Toshkent tibbiyot akademiyasi uasht ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi


Sh i sh s i n d r o m i, t a sh h i s l a sh



Download 8,43 Mb.
bet2/5
Sana01.03.2017
Hajmi8,43 Mb.
#3590
1   2   3   4   5

Sh i sh s i n d r o m i, t a sh h i s l a sh

v a d a v o l a sh

Dorilarni kasallikning so‘nggi bosqichlarida



emas, balki ilk davrlarida qo‘llagan afzaldir”

Publiliy Sir


Shish - organizm to‘qimasi va seroz bo‘shliqlarida me’yordan ortiq suyuqlik yig‘ilishidir. Bu sindrom to‘qima hajmi va vaznining oshishi, seroz bo‘shliqlar sig‘imining kamayishi, shishgan to‘qima va a’zolar faoliyatining buzilishi bilan kechadi. Organizmdagi suv-tuz almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan umumiy (tarqalgan) va tananing ma’lum bir chegaralangan qismida suyuqlik ushlanib qolishi oqibatida rivojlanadigan mahalliy (chegaralangan) shishlar farqlanadi.


Umumiy shish rivojlanishida buyrak orqali ko‘p miqdorda natriy va suv ushlanib qolishining murakkab mexanizmlari sabab bo‘ladi. Bunda tuz va suv almashinuvini gormonlar tomonidan boshqarilishini buzilishi, jumladan, vazopressin va aldesteronni ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi muhim ahamiyatga ega. Mahalliy suv almashuvi muvozanatining buzilishi asosida kapillyarlarda gidrostatik bosim (yurak etishmovchiligida) hamda ular o‘tkazuvchanligining oshishi (allergiyada), qon zardobida onkotik bosimning kamayishi (kaxeksiyada va buyrakning ayrim kasalliklarida) va limfa oqimining buzilishi yotadi. Har bir kasallikda shish sindromi o‘ziga xos klinik ko‘rinishda kechib, u tashhis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Umumiy shishlar yurakning surunkali etishmovchiligida, kaxeksiyada, buyrak zararlanishlarida, gipotireozda va ayrim neyroendokrin kasalliklarda kuzatiladi. To‘qimalardagi mahalliy shish venalarda tromb tiqilib qolishi (tromboflebit, flebotromboz), limfostaz, mahalliy allergik reaksiyalar (Kvink shishi), o‘choqli yallig‘lanishlar natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, mahalliy shishlarga miya va o‘pka shishi ham kiradi.

Shunday qilib, mahalliy suv muvozanatining buzilishiga olib keladigan asosiy omillar quyidagilardir:



1. Kapillyarlarda gidrostatik bosimning oshishi.

2. Qon zardobida onkotik bosimning kamayishi.

3. Interstitsial suyuqlikning onkotik bosimining oshishi.

4. To‘qima mexanik bosimining pasayishi.

5. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligining oshishi.

6. Limfa oqimining buzilishi.

Bemor organizmida 3-5 litrdan ortiq suyuqlik ushlanib qolingandagina umumiy shish belgilari kuzatiladi. Periferik shishlar oyoq yoki tana qismi va teri osti to‘qima hajmining oshishi, ular elastikligining kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Terini bir oz shishishi salqish (pastozlik) deyiladi. Paypaslaganda teri xamirsimon konstitensiyaga ega, bosganda chuqurcha qoladi. Agar barmoq bilan bosganda, chuqurcha qolmasa shishni soxta deyish mumkin. Bunday shishlar miksedemada, sklerodermiyada va semirishda kuzatiladi. Agar yallig‘lanish asoratlari bo‘lmasa, shish sindromida teri rangpar yoki ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Massiv shishlarda asosan oyoqlar shishida teri atrofik, yaltiroq ko‘rinish kasb etib, ba’zan suv oqayotgan pufakchalar yoki yoriqlar bilan qoplanadi. SHish sindromini biror bir kasallik belgisi sifatida baholashdan oldin uning birlamchi joyini (tovon, boldir, bitta yoki ikkita oyoq, yuz), paydo bo‘lish sharoitini (uzoq tik turish, allergenlar ta’siridan keyin, dori qabul qilish va boshqalar), yurak, buyrak, jigar va boshqa a’zolar kasalliklari belgilari bor yo‘qligini aniqlash lozim. Kelib chiqish sababiga ko‘ra shish sindromi turli xil darajada rivojlangan bo‘ladi. Ayrim hollarda bir oz shish yuz va oyoq ustida paydo bo‘lsa, boshqa holatda bemorlarni sinchiklab ko‘rganda aniqlanadi, ba’zan esa keskin rivojlangan, massiv shishlar anasarka, assit, gidrotoraks, gidroperikard ko‘rinishida bo‘lib, bu ko‘pincha nefrotik sindrom rivojlanganidan dalolat beradi.



Shish sindromi rivojlanishining asosiy sabablari

I. Umumiy shishlar:

  1. yurak kasalliklari;

  2. buyrak kasalliklari;

  3. jigar kasalliklari;

  4. gipoproteinemik shishlar;

  5. idiopatik shishlar.

II. Mahalliy shishlar:

A. Venoz shishlar:

  1. chuqur venalarni o‘tkir trombozi;

  2. surunkali venoz etishmovchiligi;

  3. venoz obstruksiya.


B. Limfatik shishlar:

  1. idiopatik limfatik shishlar: a) tug‘ma idiopatik limfatik shishlar; b) erta paydo bo‘lgan limfatik shishlar;

  2. yallig‘lanish sababli paydo bo‘lgan limfatik shishlar;

  3. obstruksiyali limfatik shishlar.

V. YOg‘li shishlar:

G. Boshqa turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan shishlar:

  1. ortostatik shishlar;

  2. arterio-venoz shishlar;

  3. tomirda o‘tkazilgan operatsiyalardan keyingi shishlar;

  4. suyak-mushak tizimi shikastlanishi natijasida yuzaga kelgan shishlar: a) mushak tizimi patologiyasi; b) pay qinining yallig‘lanishi; v) suyaklar sinishi; g) Beyker kafti;

  5. reflektor simpatik distrofiya;

  6. asab tizimi kasalliklari natijasida yuzaga keladigan shishlar;

  7. allergik shishlar;

  8. tug‘ma angionevrotik shishlar;

  9. predmenstrual shishlar.

III. Dori vositalarini qabul qilish natijasida yuzaga keladigan shishlar:

a) gormonlar (kortikosteroidlar, ayollar jinsiy gormonlari, esterogenlar, progesteronlar, testosteron);

b) gipotenziv vositalar (rauvolfi alkaloidlari, apressin, oktadin, metildofa, β-blokatorlar, klofellin, minoksidil, kalsiy kanallari blokatorlari);

v) yallig‘lanishga qarshi vositalar (butadion, naproksen, ibuprofen, indometatsin);

g) boshqa dori vositalar (antidepressantlar, midantan).

IV. Soxta shishlar:


  1. miksedema;

  2. sistemali sklerodermiya;

3. dermatomiozit.

Quyida biz UAV faoliyatida ko‘p uchraydigan shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.


Yurak kasalliklaridagi shishlar

Yurak kasalliklaridagi shishlar uning mushaklari holsizligi (etishmovchiligi, o‘z ishini bajara olmasligi) natijasida yuzaga keladi. SHish sindromi yurak–qon tomir kasalliklarining klinik belgilaridan biri yoki ularning asorati ko‘rinishida kechadi. Aksariyat hollarda shish qon aylanish etishmovchiligi rivojlanganda kuzatiladi. Uning klinik belgilari uzoq vaqt davom etgan miokardning sistolik (kardiomiotsitlar sonining kamayishi oqibatida uning qisqaruvchanligining buzilishi) yoki diastolik (uning gipertrofiyasi va bo‘shashish faoliyatining buzilishi) va sistola- diastolik disfunksiyasidan keyin paydo bo‘ladi. Qon aylanish etishmovchiligi – patologik holat bo‘lib, yurak- qon tomir tizimi organizm va to‘qimalarni avval talabi oshgan vaqtda (jismoniy va emotsional zo‘riqishda) keyinchalik tinch holatda ham etarli darajada qon hamda kislorod bilan ta’minlay olmasligidir. Yurak kasalliklaridagi shishlar mahalliy (yurak astmasi (YA), o‘pka shishi (O‘SH)) va tarqalgan (surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi (SQAY)) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.



Yurak kasalliklari sababli paydo bo‘lgan shishlarning rivojlanish sabablari:

  • miokard shikastlanishi: miokarditlar, dilatatsion kardiomiopatiya, miokardiodistrofiya, yurak ishemik kasalligi;

  • yurak mushaklarini bosim ta’sirida zo‘riqishi: arterial gipertenziya (tizimli va o‘pka gipertenziyasi), aortal stenoz (qopqoq osti, qopqoqli, qopqoq usti), o‘pka arteriyasi kirish qismining torayishi;

  • yurak mushaklarini hajm bilan zo‘riqishi: aortal va mitral regurgitatsiya; qorinchalar aro to‘siq nuqsoni; ochiq arterial yo‘lak;

  • yurak mushaklarining kombinatsiyalangan (aralash) zo‘riqishi: yuqoridagi ikkinchi va uchinchi guruh sabablarni birgalikda kelishi, murakkab tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari;

  • qorinchalar diastolik to‘lishining buzilishi: gipertrofik kardiomiopatiya, gipertonik yurak (chap qorincha dilatatsiyasi bo‘lmaganda); restriktiv kardiomiopatiya, mitral stenoz, perikard bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda suyuqlik mavjudligi (ekssudat yoki transsudat), konstriktiv perikardit;

  • yurakning qon otish hajmi ortishi bilan kechadigan holatlar: tireotoksikoz, yuqori darajadagi kamqonlik, jigar sirrozi.

Rivojlanish tezligiga ko‘ra o‘tkir (bir necha daqiqa va soat davomida) va surunkali (bir necha hafta va oylar davomida) qon aylanish etishmovchiligi tafovut etiladi. O‘tkir qon aylanish etishmovchiligi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot «Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar»ga bag‘ishlangan ma’ruzada keng yoritilgan.

Surunkali qon aylanishi etishmovchiligi

SQAY bir qator kasalliklar oqibatida yuzaga kelgan chap va o‘ng tomonlama hamda total yurak etishmovchiligi natijasida kuzatilib hansirash, tez charchash, periferik shishlar hamda yurak faoliyati (ritmi va o‘tqazuvchanligi) buzilishi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi.



Chap tomonlama yurak etishmovchiligi o‘pkada dimlanish, arterial gipotenziya va periferik to‘qimalarda modda almashinuvi buzilishi ko‘rinishida kechuvchi vazokonstriksiya belgilari bilan kechadi. Periferik shishlar, assit, markaziy venoz bosimning oshishi o‘ng tomonlama yurak yetishmovchiligidan dalolat beradi.

SQAY ning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, biz quyida amaliyotda keng qo‘llaniladiganlariga to‘xtalib o‘tishdan oldin 1-rasmda kichik va katta qon aylanish doiralarini keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik.



1-o‘pka kapillyarlari, 2-o‘ng o‘pka venalari, 3-yuqori kavak venasi, 4-aorta, 5-o‘ng bo‘lmacha, 6-o‘ng qorincha, 7-umumiy jigar arteriyasi, 8-ko‘krak limfa yo‘li, 9-jigar venalari, 10-jigar kapillyarlari, 11-jigar darvozasi venasi, 12-buyrak venasi, 13-buyrak kapillyarlari, 14-buyrak arteriyasi, 15-pastki kavak venasi, 16-ichak tutqich venasi, 17-tananing pastki qismi va oyoqlar kapillyari, 18-ichak kapillyari, 19-ichak tutqich arteriyasi, 20-taloq venasi, 21-aorta, 22-taloq kapillyari, 23-taloq arteriyasi, 24-me’da kapillyari, 25-me’da arteriyasi, 26-qorinning arterial stvoli, 27-chap qorincha, 28-chap bo‘lmacha, 29-chap o‘pka venalari, 30-o‘pka arteriya stvoli, 31-ichki uyqu arteriyasi, 32-tananing yuqori qismi,bo‘yin va qo‘llaning kapillyari.

N.D.Strajesko va V.X.Vasilenko takliflariga ko‘ra SQAY uchta bosqichga bo‘lingan.



I bosqich – boshlang‘ich: SQAY ning yashirin davri bo‘lib, sub’ektiv belgilari (hansirash, taxikardiya, bir oz ko‘karish, charchash) ma’lum bir jismoniy zo‘riqishlardan keyin paydo bo‘ladi. Tinch holatda gemodinamik buzilishlar kuzatilmaydi.

II – A bosqich: SQAEning klinik belgilari tinch holatda biroz bezovta 1-rasm. Kichik va kata qon aylanish doirasi qiladi, jismoniy zo‘riqishga chidamlilik kamayadi, katta yoki kichik qon aylanish doiralarida uncha kuchli bo‘lmagan gemodinamik buzilishlar, bo‘g‘ilish xurujlari, ikkilamchi o‘pka giperteziyasining rengenografik, ayrim hollarda elektrokardiografik belgilari, shishlar paydo bo‘lishi va jigarning yaqqol bo‘lmagan kattalashishi kuzatiladi. Karodiomegaliya va xilpillovchi aritmiya ushbu bosqichning asosiy belgisi bo‘lishi mumkin.

II – B bosqich: SQAY ning klinik belgilari tinch holatda ham yaqqol namoyon bo‘ladi, katta hamda kichik qon aylanish doiralarida kuchli gemodinamik buzilishlar kuzatiladi. Yurak astmasi xurujlari tez–tez qaytalanadi. Doimiy periferik yoki bo‘shliqlarda qaytalanuvchi shishlar paydo bo‘ladi. Jigar turg‘un kattalashadi va davolash natijasida bir oz kichraysa ham, lekin o‘z holiga qaytmaydi.

III – terminal bosqich: bir oz xarakat yoki tinch holatda ham og‘ir gemodinamik siljishlar, a’zo va to‘qimalardagi chuqur, qaytmas distrofik o‘zgarishlar hamda modda almashinuvining buzilishi kuzatiladi.

Oxirgi yillarda Nyu-York kardiologlari uyushmasi tomonidan tavsiya qilingan SQAY klassifikatsiyasi amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Unga ko‘ra qon aylanish etishmovchiligining to‘rtta sinfi tafovut etiladi.



  1. sinf – chap qorinchaning belgilarsiz disfunksiyasi: yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy harakatlar chegaralanmagan;

  2. sinf – engil yurak etishmovchiligi: yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy harakat bir oz chegaralangan;

  3. sinf – o‘rta og‘irlik darajadagi yurak yetishmovchiligi: yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy xarakat sezilarli chegaralangan;

  4. sinf – og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi: yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda yengil harakat ham noxushlik chaqiradi.

SQAY ning erta belgilaridan biri asta-sekin zo‘rayib boruvchi holsizlik hisoblanadi. Uning asosiy sabablaridan biri vazospazm oqibatida tana mushaklarining qon bilan ta’minlanishining buzilishidir. SQAE da shishlar odatda asta-sekin rivojlanib, asosan simmetrik ravishda to‘piq va boldir atrofida, yotoq bemorlarda esa elka, bel va quymich sohalarida joylashadi. Ushlab ko‘rganda teri sovuq, ko‘kargan, shishlar uzoq davom etganda esa, shu soha teri qoplamining elastikligi yo‘qoladi. Yurak shishlari odatda zich bo‘lib, barmoq bilan bosganda uzoq saqlanib qoluvchi chuqurcha qoladi, tana holati o‘zgargarishiga mutanosib ravishda sekin siljiydi. Shishlar nisbatan ko‘p yoki oz muddat davom etgan hansirash davridan keyin yuzaga keladi. Ko‘pincha teri va teri osti to‘qimasi shishi, assit, gidrotoraks (asosan o‘ng tomonlama) bilan birga kechadi. Bundan tashqari, yurak etishmovchiligining boshqa belgilari – bo‘yin venalari bo‘rtishi, hansirash, jigar kattalashishi ham kuzatiladi. Ob’yektiv ko‘rikda yurakning bevosita shikastlanish belgilari (chegaralarini kattalashishi, aritmiyalar, I tonni susayishi, patologik III, IV tonlar va shovqinlar paydo bo‘lishi) aniqlanadi. Ushbu guruh bemorlarda kasallikning erta davrlarida nisbiy nikturiya kuzatilib, siydik cho‘kmasida o‘zgarishlar aniqlanmasligi, keyinchalik esa «dimlangan buyrak» belgilari rivojlanishi mumkin. Bu hollarda etarli darajada solishtirma og‘irlikka ega bo‘lgan siydik cho‘kmasida bir promillidan ko‘p bo‘lmagan proteinuriya va engil o‘zgarishlar aniqlanadi.

Yurak kasalliklari natijasida paydo bo‘lgan shish mavjud bo‘lgan bemorlar EKG sida asosiy kasallikka xos belgilar - yurakning turli bo‘limlari gipertrofiyasi va zo‘riqishi, ritm hamda qo‘zg‘aluvchanligi buzilishi, chandiqli o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikning erta davrlarida o‘tqazilgan yuklamali sinamalar musbat bo‘lishi, bemorlarni jismoniy yuklamaga chidamliligi kamayishi va uning ta’sirida gemodinamik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi SQAY paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.

Rentgenografiya yordamida esa kardiomegaliya (kardiotorakal indeksning 50% dan yuqori bo‘lishi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash «Kardiomegaliya»ga bag‘ishlangan ma’ruzada keltirilgan), aortaning kengayishi va kalsinozi, turli darajadagi kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilari (o‘pka arterial gipertenziyasi va venoz dimlanish belgilari, gidrotoraks, o‘pkaning ikkilamchi obstruktiv emfizemasi) aniqlanadi. So‘ngi yillarda yurak faoliyatini baholashda keng qo‘llaniladigan tekshirish usullaridan biri ExoKG hisoblanadi. Uning yordamida SQAY olib kelgan yurakdagi o‘zgarishlar va funksional holati (tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, miokard gipertrofiyasi, bo‘shliqlarining kengayishi, anevrizmasi, sistolik va diastolik disfunksiya, chap qorinchaning qon otib berish hajmi va boshqalar) aniqlanadi.

SQAY keng tarqalgan asorat bo‘lganligi va unga chalingan bemorlarning doimiy davoga muxtojligini inobatga olgan holda, UAV uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida quyida uning asosiy mezonlari alohida keltirildi:



  • jismoniy zo‘riqish vaqtida (ayrim xollarda tinch xolatda) havo etishmaslik hissi va quruq yo‘tal;

  • tungi havo etishmaslik hissi yoki nafas qisish xurujlari;

  • o‘pkaning pastki qismlarida (o‘pka shishi rivojlanganda ikki tomonlama butun o‘pka yuzasi bo‘ylab) jarangsiz kichik pufakchali nam xirillashlar;

  • kardiomegaliya;

  • protodiastolik galop ritmi (patologik III-ton);

  • bo‘yin venalarining bo‘rtib chiqishi;

  • gidrotoraks (aksariyat hollarda o‘ng tomonlama), ba’zan gidroperekard;

  • shishlar (uning hususiyatlari yuqorida keltirilgan);

  • gepatomegaliya;

  • yurak qisqarishlari sonini me’yoridan oshishi;

  • laborator va asbobiy tekshirishda asosiy kasallikka xos o‘zgarishlar;

  • davolash natijasida bemor tana vaznining qisqa vaqt ichida 4 kg. va undan ko‘pga kamayishi.

Buyrak kasalliklarida uchraydigan shishlar

Buyrak shishlari nefrotik sindrom (NFS) bilan namoyon bo‘ladigan o‘tkir va surunkali glomerulonefritlarda, buyrak shikastlanishi bilan kechadigan biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (BTTK) hamda amiloidozlarda, diabetik glomeruloskleroz, homiladorlar nefropatiyasida va vaskulitlarda kuzatiladi. NFSga shishdan tashqari yuqori proteinuriya (kuniga 3,5 g dan ko‘p), gipoproteinemiya, disproteinemiya, giperlipidemiya kabi belgilar xos. «Nefrotik sindrom» to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot unga bag‘ishlangan ma’ruzada keng yoritilgan.



Buyrak shishlari quyidagi klinik xususiyatlarga ega:

    • shishlarning paydo bo‘lishi diurezni kamayishi bilan birga kechadi (kundalik diurez 500 ml. va undan kam);

    • tana vazni nisbatan qisqa vaqt ichida (suyuqlik ushlanib qolinishi natijasida) keskin oshadi;
      1-расм


    • teri osti to‘qimasi shishi avval chegaralangan mahalliy, keyinchalik (ayrim hollarda juda tez) esa tarqalib anasarka darajasigacha etadi. SHish yuzdan (ko‘z atrofida, qovoqlarda, yonoqlarda) boshlanib tana va oyoqlarga tarqaladi (2-rasm);

    • suyuqlikning bo‘shliqlarda yig‘ilishi (gidrotoraks, gidroperikard, assit)- ko‘pincha assit, ba’zan gidrotoraks kuzatiladi;

    • aksariyat hollarda ichki a’zolar shishi rivojlanadi (yurak, jigar, o‘pka, buyrak, miya) va natijada uning joylashishiga ko‘ra klinik belgilar yuzaga keladi;

    • n
      2-rasm
      efritik shishlar tez paydo bo‘lish va tez qaytish xususiyatiga ega. S
      hishgan soha teri qoplami rangparligi, dag‘allashishi va haroratining me’yoridaligi kuzatiladi. Yaqqol namoyon bo‘lgan shishlarda teri va uning hosilalari distrofiyasi kuzatiladi: epidermis qipiqlashadi, teri quruq, yumshoq, atrofik, ayrim hollarda yaltiroq, tirnoq va sochlar sinuvchan va xiralashgan bo‘ladi;

    • shishlar nafaqat yuzda, qovoqlar atrofida (yuz shishishi asosan ertalab kuchli), balki oyoqlarda, bel sohasida, jinsiy a’zolarda, qorinning oldingi devorida ham joylashadi. Ular odatda yumshoq, xamirsimon, tana holati o‘zgarishiga mutanosib ravishda tez siljiydi va barmoq bilan bosganda qisqa vaqt ichida o‘z holatiga qaytuvchi chuqurcha qoldiradi. Aksariyat bemorlarda hansirash kuzatilmaydi va jigar kattalashmaydi.

    • anasarkada oyoqlarda teri osti yog‘ qatlami cho‘zilib pufakchalar hosil bo‘ladi, epidermis ko‘chib, teri yorilishi va suyuqlik oqishi kuzatiladi. Bunday hollarda infeksiya qo‘shilishi natijasida saramas va flegmona rivojlanishi mumkin;

    • siydik tekshirilganda proteinuriya, gematuriya, silindruriya va yaqqol namoyon bo‘lmagan leykotsituriya aniqlanadi;

    • qonda kamqonlik belgilari, gipoproteinemiya, disproteinemiya, giperxolesterinemiya, ECHT, fibrinogen, IgM, antistreptolizin –O , SRO, α- va γ -globulinlar miqdorining oshishi, IgG kamayishi kuzatiladi.

Ushbu xususiyatga ega bo‘lgan shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar «Siydik cho‘kmasidagi o‘zgarishlar»ga bag‘ishlangan ma’ruzada yoritilgan.
Jigar kasalliklaridagi shishlar

Agar shishlar jigar zararlanishi natijasida rivojlansa, bemor anamnezida o‘tkazilgan virusli gepatit, alkogolizm, toksik ta’sirlar aniqlanadi hamda surunkali jigar etishmovchiligi belgilari: o‘rgimchaksimon arteriol gemangiomalar, jigar kafti (eritema), ginekomastiya va qorinning oldingi devorida vena kollaterallari aniqlanadi (3-rasm). Assit va splenomegaliya asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Sirrozda shishlar asosan qorin bo‘shlig‘ida joylashib, assit rivojlanadi, ammo yurak faoliyatining buzilishi va siydik bilan ko‘p miqdorda oqsil ajralishi kuzatilmaydi. Oyoqlarda shishlar nisbatan kam uchraydi.

Assit – suyuqlikning qorin bo‘shlig‘ida yig‘ilishi. Suyuqlik kam bo‘lganda klinik begilarsiz kechadi, uning miqdori ortib borishi bilan qorin bo‘shlig‘i kengayishi, noxush his, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, o‘ng yonboshda og‘riq, respirator buzilishlar kuzatiladi.

O


3-rasm
b’ektiv tekshirishlar yordamida 100 ml. va undan ko‘proq miqdordagi suyuqlikni aniqlash mumkin. Bunda qorinning yon sohalari shishgan, yoki turtib chiqqan, auskultatsiyada «chayqalish shovqini» belgisi, bemor holatini o‘zgartirganda qorin yon tomonlarida bo‘g‘iq perkutor tovush yoki u tizza- tirsak holatida bo‘lganda qorin markazida to‘mtoq tovush paydo bo‘lishi kuzatiladi. Assit tashqi jinsiy a’zolar shishi, kindik va chov churrasi, ko‘pincha o‘ng tomonlama gidrotoraks bilan birga kechishi mumkin. Tashhis jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini baholash, UTT, laparoskopik tekshirish va biopsiya natijalariga asoslangan holda qo‘yiladi. Tashhisiy paratsentez (qorin bo‘shlig‘idan 50-100 ml. va undan ko‘proq suyuqlik olib tekshirish) aniq ma’lumot beradi.

Jigar kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan «Sariqlik»ka bag‘ishlangan ma’ruzada tanishishingiz mumkin.

Oqsil ko‘p yo‘qotilishi bilan kechuvchi enteropatiyalarda kuzatiladigan shishlar

Gipoproteinemik shishlar aksariyat hollarda ko‘p miqdorda oqsil yo‘qotish va kam surilish sindromi bilan kechuvchi enteropatiyalarda kuzatiladi. Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari oqibatida shish rivojlangan bemorlar anamnezida ovqat hazm qilish tizimi faoliyati buzilishiga va gipoproteinemiya holatiga olib keluvchi quyidagi kasalliklar mavjudligi aniqlanadi:



1. Birlamchi ekssudativ enteropatiya (ichak limfangiektaziyasi, Gordon kasalligi) – ko‘pincha yoshlar orasida uchrab, unda ingichka ichak shilliq qavatining ektaziyalangan limfa tomirlari orqali ko‘p mikdorda oqsil yo‘qotilishi kuzatiladi. Kasallikning ilk bosqichlari yashirin kechadi. Uning klinik belgilari oshqozon–ichak shikastlanishi va modda almashinuvi buzilishi simptomlaridan iborat.

Kasallikning asosiy klinik belgilari: yaqqol namoyon bo‘lgan gipoproteinemik assimmetrik shishlar ko‘pincha oyoq, qo‘l, yuz bel sohasida joylashadi, ayrim hollarda anasarka ko‘rinishigacha boradi va qisqa vaqt ichida assit va gidrotoraks rivojlanadi. Diareya shish rivojlanishidan oldin, yoki bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladi. Najasda shilliq va qon aniqlanmaydi. Bemorni qorindagi kuchli og‘riq, polifekaliya, doimo qorinning dam bo‘lishi, quldirashi, ko‘p gaz paydo bo‘lishi bezovta qiladi. Ikkilamchi ekssudativ enteropatiyalarga zo‘rayib boruvchi oqsil etishmovchiligi, tana vaznining keskin kamayishi, shish – assitik sindrom hamda barcha a’zolarda distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi xos. Ichak limfangiktaziyasida shishlar diareyaga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanadi. Kamqonlik bilan birga gipokaliemiya, gipokalsiemiya aniqlanadi. Suyaklarda og‘riq, mushaklar tortishishi, xeylit, tez-tez qon ketish hollari uchraydi. Bemor qonida yaqqol namoyon bo‘lgan gipoproteinemiya, limfotsitlar, IgG, IgF, IgM lar miqdori kamayishi aniqlanadi, gipoxrom kamqonlik kuzatiladi. Tashhis qo‘yishda radioizatop tekshirish usuli va ingichka ichak shilliq qavati biopsiyasi katta ahamiyatga ega;



2. Glyuteinli enteropatiya (seliakiya, spru seliakiyasi) har qanday yoshda rivojlanishi mumkin, lekin ilk belgilari go‘daklik davrida, tarkibida glyutein mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini (yormalar, pechene, non) iste’mol qila boshlagan vaqtda rivojlanadi. Seliakiya yosh bolalarda ham, katta yoshlarda (ko‘pincha 20-40) ham davolanishga bog‘liq holda to‘lqinsimon, avj olish va remissiya davri almashinishi bilan kechadi. Kasallik ich ketish bilan boshlanib, keyinchalik ozib ketish, mushaklarda holsizlik, polifekaliya, temir yetishmovchiligi kamqonligi, shish bilan kechuvchi gipoproteinemiya qo‘shiladi. Bemor najasi suvli yoki kulrang tusda, yog‘li, ko‘pikli, badbo‘y achchiq xidli bo‘lib, suv yuzasiga qalqib chiqadi, tarkibida shilliq va qon aniqlanmaydi. Kuchli meteorizm, qorin old devori turtib ko‘rilganda suv to‘lqini shovqini kuzatiladi.

Ich ketishiga kamqonlik, glossit, milkdan va oshqozon–ichak tizimidan qon ketishi, teri giperkeratozi, mushaklarda holsizlik qo‘shilishi, so‘rilish etishmovchiligi sindromi rivojlanganidan dalolat beradi. Bemorlarda parasteziyalar, tortishish, osteoporoz kuzatiladi. Shish ma’lum bir vaqt davom etgan diareyadan so‘ng avval oyoqni tashqi yuzasida paydo bo‘lib, keyinchalik esa anasarka va bo‘shliqlarda suyuqlik yig‘ilishi bilan kechadi. Tez assit va gidrotoraks rivojlanishi kasallikning asosiy klinik belgisi hisoblanadi. Shish paydo bo‘lishidan oldin yoki aksariyat hollarda u bilan bir vaqtning o‘zida ko‘ngil aynish, qayd qilish, kuchli ich ketishi kuzatiladi. Bemorlarga aglyutenli parhez buyurganda yaxshi samara olish va atrofik o‘zgarishlarni sekin asta qaytishi seliakiyaning muhim tashhisiy mezoni hisoblanadi.



3. Uipl kasalligiga (intestinal lipodistrofiya) ingichka ichak shilliq qavatining gramm musbat batsillasimon tanachalari, “ko‘pikli” makrofaglar bilan infiltratsiyasi, ularda yog‘larning to‘planishi, limfatik tomirlarning kengayishi va kam so‘rilish sindromi rivojlanishi xos. Kasallik 30-50 yoshdagi erkaklar orasida ko‘proq uchraydi. Uning klinik belgilari: subfebril isitma, ko‘chib yuruvchi kichik va katta bo‘g‘imlar poliartriti, oshqozon-ichak tizimi orqali ko‘p miqdorda oqsil yo‘qotish, oziq moddalarni etarli darajada so‘rilmasligi, kamqonlik, limfoadenopatiya, bronxit, plevrit, endokardit, xotirani yomonlashishi, gemorragiya, tugunchali eritema, teri qoplamida jigarrang pigmentatsiyalar paydo bo‘lishi, diareya (kuniga 5-10 martagacha), polifekaliya va normal ich kelishini steatoreya va qabziyat bilan almashib turishi kindik atrofida defikatsiya va gazlar chiqqandan keyin kamayuvchi har xil darajadagi og‘riqlar, tez ozish, mushaklar atrofiyasi va holsizligi.

Shartli ravishda kasallikning uch bosqichi farqlanadi. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda yuqorida sanab o‘tilgan klinik belgilar kuzatiladi. Kasallikning uchinchi bosqichi esa kaxeksiya va tizimli shikastlanishning avj olishi, pankardit, poliserozit, splenomegaliya va nevrologik buzilishlar bilan nomoyon bo‘ladi. Qon tahlilida gemoglobinning pasayishi, ECHT, leykotsit va trombotsitlar miqdorining oshishi kuzatiladi. Qon zardobida oksil, temir, kalsiy, xolesterin miqdori kamayadi. Ingichka ichak aspiratsiyali biopsiyasi va uni yoriqli mikroskop orqali ko‘rish muhim tashhisiy ma’lumot beradi. Oshqozon ichak kasalliklari va ularda kuzatiladigan shishlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot «Ichak disfunksiyasi»ga bag‘ishlangan ma’ruzada keng yoritilgan.



Download 8,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish