. Shuningdek, orttirilgan S1-ingibitori nuqsoni ham mavjud bo‘lib, bu yolg‘on nasliy angionevrotik shish deyiladi.
Dori vositalar ta’sirida rivojlanadigan shishlar
Uzoq vaqt davomida analgetik (butadion, reopirin, naproksen, ibuprofen, indometatsin, diklofenak natriy), ayrim gipotenziv vositalar (ismelin, izobarin, klofelin), BAB, KA, GKS, jinsiy gormonlar (estrogen, progesteron, testosteron), antidepressantlar (nialamid, sidnofen, indolan) qabul qilganda shishlar rivojlanishi mumkin. Dori vositalariga sensibilizatsiya natijasida yuzaga keladigan allergik shishlar bu guruhga kirmaydi. Odatda, ko‘rinarli (barmoq bilan bosganda iz qoladigan) shishlar kuzatilmaydi, lekin dorilarni gormon almashinuviga ta’sirida organizmda suyuqlik ushlanib qolinishi natijasida diurezni kamayishi va to‘qimalar shishi kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda siydik tarkibi o‘zgarmaydi. Shishlar ertalablari qovoq va yuz sohasida paydo bo‘lib, yumshoq konsistensiyaga ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda shishlar boldir va tovon atrofida joylashadi. Dori bekor qilingandan keyin ular o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lgan shishlar
Yallig‘lanish shishlari chegaralangan bo‘lib, furunkul, karbunkul, flegmona va boshqa yiringli o‘choqlar atrofida joylashadi. Shish ko‘p miqdorda vodorod ionlari to‘plangan yallig‘lanish o‘chog‘iga tomirlardan qonning suyuq qismi sizib chiqishi natijasida paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish shishlari ustida teri qizargan, tinch holatda yoki paypaslaganda og‘riq, simmetrik sohaga nisbatan mahalliy harorati ko‘tarilgan. Ular odatda bitta qo‘lda yoki oyoqda rivojlanadi. Siydik cho‘kmasida deyarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ayrim hollarda intoksikatsiya hisobiga harorat ko‘tarilishi va o‘tib ketuvchi proteinuriya (oqsil izi ko‘rinishida) aniqlanishi mumkin.
Miksedemadagi shishlar
Miksedemali shishlar yaqqol ifodalangan birlamchi yoki ikkilamchi gipotiriozda kuzatilib, organizmda tireoid gormonlar etishmovchiligi sababli yuzaga keladi. Bunda to‘qima gipofilligi oshadi va me’yordan ortiq shishadi. Birlamchi gipotireoz ayollar orasida ko‘proq uchraydi. Uyquchanlik, uvushish, holsizlik, kam harakatchanlik, xotira pasayishi, gapirishning sekinlashishi, tez charchash, ish qobiliyatining kamayishi, artralgiyalar, yuz va oyoq-qo‘llarda o‘ziga xos shish paydo bo‘lishi uning asosiy klinik belgilaridir. Qo‘l va oyoqlardagi shishlar zich bo‘lib, bosganda iz qolmaydi. Yuz va qovoqlarda ham bir oz shish kuzatiladi. Shish suyuqligi shilliqni eslatgani sababli u shilliqli shish-miksedema deb atalgan. Teri qoplami quruq, rangpar, sarg‘ish tusda. Til qalinlashgan, chetlarida tish izlari mavjud. Bemor tovushi xirillagan, soch sinuvchanligi, bosh va qoshning lateral qismi hamda chov sochlari to‘kilishi kuzatiladi. Tana harorati past. Yurak tonlari bo‘g‘iq, bradikardiya, ayrim hollarda yurak urish soni me’yorida yoki taxikardiya aniqlanadi. Qon bosimi pasaygan, 10-20% hollarda gipertenziya kuzatilib, tireoid dori vositalar bilan davolaganda yaxshi samara beradi. Bemorlarda gipoxrom temir etishmovchiligi kamqonliksi rivojlanadi. Ba’zan birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda laktoreya va amenoreya rivojlanishi mumkin. Ikkilamchi gipotireoz gipofiz faoliyatini qisman yoki butunlay buzilishi bilan birga kechadi (pan-gipopituitarizm). Miksedema to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot bilan «Qalqonsimon bez kasalliklari»ga bag‘ishlangan maruzada tanishishingiz mumkin.
Tizimli sklerodermiyadagi shishlar
Terining sklerodermiyadagi shikastlanishi ko‘pincha qo‘l panjalarida va yuzda joylashgan zich shish, induratsiya va atrofiya ko‘rinishida bo‘lib, Reyno sindromi bilan birga kechadi. Jarayon qo‘l panjasi va yuz sohasida joylashib, zichlashgan shish, induratsiya hamda atrofiya bosqichlari tafovut etiladi. Bu kasallikda shish bir necha haftada teridagi induratsiya bilan almashadi. Ushbu bosqichda teri rangi o‘zgaradi (giperpigmentatsiya va depigmentatsiyani almashib kelishi), tomir surati yaqqol ko‘rinib qoladi, asosan yuzda va ko‘krak sohasida teleangiektaziyalar paydo bo‘ladi (5-rasm).
Atrofiya bosqichida esa terining tortishishi, yaltirashi, burunning o‘tkirlashishi, og‘iz atrofida kisetsimon burmalar paydo bo‘lishi va uning ochilishini qiyinlashishi kuzatiladi. Tashhislashni aniqlashda kasallikka xos shish belgilari bilan birga mavjud bo‘lgan boshqa mezonlari ham hisobga olinadi. Teri, milk yoki to‘g‘ri ichakdan bioptat olib mikroskapik tekshirish yo‘li bilan tashhis tasdiqlanadi.
Dermatomiozitdagi shishlar
D
6- rasm
ermatomiozit silliq mushak va terining tizimli yallig‘lanish kasalligi hisoblanadi va ko‘proq elka va toz kamari sohasidagi mushaklarda tinch holatda, harakatda va paypaslaganda og‘riq hamda kuchayib boruvchi holsizlik kabi belgilar bilan kechadi. SHikastlangan mushak zichlashadi, hajmi kattalashib shishadi, ularda faol harakat chegaralanadi. Kasallik rivojlanib borgan sari bemor mustaqil ravishda oyoqlarini ko‘tara olmaydi, boshini yostiqdan ololmaydi va uni tutib tura olmaydi. Qisqa vaqt ichida ular umuman harakatsizlanadilar. Disfoniya, disfagiya, disartriya paydo bo‘ladi. Agar erta davrlarda mushaklar og‘riqli va shishgan bo‘lsa, keyinchalik distrofiya va miolizga uchragan mushak tolalari o‘rnini miofibroz egallaydi va atrofiyaga uchraydi, kontrakturalar, ayrim hollarda kalsinoz rivojlanadi. Paraorbital shish, binafsha rangdagi eritema kasallikning patognomik belgilari hisoblanadi (6-rasm). Diafragma va qovurg‘alararo mushaklar shikastlanishi natijasida nafas etishmovchiligi rivojlanadi. Qon zardobida kreatinfosfokinaza, aminotransferaza fermentlarining oshishi kuzatiladi. Tashhis kasallikka xos klinik belgilar elektrokimografiya va biopsiya natijalariga asoslangan holda qo‘yiladi.
Tizimli sklerodermiyada va dermatomiozit kasalliklari «BTTK»ga bag‘ishlangan ma’ruzada batafsil yoritilgan.
Idiopatik shishlar
Idiopatik shishlar boshqa shishlarni inkor qilish yo‘li bilan tashhislanadi. Asosan reproduktiv yoshdagi ayollarda uchrab, bir kun davomida tana vaznining 2 va undan ko‘proq kilogrammga o‘zgarib turishi bilan namoyon bo‘ladi. Kechga borib boldirning pastki uchdan bir qismida va to‘piq atrofida shish kuzatiladi va issiq havoda kuchayadi. SHu sohada engil qichish kuzatilishi mumkin. Ular yotoq tartibiga rioya qilganda va siydik xaydovchi vositalar qabulidan so‘ng kamayadi. Ayrim hollarda ertalablari qorin, sut bezlari, qo‘l va yuz sohalarida harakatda kamayuvchi shishlar kuzatiladi. Bu shish yuzaga kelishida ortostatik mexanizm muhim axamiyatga ega.
Hayz ko‘rish oldi (davriy) shishlar
Hayz ko‘rish oldi (davriy) shishlar asosan ayollar menstrual siklining ikkinchi yarmida boldir sohasida kuzatiladi. U sikl boshlanishi arafasida yaqqol nomoyon bo‘ladi. Ushbu davrda boshqa belgilar, bosh og‘rishi, holsizlik, uyquning buzilishi, ishtahaning ortishi, ta’sirchanlik ham uchraydi. Ob-havo issiq bo‘lganda hayz oldi shishlari yaqqol ko‘rinadi.
Homiladorlardagi shish
Homiladorlarda shishlar yurak etishmovchiligi, surunkali glomerulonefrit va pielonefritning qo‘zishi va kechki toksikozlar natijasida yuzaga keladi. Homiladorlar istisqosi (vodyankasi) homilaning 30-haftasida, kamdan-kam hollarda 25-haftasida rivojlanadi. Bu kechki toksikozning ilk belgilaridan biri bo‘lib, shishlar oldin oyoqlarda, keyin tashqi jinsiy a’zolarda, qorinning oldingi devorida, bel va yuzda paydo bo‘ladi. Shishgan to‘qima yumshoq va nam. Assit va gidrotoraks kamdan-kam hollarda rivojlanadi. Agar homilador ayolda shish arterial gipertenziya va proteinuriya bilan birga kechsa, preeklasiya haqida o‘ylash lozim.
Oyoqlardagi shishlarni taqqoslama tashhislash
Oyoqlardagi shishlar sababi:
-
chuqur venalarning o‘tkir trombozi;
-
surunkali venoz yetishmovchilik (SVY);
-
limfedema;
-
surunkali arterial yetishmovchilik;
-
qon aylanish yetishmovchiligi (YIK, yurak nuqsonlari, miokarditlar, kardiomiopatiyalar, surunkali o‘pka yuragi);
-
jigar kasalliklari (sirroz, rak);
-
osteoartikulyar kasalliklar (DOA, reaktiv poliartritlar);
-
idiopatik ortostatik shishlar.
Oyoq shishlarining asosiy tashhisiy mezonlari 1-jadvalda keltirilgan.
1 -jadval
Kasallik
|
Shishning paydo bo‘lish vaqti va xususiyati
|
Shish joylashuvi
|
Qo‘shimcha mezonlar
|
Chuqur venalarning o‘tkir trombozi
|
Tromboz rivojlanganda paydo bo‘ladi. Birinchi kunlari ko‘payib borib, keyinchalik doimiy bo‘lib qoladi
|
Boldir yoki son- boldir (trombozni joylashgan joyiga bog‘liq) sohasida
|
Shish to‘satdan paydo bo‘ladi.
Og‘riq bilan birga kechadi
Shikastlanish ko‘pincha bir tomonlama.
Venalar varikoz kengayishi kam uchraydi
|
SVY: varikoz kasalligi
|
O‘tib ketuvchi va ko‘proq kunning ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi
|
Boldirning pastki uchdan bir qismi, to‘piq oldi sohasi
|
Venalar varikoz kengayishi xos bo‘lib, ko‘pincha ikki tomonlama bo‘ladi
|
SVY: tromboflebitdan keyingi kasallik
|
Doimiy
|
Boldir yoki son- boldir (trombozni joylashgan joyiga bog‘liq)
|
Kasallik boshlangandan bir necha yil o‘tgach venalar varikoz kengayishi kuzatiladi. Shikasatlanish ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi
|
Limfedema
|
Kunning ikkinchi yarmida (boshlang‘ich bosqichlarida), keyinchalik doimiy bo‘lib qoladi
|
Boldir va oyoq panjasi (sondagi shishlar kasallikning 3–4- bosqichlarida paydo bo‘ladi)
|
SHikastlanish ko‘pincha bir tomonlama bo‘lib, kam hollarda venalar varikoz kengayishi uchraydi
|
Flebolimfedema
|
Kunning ikkinchi yarmida o‘tib ketuvchi
|
Boldirning pastki uchdan bir qismi va oyoq panjasi
|
Venalar varikoz kengayishi uchraydi. Ko‘pincha ikki tomonlama shikastlanish va trofik o‘zgarishlar kuzatiladi
|
Osteoartikulyar kasalliklar
|
O‘tkir davrida paydo bo‘lib, keyinchalik kamayib boradi
|
SHikastlangan bo‘g‘imlar atrofida kuchli og‘riq va ular harakatining chegaralanishi kuzatiladi
|
Yassioyoqlik, Hallux valgus
|
Ichki a’zolar kasalliklari
|
Shishlar doimiy bo‘lib, paydo bo‘lish vaqti asosiy kasallikning rivojlanish darajasiga bog‘liq
|
Boldirning pastki qismi
|
Doimo ikki tomonlama;
Asosiy kasallik belgilari yaqqol namoyon bo‘ladi
|
Surunkali arterial yetishmovchilik
|
Kritik ishemiya holatida doimiy subfassial shish kuzatiladi
|
Boldir (son hech qachon shishmaydi)
|
Kasallik ko‘pincha erkaklar orasida uchraydi va doimo arterial ishemiya belgilari mavjud bo‘ladi
|
Idiopatik ortostatik shishlar
|
Vertikal holatda paydo bo‘lib, o‘tib ketuvchi xarakterda
|
Boldirning pastki qismi
|
20–30 yoshdagi ayollarda uchraydi
|
Lipedema
|
O‘smirlik yoki navqiron yoshda
|
Boldir
|
Ayollar orqali nasldan-naslga uzatiladi va
boldirni paypaslaganda og‘riq hissi paydo bo‘ladi
|
V
7- rasm
enoz shishlar
Venoz shishlar aksariyat hollarda chuqur venalar trombozi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘tkir va surunkali kechishi mumkin. O‘tkir tromboz uchun shish sohasi paypaslanganda og‘riq bezovta qilishi va iz qolishi hamda uning to‘satdan yuzaga kelishi xos. Bemorlar qisqa vaqt ichida bir oyog‘i ikkinchisiga nisbatan bir necha barobar kattalashganini ta’kidlaydilar (7-rasm). Kasallik boshida shish rivojlanib boruvchi bo‘lib tiqiluvchi og‘riq bilan birga kechadi. SHikastlangan oyoqning son va chov sohasida vena surati paydo bo‘ladi. Bir necha haftadan keyin trombotik hosilalarning rekanalizatsiyasi va chuqur venalar o‘tkazuvchanligini bir oz tiklanganligi sababli shishlar regressiyaga uchraydi, lekin to‘liq yo‘qolmaydi. Venoz trombozlar ko‘pincha bitta oyoqning boldir va son sohalarini egallaydi. Bu holat iliofemoral venoz trombozi deb yuritiladi.
Surunkali venoz yetishmovchilik
S
8- rasm
VYda filtratsiya tezligi deyarli o‘zgarmaydi va shu sababli shish paydo bo‘lishida reabsorbsiya va limfa oqimi buzilishi asosiy ahamiyatga ega. Venoz dimlanishda reabsorbsiya qiyinlashadi va to‘qimalar aro suyuqlik miqdori oshadi. Ortiqcha suyuqlik ma’lum vaqtgacha limfatik kapillyarlar orqali olib chiqiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu nozik muvozanat buziladi, limfa tizimining zahira imkoniyatlari etishmovchiligi yuzaga keladi va natijada shish rivojlanadi. SVY mavjud bo‘lgan bemorlarda shish paydo bo‘lishiga olib keluvchi omillardan biri limfa tizimining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlari deb hisoblash mumkin.
Bu sindrom oyoqlarning varikoz yoki posttromboflebitik kasalliklarida kuzatiladi. Ularda klinik manzara o‘xshash bo‘lishiga qaramasdan, shish sindromining paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Varikoz kasalligida shishlar ma’lum bir sabablarga ko‘ra bemor o‘z vaqtida monand davo olmaganda rivojlanadi. Bunda aksariyat hollarda jarayon ikki tomonlama bo‘lib, oyoqlar yuzaki venalarining tugunli transformatsiyasi kuzatiladi. Shishlar venalarda birinchi varikoz o‘zgarishlar paydo bo‘lgandan keyin bir necha yil o‘tgach paydo bo‘ladi. U kunning ikkinchi yarmida to‘piq atrofida va boldirning pastki qismlarida aniqlanadi. Ayrim hollarda shishlarni aniqlash qiyin bo‘lib, sub’ektiv belgilarga asoslanishga to‘g‘ri keladi. Bemorlar kechga borib doimiy foydalanib yurgan poyafzallarini noqulaylik yaratayotganiga (o‘lchamning «kichiklashishi»), paypoq izi qolishiga («paypoq» belgisi) shikoyat qiladilar. U o‘tib ketuvchi xususiyatga ega bo‘lib, kechqurungi hordiqdan keyin yo‘qoladi. To‘g‘ri davo olmaganda shishlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Faqat davo choralari kech boshlangan hollarda shish ertalablari ham saqlanib qoladi va uni bartaraf etish uchun bir necha kun davomida yarim yotoq holatda bo‘lish tavsiya etiladi. Varikoz kasalligida son va boldirning mushaklari yaxshi rivojlangan proksimal qismi hech qachon shishmaydi.
P
7-расм
osttromboflebitik kasallikda manzara mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Shish kasallikning ilk belgisi bo‘lib, o‘tkir venoz tromboz davrida paydo bo‘ladi va ma’lum bir miqdorda doimiy saqlanib qoladi. Bir necha yillardan keyin venalarni varikoz trasformatsiyasi kuzatiladi va u ikkilamchi hisoblanadi. Bunda shishlar doimiy bo‘lib, ko‘pincha nafaqat boldirni, balki sonni ham egallaydi.
SVYning qo‘shimcha belgilaridan yana bittasi yuza to‘qimalardagi trofik o‘zgarishlar (giperpigmentatsiya, lipodermatoskleroz, trofik yara) bo‘lib, bu belgilar o‘tkir venoz trombozda hech qachon kuzatilmaydi (8-rasm). Stemmer belgisi SVY ni tashhislashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bemorlarda ikkinchi barmoq asosidagi terini burmaga yig‘ish mumkin (manfiy belgi). Tovonda shish va musbat Stemmer belgisi limfatik tizimni tug‘ma yoki orttirilgan (saramas, limfangitdan so‘ng) shikastlanganligidan dalolat beradi.
Limfatik shishlar
Limfa oqimining buzilishi 80-90% hollarda ayollarda uchraydi. Ular tug‘ma (birlamchi limfedema) xususiyatga ega bo‘lib, bolalik, o‘smirlik yoki navqiron (30 yoshgacha) yoshda yuzaga chiqadi. Birlamchi limfatik shishlar asosan 10-40 yosh oralig‘ida ko‘p kuzatiladi va bir tomonlama bo‘lib, limfatik tomirlar rivojlanishi anomaliyasida kuzatiladi. Bunga surunkali shish bilan namoyon bo‘ladigan nasliy limfa tugunlari nuqsoni bilan bog‘liq Nonpe- Meyge- Milloy kasalligi kiradi.
Kasallik boshlanishida shishlar o‘tib ketuvchi xususiyatga ega bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida tovon va boldir sohasida paydo bo‘ladi (9-rasm). Ayrim hollarda kasallik belgilari bir necha xafta yoki oyga yo‘qoladi. Keyinchalik shishlar doimiy va butun oyoqni egallashi hamda tovonni yostiqsimon shishi kuzatilishi mumkin. Birlamchi limfedemada venalarni varikoz kengayishi kam qayd etiladi. Limfatik shishlar doimiy va oyoqni ko‘tarib yotganda kam regressga uchraydi. Shishgan soha terisi “apelsin po‘stlog‘i” ga o‘xshab qalinlashadi va palpatsiyada og‘riqli bo‘ladi.
I
10- rasm
kkilamchi limfedema bir necha bor o‘tkazilgan saramas kasalligi oqibatida rivojlanadi. Bunda shishlar kasallik ikkinchi yoki uchinchi marta qaytalagandan so‘ng paydo bo‘lib, keyinchalik doimiy saqlanib qoladi. Saramassimon yallig‘lanish ko‘pincha SVY bor bemorlarda kuzatiladi, shuning uchun infeksiyadan keyin rivojlangan ikkilamchi limfedemada vena tizimi kasalliklariga xos belgilar, venalarni varikoz kengayishi, teri va teri osti to‘qimasidagi trofik o‘zgarishlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |