Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet42/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

Shaxs tushunchasi keng va ko‘p qirrali. Mehnat qila olish ko‘nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgartirish jarayonining subyektga aylanmoqda. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to‘xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida “Individ” tushunchasida kishining nasl nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G‘oziyevning “Umumiy psixologiya” darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma’nolarini anglatib inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog‘lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixologiyadan qisqacha izohli lug‘atda” individ bo‘linmas, ayrim jins, shaxs ma’nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjudligini ko‘rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligi ta’kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q, inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

Endopsixika” va “ekzopsixika” haqida tushuncha

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo‘yilishi dastavval ta’lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o‘tish, u haqida yetarli darajada to‘la tasavvurga ega bo‘lishni xohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab o‘tish lozim.

Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo‘laklarning yig‘indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya etmoqdalar.



Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omil (faktor) ning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” - yunoncha “endo” ichki degan ma’noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ushbu talqinga ko‘ra “endopsixika” shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan “endopsixik” aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‘yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning “ekzopsixik” qismi bo‘lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. “Endopsixika” o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo‘lgan “endopsixika” biologik shart-sharoitlarga bog‘liqdir, aksincha, “ekzopsixika” ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Ta’kidlab o‘tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o‘tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. Qo‘sh omillik nazariya tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o‘rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko‘p xislatlari o‘xshashligi topilgan. Bunday odamlarning bo‘yi past (pakana) bo‘lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo‘q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi kishilarda bolalarga xos kulgini, hech bir tanqidsiz optimizmni, o‘ta soddalikni, muayyan darajada hissiy (emotsional) zo‘riqishni talab qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkindir. Shaxsning xislatlariga na “endopsixika”, na “ekzopsixika” qismlarini kiritish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tevarak-atrofdagilarning mitti odamlarga bo‘ydor kishilarga qaraganda boshqa munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi narsalarni his qilish, orzu qilish, ajablanish, hayron qolish sababli ularda shaxsning o‘ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba’zan boshqalarga, hatto o‘zlariga nisbatan tajavuzkorona yo‘l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (liliputlar) o‘zlari bilan bab-barovar bo‘yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo‘lar edi.

Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga etkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo‘r berish, zo‘riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o‘zini qo‘lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo‘llari, usullari, operatsiyalari, ko‘nikmalari, o’quvlari, malakalari, odatlari, harakatlari kabilarni) o‘zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqlid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o‘qitish, o‘qish, o‘rganish, o‘rgatish, saboq olish, o‘zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo‘lgan ehtiyojni tug‘diradi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish