Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti


Psixologiyaning asosiy tamoyillari



Download 3,99 Mb.
bet34/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Psixologiyaning asosiy tamoyillari

- DETERMINIZM Psixika hayot sharoiti bilan bog‘liqligini anglatib, tashqi sharoitlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.

- ONG VA FAOLIYAT BIRLIGI. Ong va faoliyat bir butunlikni tashkil etmaydi. Ong inson faoliyatini ichki rejasini tuzib beradi.

PSIXIKA – ONGNI FAOLIYATDA RIVOJLANI-SHI Psixikani to‘g‘ri tushunish mumkin bo‘lsa psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish, hamda tushuntirib berish mumkin

Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.

Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.

Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko‘ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o‘z aksini topgan. L.S.Vыgotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yo‘naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo‘lib, faoliyatda shakllanadi» degan edi.

Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanish masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning uzoq rivojlanishi natijasidir.

Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.

K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga – quyi va yuqori bosqichga bo‘ladi. Psixik taraqqiyotning quyi bosqichi asossan bir hujayrali, qisman ko‘p hujayrali hayvonlarga xos bo‘lib, bu bosqichda psixika primitiv holatda bo‘ladi va hayvon tashqi ta’sirlarga seskanuvchanlik bilangina javob beradi.

O‘simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o‘z evolyusiyasining hamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli ya’ni, seskanuvchanlikka ega bo‘ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish qobiliyatidir.

Oddiy seskanuvchanlikni bir xo‘jayrali hayvonlarda ham ko‘rish mumkin. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi.

Tropizmning bir qancha turi farq qilinadi. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish